Kontent qismiga oʻtish

Proto-turk tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Proto-turk tili (prototurk tili, umumturkiy til)[1] - qiyosiy tarixiy usul yordamida qayta tiklangan zamonaviy turkiy tillarning umumiy oʻtmishdoshi boʻlgan qadimgi turkiy etnoslar tilidir. Baholashlardan biri Praturk tilini bundan 2500 yil oldingi davr bilan bogʻlaydi [2] .

Turkiy prototilni qayta tiklash baʼzi muammolarni, xususan, prototilda rotatsizm (r-lashuv) yoki zetatsizm (z-lashuv)ning ustunligi toʻgʻrisidagi masalani koʻndalang qoʻydi. Qadimgi turk runalari bilan yasalgan eng qadimgi yozma yodgorliklar qadimgi turkchasidayoq -z- va -r- mavjud boʻlganligini koʻrsatdi. Boshqa Oltoy tillari (moʻgʻul, tungus-manjur)da faqat -r- boʻlganligini koʻrsatdi. Turkiy prototilning baʼzi bir xususiyatlarini konservativ -r- tillari (zamonaviy chuvash tili) asosida, shuningdek, venger tilida bolgar elementlarini tahlil qilish orqali tiklash mumkin.

Tashqi qardoshligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oltoy gipotezasi doirasida prototurk, moʻgʻul, pratungus-manjur, yapon va koreys tillari oltoy bobotilining avlodi deb hisoblanadi. Biroq, Oltoy gipotezasi ilmiy olamda umuman qabul qilinmaydi, unga qarshi tomonlari ham bor [3].

A. Ronatash turkiy tillarning ilk vatanini gʻarbiy va markaziy Sibirga, shuningdek uning janubidagi hududlarida boʻlgan degan fikrni keltirib oʻtgan[4].

Ilk yozma manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miloddan oldingi soʻnggi mingyillikning oxirgi asrlariga tegishli «Xan shu» («Xan sulolasi tarixi») hamda «Shi Ji» («Tarixiy esdaliklar») kabi xitoy yilnomalarida atigi bir nechta eng qadimgi turkiy soʻzlar 匈奴 Syun-nu (Hun) saltanati (mil.av. III - mil. II asrlar)ga bogʻliq ravishda uchraydi. Ular yilnomalarda den-li, ku-tu, shan-yuy, ou-tu kabi soʻzlar boʻlib, bir qator tadqiqotchilar ularni «Tangri», «qut/quti», «yabgʻu», «oʻrda/oʻrdu» oʻlaroq tiklab, qadimgi turkcha negizga ega soʻzlar, deb qaraydilar[5].

Til xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fonetika va fonologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi boʻgʻin uchun quyidagi fonemalar toʻplami qayta tiklanadi [6]:

Tilning koʻtarilish darajasi Qator
Old qator Old boʻlmagan
Yuqori i ü ɨ u
Oʻrta ẹ ö ạ o
Pastroq e a

Morfologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prototurk tilida sonlarning oʻnlik tizimidan foydalanilgan [7]:

Bulgʻor tili ajralgach Bulgʻor tili ajralguncha Oʻzbek tili (qiyoslash uchun)
1 *bir *bīr bir
2 *ėki *ėk(k)i ikki
3 *uč *üčə uch
4 *dȫrt *dȫrdə toʻrt
5 *bẹ̄š *bẹ̄łk(ə), *eʼt(ə)?[8] besh
6 *altï *altu (*alto?) olti
7 *jẹt(t)i *jẹt(t)i, *ʒ'ēd(d)i (O.A. Mudrakka koʻra ) yetti
8 *sek(k)iz *se(k)k(i)ŕ sakkiz
9 *do(q)quz *do(q)q(u)ŕ, *do9uř (O. A. Mudrakka koʻra) toʻqqiz
10 *on *ōnə? oʻn
20 *jėgirmi *jėgirmi, *ʒ'ẹɣrəma (O.A. Mudrakka koʻra) yigirma
30 *ot(t)uz *o(t)t(u)ŕ oʻttiz
40 *qïrk *qïr(ï)qa qirq
50 *ellig *e(l)liɣ ellik
60 *altmïš *altmïł, *altməł oltmish
70 *jetmïš *jetmił, *jetməł yetmish
80 *sek(i)z ōn *sekŕōn(ə) sakson
90 *doq(u)z ōn *doqŕōn(ə) toʻqson
100 *jǖz *jǖŕ yuz
1000 *bïŋ *bïŋ ming

Prototurk tiliga quyidagi xitoy tilidan soʻzlash oʻzlashtirilgan[9]:

  • *alačuk «kulba, chodir, kichkina uy» <qad. xit. 廬舍 (*la-ƛiaʔ);
  • *ạltun «oltin» - *aːl «qizil, qirmizi» va qad. xit. 銅(*Łōŋ) «metal»;
  • *gümüľ «kumush» <qad. xit. 金鐐 (*kəmliḗw);
  • *dẹmür «temir» <qad. xit. 鐵物 (*diēt-mwyt) «temir buyum»;
  • *bek «bek» <qad. xit. 伯 (pẹ̄k);
  • *čerig «armiya» <qad. xit. 戰 (ćèn);
  • *bitig «xat» <qad. xit. 筆 (pit);
  • qad.uygʻ. küin «oʻrogʻliq xat», Dunay bulgʻorchasida küinig <qad. xit. 卷 (kwén);
  • *bengü «abadiy» <qad. xit. 萬古 (manko);
  • *čyn «chin, rost» <qad. xit. 貞 (ṭeŋ);
  • *deng «teng» <kit.等;
  • *dōn «kiyim» <qad. xit. tōn "qora toʻgʻri kiyim";
  • *kög «motiv» <qad. xit. 曲 (khok);
  • *syr «rang, boʻyoq, lak» <qad. xit. 漆 (shit) yoki 刷 (ṣwat);
  • *jinčü «marvarid» <真珠 (ćǝn-ćwa) «haqiqiy marvarid».

A. V. Dibo bu oʻzlashmalarni milodiy III asrda xitoy va turkiy lisoniy aloqalari deb hisoblaydi.[10]

  1. https://www.academia.edu/40814735/Babayarov_G_Ziyayev_Sh_Orhun_Enas%C3%A5y_bitikt%C3%A5shlari_tili_va_turkiy_tillarning_Proto_Turk_davri_2019
  2. Janhunen, Juha. Personal pronouns in Core Altaic (английский) // Shared Grammaticalization: With special focus on the Transeurasian languages : книга (сборник статей). — 2013. — 28 Февраль. — С. 223. — ISSN 9789027205995.
  3. Rona-Tas A. „The Reconstruction of Proto-Turkic and the Genetic Question“, . The Turkic Languages. London - New York: Routledge, 1998 — 77-bet. ISBN 0-415-08200-5. 
  4. Rona-Tas A. „The Reconstruction of Proto-Turkic and the Genetic Question“, . The Turkic Languages. London - New York: Routledge, 1998 — 68-bet. ISBN 0-415-08200-5. 
  5. https://www.academia.edu/40814735/Babayarov_G_Ziyayev_Sh_Orhun_Enas%C3%A5y_bitikt%C3%A5shlari_tili_va_turkiy_tillarning_Proto_Turk_davri_2019
  6. Дыбо А. В.. Лингвистические контакты ранних тюрков. М.: Восточная литература, 2007 — 50-bet. 
  7. Rona-Tas A. „The Reconstruction of Proto-Turkic and the Genetic Question“, . The Turkic Languages. London - New York: Routledge, 1998 — 74-bet. ISBN 0-415-08200-5. 
  8. О. А. Мудрак. Заметки о языке и культуре дунайских булгар
  9. Сравнительная грамматика тюркских языков. Пратюркский язык-основа. Картина мира пратюркского этноса по данным языка. М.: Наука, 2006 — 773-776-bet. ISBN 5-02-032710-7. 
  10. Сравнительная грамматика тюркских языков. Пратюркский язык-основа. Картина мира пратюркского этноса по данным языка. М.: Наука, 2006 — 776-bet. ISBN 5-02-032710-7.