Kontent qismiga oʻtish

Prezident maktabi (Buxoro)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxoro Prezident maktabi
Buxoro shahridagi Prezident maktabi
Joylashgan yeri
Muhammad Iqbol ko'chasi
Buxoro shahri, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston,
Maʼlumot
Maktab turi Prezident maktabi
Asos solingan sanasi 2021-yil 2-noyabr
Mutaxassislar Mahalliy 32 ta, chet ellik 7 ta[1].
Direktor Navruzov Firdavs Shavkatovich[2].
Til Oʻzbekcha
Inglizcha
Website
Map
Buxoro Prezident maktabi manzili xaritada

Buxoro shahridagi Prezident maktabi („Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ saytida Buxoro shahridagi Prezident maktabi[3]) — 2021-yil 2-noyabr kuni Buxoro shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi[4]. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi[1]. Maktabga Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya va AQSh kabi xorijiy davlatlardan mutaxassislar jalb qilingan[4]. Ular bilan birga 32 nafar mahalliy oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. Prezident maktablari uchun kirish imtihonlari Cambridge universitetining Cambridge Assessment International Education imtihon kengashi tomonidan oʻtkaziladi.

Ochilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning mart oyida qurilishi boshlangan Prezident maktabida 2 gektar hududda 168 o‘ringa mo‘ljallangan 2 qavatli o‘quv binosi, 3 qavatli yotoqxona, barcha sharoitlarga ega mehmonxona, gimnastika va sport zallari, suv havzasi, oshxona va dars tayyorlash xonalari mavjud. Ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova qatnashgan[4]. Dastlabki test sinovlari 2021-yilning 26-iyul kuni Buxorodagi „Dilkusho“ tennis markazida oʻtkazilgan[5]. 23—24-iyul kunlari esa repititsion test sinovlari tashkil etilgan va ushbu jarayonda 5500 nafardan ortiq oʻquvchi ishtirok etgan[5]. Buxoro Prezident maktabiga 2021—2022-o‘quv yilida 6 ming nafardan ortiq talabgor hujjat topshirgan hamda ikki bosqichli sinovda ulardan 144 o‘quvchi saralab olingan[4]. Maktab bitiruvchilari shahodatnoma, attestat, shuning bilan birga xalqaro darajadagi dastur diplomiga ega boʻlishi mumkin.

Maktab oʻquvchilari 5 mahal ovqat, bepul maktab formasi va bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi[6].