Pyotr Alekseyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pyotr Alekseyev
Tavalludi 1913-yil 15-yanvar
Vafoti 1999-yil 3-fevral (86-yosh)
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR, Rossiya bayrogʻi Rossiya
Taʼlimi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Kasbi jurnalist, publitsist
Partiyasi Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi
Mukofotlari

Pyotr Fyodorovich Alekseyev (1913-yil 15-yanvar – 1999-yil 3-fevral) – sovet jurnalisti, publitsist, „Sovet Rossiyasi“ (1971–1976) va „Izvestiya“ (1976–1983) gazetalarining bosh muharriri. SSSR Oliy Kengashining 9, 10-chaqiriq deputati.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pyotr Fyodorovich 1913-yil 15-yanvarda Toshkentda tavallud topgan[1].

1932-yildan Toshkent, Samarqand, Novgorodda tahririyat va jurnalistik ishlar bilan shugʻullangan. 1940-yildan KPSS aʼzosi boʻlgan.

Alekseyev 1948-yilda Toshkent davlat pedagogika institutining sirtqi boʻlimini va Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi huzuridagi Oliy oʻrta maktabning sirtqi boʻlimini tamomlagan.

Alekseyev 1950-yildan 1953-yilgacha „Sovetskoye xlopkovodstvo“ gazetasida, 1953-yildan 1959-yilgacha „Pravda“ gazetasida mas’ul muharrir boʻlib ishlagan.

1959–1960-yillarda KPSS Markaziy Qoʻmitasi apparati aʼzosi boʻlgan.

1960–1962-yillar oraligʻida "Qishloq hayoti" gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari, 1962-yilda gazeta bosh muharririning birinchi oʻrinbosari, 1962–1971-yillarda esa bosh muharrir lavozimida faoliyat olib borgan.

1966-yildan KPSS Markaziy Qoʻmitasi hamda 1976-yildan KPSS MK aʻzosi (1971-yildan nomzod) boʻlgan.

1971–1976-yillarda „Sovetskaya Rossiya“ gazetasining bosh muharriri hamda 1976–1983-yillarda esa „Izvestiya“ gazetasining bosh muharriri boʻlib ishlagan. Pyotr Alekseyev 1983-yilda nafaqaga chiqqan.

Muharrir 1999-yil 3-fevralda Rossiyaning Moskva shahrida vafot etgan va Kunsevskoye qabristoniga dafn etilgan[2].

„Izvestiya“ gazetasining bosh muharriri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lev Tolkunov „Izvestiya“ jurnalining bosh muharriri lavozimidan chetlashtirilgandan soʻng, uning lavozimiga Alekseyev tayinlangan. Alekseyev muharrir boʻlgan davrida koʻplab „qoniqarsiz“ xodimlar ishdan boʻshatilgan yoki chet elga yuborilgan.

Alekseyev bosh muharrir boʻlgan davrda „Izvestiya“ning tiraji ikki baravar kamaygan[3][4].

Publitsist Edvin Polyanovskiyning soʻzlariga koʻra, „Izvestiya“ bosh muharriri boʻlgan Pyotr antropofobiyadan aziyat chekkan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pyotr Fyodorovich 1983-yil 14-yanvarda Lenin ordeni, 1971-yilda 9-sentyabrda Oktyabr inqilobi ordeni, uch marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1948–1962–1963), ikki marta „Hurmat Belgisi“ ordeni (1944–1950) hamda boshqa bir qator medallar bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Не путать с легендарным рабочим С. Сергеев Известия (21 декабря 2006)“. 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.
  2. „Могила П. Ф. Алексеева“. 2018-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-aprel.
  3. „Главные (2002)“ (ru-RU). Эдвин Поляновский. Qaraldi: 2023-yil 26-noyabr.
  4. Млечин Леонид Михайлович. Юрий Андропов. Последняя надежда режима. М.: Центрполиграф, 2008. ISBN 978-5-9524-3860-6.