Prezident maktabi (Guliston)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Guliston Prezident maktabi
Guliston shahridagi Prezident maktabi
Joylashgan yeri
Navoiy shoh koʻchasi, Shodlik mahallasi, 260 A uy
Sirdaryo viloyati
Guliston shahri, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Maʼlumot
Maktab turi Prezident maktabi
Ochilgan sanasi 2021-yil 20-noyabr
Mutaxassislar Mahalliy 23 ta, chet ellik 7 ta[1].
Direktor Xudaykulov Sherzod Uktamovich[2].
Til Oʻzbekcha
Inglizcha
Website

Guliston shahridagi Prezident maktabi2021-yil 20-noyabr kuni Guliston shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi[3]. Maktabga xorijiy davlatlardan 7 nafar mutaxassis jalb qilingan. Ular bilan birga 23 nafar mahalliy oʻqituvchilar faoliyat yuritadi[1]. Boshqa manbada Gulistondagi Prezident maktabida 11 nafar xorijlik va 21 nafar mahalliy pedagoglar faoliyat olib borishi qayd etilgan[4]. Prezident maktablari uchun kirish imtihonlari Cambridge universitetining Cambridge Assessment International Education imtihon kengashi tomonidan oʻtkaziladi.

Ochilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guliston shahridagi ushbu oʻquv muassasasi rasman 2021-yil 20-noyabrda ochilgan. Ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi — G‘ofurjon Mirzayev, jamoatchilik vakillari, nuroniylar, oʻquvchilarning ota-onalari va OAV xodimlari ishtirok etgan[4]. Maktab qurilishi uchun 2 gektar yer maydoni ajratilgan[5]. Loyihaning umumiy qimati 84 milliard soʻm[3]. Qurilish ishlari „Discover Invest“ kompaniyasi tomonidan olib borilgan. Kompleks tarkibida 168 oʻrinli oʻquv binosi, shuncha oʻrinli yotoqxona, oshxona, sport zali, bosseyn, badiiy va oʻquv adabiyotlarini oʻzida jamlagan kutubxona mavjud. Maktab bitiruvchilari shahodatnoma, attestat, shuning bilan birga xalqaro darajadagi dastur diplomiga ega boʻlishi mumkin.

Qulayliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab oʻquvchilari 5 mahal ovqat, bepul maktab formasi va bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi. Oʻquvchilar darsdan boʻsh paytida kompyuterda ishlashlari uchun zarur shart sharoitlar yaratilgan. Sinfxonalar smart doskalar bilan jihozlangan. Barcha turdagi sport anjomlariga ega sport zali, basketbol va futbol maydonchalari ham mavjud[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]