Kontent qismiga oʻtish

Pyotr Makarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pyotr Makarov
Tavalludi 7-noyabr 1922-yil
Smolensk, RSFSR
Vafoti 22-avgust 2006-yil
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari pexota
Xizmatdagi yillari 19411976
Unvoni polkovnik

Pyotr Fyodorovich Makarov (1922-yil 7-noyabr, Smolensk – 2006-yil 22-avgust, Toshkent) – Sovet Armiyasi polkovnigi, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1944).

Pyotr Fyodorovich 1922-yil 7-noyabrda Goryupino qishlogʻida (hozirgi Smolensk viloyati, Kardimovskiy tumani) tavallud topgan. 1935-yilda Yarsevo tumanidagi Vorotishino qishlogʻiga koʻchib oʻtgan. U yerdagi maktabda oʻqigan va kolxozda ishlagan. 1941-yil iyul oyida Qizil Armiyasi safiga chaqirilgan. 1942-yilda Riga piyodalar maktabini tamomlagan. Oʻsha yilning may oyidan Ulugʻ Vatan urushi frontlarida jang qilgan[1].

Leytenant Pyotr Makarov 1943-yil noyabrga kelib, 1-Ukraina fronti 38-armiyasining 520-piyoda polkiga qoʻmondonlik qildi. U Kiyevni ozod qilish paytida koʻrsatgan mardonovor janglari bilan ajralib turdi. 1943-yil 3-noyabrda Pyotr Makarov qoʻmondonligi ostidagi rota nemis mudofaasini yorib oʻtdi. Nemislarga qarshi hujum paytida bir nechta nemis tanklarini yoʻq qildi va Bolalar sanatoriyasi qishlogʻini ozod qildi. 4-noyabr kuni Pusha-Voditsa hududida rotaning yoʻli pulemyot bilan toʻsib qoʻyilganda, Pyotr yashirincha pulemyotga yaqinlashdi va uni granata bilan yoʻq qildi. Ammo leytenant oyogʻidan yarador boʻldi. Faqat Pusha-Voditsa toʻliq ozod qilinganidan keyingina kasalxonaga yotdi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 10-yanvardagi „Qizil Armiya generallari, ofitserlari, serjantlari va oddiy askarlariga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonini berish toʻgʻrisida“gi farmoni bilan „qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, Fashist bosqinchilariga qarshi kurash frontida hamda koʻrsatilgan jasorat va qahramonligi“ uchun Pyotr Makarov Lenin ordeni, Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni va „Zolotaya Zvezda“ medali bilan taqdirlangan[2].

Pyotr Fyodorovich urush tugaganidan keyin Sovet Armiyasi safida xizmat qilishni davom ettirdi. 1956-yilda M. V. Frunze nomidagi harbiy akademiyani tamomladi va 1976-yilda polkovnik unvoni bilan zaxiraga oʻtkazildi. U Toshkentda yashadi va ishladi. 2006-yil 20-aprelda vafot etdi.

Shuningdek, Pyotr Qizil Bayroq ordeni, 1 va 2-darajali Vatan urushi ordeni, Qizil Yulduz ordeni va bir qator medallar bilan taqdirlangan[3].

  1. „Pyotr Makarov“ (ru). Герои страны.
  2. Указ Президиума Верховного Совета СССР «О присвоении звания Героя Советского Союза генералам, офицерскому, сержантскому и рядовому составу Красной Армии» от 10 января 1944 года // Ведомости Верховного Совета Союза Советских Социалистических Республик : газета. — 1944. — 19 yanvar (№ 3 (263)). — С. 1. Архивировано 7 dekabr 2021 года.
  3. „Макаров Петр Федорович“. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.