Kontent qismiga oʻtish

Pomir-1 GES

Koordinatalari: 37°35′35.4″N 71°43′43.7″E / 37.593167°N 71.728806°E / 37.593167; 71.728806
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Pomir-1 GES
Mamlakat  Tojikiston
Joylashuvi Togʻli-Badaxshon Xorugʻ shahri
Daryo Gʻunt
Egasi „Pomir Energy“ OAJ
Maqomi Amalda
Qurilishi boshlangan yil 1984
Agregatlar ishga tushgan yillar 1994, 2005
Asosiy tavsifi
Elektrostansiya turi derivatsiya
Qisman kuchlanish 79,6
Elektr quvvati, MVt 28
Uskunalar tavsifi
Turbinalardan chiqish, m³/s 4×10,1
Generatorlar quvvati , megavatt 4×7
Asosiy inshoot
Shlyuz mavjud emas
Taqsimlovchi qurilma 110 Kv
Xarita
Pomir-1 GES (Dunyo)
Pomir-1 GES

37°35′35.4″N 71°43′43.7″E / 37.593167°N 71.728806°E / 37.593167; 71.728806

Pomir-1 GES (ruscha: ГЭС «Памир-1», Памирская ГЭС № 1) – Tojikistonning Togʻli-Badaxshon muxtor viloyatida, Gʻunt daryosida joylashgan gidroelektr stansiya. Togʻli-Badaxshondagi eng yirik elektr stansiya. Stansiyaga „Pomir Energy“ OAJ kompaniyasi egalik qiladi.

Pomir-1 GES derivatsiya tipidagi gidroelektr stansiya hisoblanadi. Oʻrnatilgan quvvati – 28 MVt. Stansiya inshootlari tarkibiga Gʻunt daryosidagi asosiy suv olish uskunasi, kunlik tartibga solish imkonini beruvchi hovuz, uzunligi 3300 m va diametri 3 m boʻlgan derivatsiya tunneli, tenglashtiruvchi shaxta, gidroagregatlarga ayri shaklida tutashadigan uzunligi 300 m boʻlgan ikkita taʼminot tunneli, GES binosi, suv chiqarish kanali kiradi. GES binosida har birining quvvati 7 MVt boʻlgan 4ta vertikal gidroagregat oʻrnatilgan. Gidroagregatlar 79,6 m hisoblangan bosimda ishlaydigan aylanma-qanotli turbinalar bilan jihozlangan[1][2].

GES qurilishi 1984-yilda boshlangan, biroq Sovet Ittifoqi parchalanishi va iqtisodiy vaziyat tufayli qurilish kechikdi. Dastlabki ikkita gidroagregat 1994-yilda ishga tushirilgan, stansiya toʻliq quvvatda 2005-yilda foydalanishga topshirilgan. 2007-yil 5-fevralda Pomir-1 GESda avariya yuz berdi. Gidravlik zarba natijasida 2-gidroagregat gidroturbinasi qopqogʻi yirtilib, stansiya mashina zalini suv bosdi. GES faoliyatini qayta tiklash 2011-yilda toʻliq yakunlandi[3][4][5].

  1. Надобная Е.А. (2016). „Учёт каскада ГЭС при расчёте режимов электроэнергетической системы“. Наука. Технологии. Инновации. : сборник научных трудов (ruscha). 4--jild. Novosibirsk: НГТУ. 37–39-bet. ISSN 978-5-7782-3082-8. Qaraldi: 16-dekabr 2023-yil. {{cite magazine}}: Check |issn= value (yordam)CS1 maint: date format ()
  2. Русина А.Г., Худжасаидов Д.Х. Повышение эффективности управления режимами электроэнергетической системы гидроэлектростанций (русский) // Научный вестник НГТУ. — Новосибирск: Изд-во НГТУ, 2017. — Т. 66, № 1. — С. 179—192. Архивировано 9 avgust 2020 года.
  3. „В Таджикистане состоялась церемония открытия ГЭС «Памир-1»“. Regnum. Qaraldi: 2020-yil 20-avgust.
  4. „Выявление причин аварии на ГЭС «Памир 1» продолжается“. Cawater-info. 2011-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-avgust.
  5. „История компании“. ОАО «Памирская Энергетическая Компания». 2021-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-avgust.