Kontent qismiga oʻtish

Stanley Middleton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Stanley Middleton FRSL (1919-yil 1-avgust – 2009-yil 25-iyul) ingliz yozuvchisi.

Stanley Middleton 1919-yilda Nottingemshir abbatligining Bulvell shahrida tugʻilgan. Avval High Pavement maktabida, undan keyin Stanley Road boshlangʻich maktabida, soʻngra Nottingam universiteti qoshidagi kolejda tahsil olgan.

Middleton universitetda oʻqib yurgan kezlarida yozishni boshlagan va 1958-yilda "Short answer" nomli kitobi nashr etilgan. Muallif sifatidagi faoliyati bilan bir qatorda, u koʻp yillar davomida High Pavement Grammatika maktabida ingliz tilidan dars bergan. 1974-yilda Middletonning „Holiday“ romani Buker mukofotiga sazovor boʻlgan[1]. 2008-yilda „Her Three Wise Men“ kitobi nashr etildi. U hayoti davomida 44 ta roman yaratgan

Middleton yozuvchi boʻlish bilan birga mohir organ chaluvchi sozanda ham boʻlgan. Muntazam ravishda Bulvell shahrida joylashgan Ravensvort koʻchasidagidagi Avliyo Mark metodist cherkovida organ chalgan, bundan tashqari tez-tez Nottingemdagi Mansfield Road Baptist Cherkovida ham boʻlib turgan. Middleton shuningdek, ajoyib akvarel rassomi boʻlgan va 1994-yilgi „Catalysts“ romani va „Stenli Middlton At Eighty“ nomli festschrift (saylanma) kitoblarining muqovalariga oʻz sanʼat asarlarini qoʻshgan.

2006-yilda „The Sunday Times“ gazetasi muxbiri “Holiday”ning birinchi boblarini bir qator noshirlar va adabiy agentlarga jurnalistik kaskadyor sifatida yubordi. Ammo deyarli hamma buni rad etdi.

Middleton High Pavement maktabida faoliyat olib borayotgan paytlarida aktyor Peter Bowlesga dars bergan. 1980-yilda Bowles „This Is Your Life“ nomli mashhur teledasturining boshlovchisi boʻlganida, Middleton ushbu dasturga mehmon sifatida tashrif buyurgan.

Middleton 1951-yilda Margaret Welch bilan turmush qurgan va umrining ohirigacha u bilan yashagan. Ularning Penny va Sarah ismli ikkita qizi bor edi. Umrining oxirlarida u saraton kasalligidan aziyat chekdi. 2009-yil 25-iyulda, 90 yoshga toʻlishidan bir hafta oldin qariyalar uyida vafot etdi.

Middleton 1979-yilda OBE (Britaniya imperiyasi ordeni)ni rad etgan. Bu BBCning axborot erkinligi soʻrovi natijasida maʼlum boʻldi. U shunchaki oʻz vazifasi deb bilgan ishni bajargani uchun taqdirlanishni istamagan[2].

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

  Fantastik asarlari

  • "A Short Answer" (1958)
  • "Harris's Requiem" (1960)
  • "A Serious Woman" (1961)
  • "The Just Exchange" (1962)
  • "Twoʻs Company" (1963)
  • "Him They Compelled" (1964)
  • "Terms of Reference" (1966)
  • "The Golden Evening" (1968)
  • "Wages of Virtue" (1969)
  • "Apple of the Eye" (1970)
  • "Brazen Prison" (1971)
  • "Cold Gradations" (1972)
  • "A Man Made of Smoke" (1973)
  • "Holiday" (1974)
  • "Distractions" (1975)
  • "Still Waters" (1976)
  • "Ends and Means" (1977)
  • "Two Brothers" (1978)
  • "In a Strange Land" (1979)
  • "The Other Side" (1980)
  • "Blind Understanding" (1982)
  • "Entry into Jerusalem" (1983)
  • "The Daysman" (1984)
  • "Valley of Decision" (1985)
  • "An After-Dinner's Sleep" (1986)
  • "After a Fashion" (1987)
  • "Recovery" (1988)
  • "Vacant Places" (1989)
  • "Changes and Chances" (1990)
  • "Beginning to End" (1991)
  • "A Place to Stand" (1992)
  • "Married Past Redemption" (1993)
  • "Catalysts" (1994)
  • "Toward the Sea" (1995)
  • "Live and Learn" (1996)
  • "Brief Hours" (1997)
  • "Against the Dark" (1998)
  • "Necessary Ends" (1999)
  • "Small Change" (2000)
  • "Love in the Provinces" (2002)
  • "Brief Garlands" (2004)
  • "Sterner Stuff" (2005)
  • "Mother's Boy" (2006)
  • "Her Three Wise Men" (2008)
  • "A Cautious Approach" (2010)

Non-fiction

  • Stanley Middleton at Eighty (1999). Edited by David Belbin & John Lucas, this festschrift includes short stories, essays by and about Middleton and a long interview with the author.