Qadimgi Sharq meʼmorchilik sanʼati
Arabiston yarimorolida madaniyat juda qadim zamonlarda vujudga keldi. Bu yerda eramizdan avvalgi 1000-yillardayoq boy quldorlik davlatlari mavjud boʻlgan. Arabiston aholisining koʻpchilik qismi chorvachilik bilan shugʻullangan. VII asrning boshlariga kelib, arab jamoasi ichida sodir boʻlgan ichki sinfiy tabaqalanish va siyosiy vaziyat Arab davlatining vujudga kelishiga sabab boʻldi. Arab jamoasining siyosiy birlashishi VII asrning boshlarida yangi islom dini bayrogʻi ostida bordi. Bu dinning asoschisi Muhammad (s.a.v.) boʻlib, uning davomchilari arabcha muslimlar (xudo bandalari) musulmonlar deb yuritila boshlandi. Dastlabki davriarda Muhammad (s.a.v.) va uning vorislari (xalifalari) turadigan joy Arabistondagi Madina va Makka shaharlari boʻlgan. VII asrda arablar Falastin, Suriya, Mesopotamiya, Misr, Eron yerlarini bosib oldi. VIII asr boshlariga kelib esa arablar Pireneyi yarimorolidan tortib, Shimoliy Afrika, Kavkaz va oʻrta Osiyo yerlarigacha qoʻlga kiritib, Ispaniya yerlaridan toki Hindistongacha choʻzilgan katta arab davlatini — xalifalikni tashkil etdilar. Lekin arab davlati siyosiy birlik jihatidan juda zaif edi. Shuning uchun X asrlarda xalifalik qator feodal davlatlarga parchalanib ketdi. Oʻrta Osiyo, Kavkaz orti, Misr va Magʻrib esa arab davlati hukmdorligidan ozod boʻldi. Yaqin sharqda sodir boʻlgan sotsial-tarixiy jarayon Shimoliy Afrika va Old Osiyoda yangi arab millatini, Suriya, Iroq, Misr, Tunis, Jazoir, Marokash kabi arab davlatlarini yuzaga keltirdi. Bu davlatlaming sanʼati va madaniyati oʻziga xos yoʻlda rivojlanib bordi. Shu bilan birga, bu mamlakatlar sanʼati va madaniyatida mavjud oʻxshashliklarni inkor etmaslik kerak. Bunga sabab, arab mamlakatlarida feodalizm taraqqiyotidagi yoʻl va usullarning bir-biriga yaqinligidir[1].
Arab xalifaligi davrida meʼmorchilik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta asr arab sanʼati ravnaqiga islom dinining taʼsiri ham sezilarli boʻldi. Bu, ayniqsa, me’morchilik, amaliy-dekorativ sanʼatda yaqqol koʻrinadi. Xalifalik davrida fuqaro va din bilan bogʻliq boʻlgan binolar qurish avj oldi. Shu davrdagi shaharlar qator yangi tipdagi binolar bilan boyidi. Masjid va madrasalar, karvonsaroy va minoralar, tim va saroylar musulmonlar shahrining oʻziga xos tomonini belgilovchi muhim va ajralmas elementlarga aylandi. VII asrda masjid meʼmorchilik tipi yuzaga keldi. Bu masjid tashqi koʻrinishi jihatidan mustahkam minorali, atrofi gʻisht bilan oʻralgan qal’a (qoʻrgʻon)ni eslatadi. Kompozitsiyasi asosi toʻrtburchak yoki kvadrat shaklidagi hovli boʻlib, uning atrofi esa ustunli ayvonlar bilan oʻralgan. Arab mamlakatlarida toʻrt ayvon, markaziy qubbali masjidlar ham mavjud bolgan. Oʻrta asr arab meʼmorchiligida madrasa, shifoxona, kutubxona binolari, maqbaralar qurish keng yoyilgan. Umaviylar sulolasi xalifaligi davrida (661—750) markazini Damashqqa koʻchiradi. Umaviylar davri meʼmorchiligining dastlabki qurilishi Damashqda 708-yili xalifa al-Valid tamonidan barpo etilgan katta masjiddan boshlanadi. Masjid bozor rastalari bilan oʻralgan 385x305 metr maydonga joylashtirilgan. Masjidning oʻzi 157,5x100 metr maydonni egallaydi. Har bir burchagi toʻrtburchak tarhli minora bilan bogʻlangan. Masjid hovlisi uch tomoni peshtoq bilan ajratilgan, toʻrtinchi janubiy tamoni eni 132 metrli, chuqurligi 37 metrli tarzga parallel qoʻyilgan uch qatorli arkali ibodatxonasi bilan tugallangan. Arab xalifaligi meʼmorchiligining dastlabki naʼmunasi hisoblanagan bu masjid qadimgi xristian bazilikasini qayta qurish hisobiga musulmon diniy binosiga aylantirilgan. Masjid interyeri panel qismi marmar tosh bilan, yuqori qismlari mozaika bilan pardozlangan boʻlgan. Hozirgi kungacha bezak sanʼati qisman saqlanib qolingan. Ilk arab meʼmorchiligining oʻziga xos tomoni, ayniqsa, Qohiradagi Iba Tulim (876—879) masjidida namoyon boʻladi. Deyarli bir gektarga yaqin (92x92 metr) kvadrat shaklidagi hovli nayzasimon arkli ayvonlar bilan oʻrab chiqilgan. Ayvon ustunlari mustahkam toʻrtburchak minorasimon shaklda ishlangan. Masjid juda katta boʻlib, unda bir vaqtning oʻzida mingdan ortiq odam namoz oʻqiy olgan. Masjidning bezatilishi ham sodda va qatiy. Uning devorlari, arka va karnzlari oʻymakorlik sanʼati bilan pardozlangan. Arab xalifaligi va u parchalangandan keyin paydo boʻlgan qator davlatlar uchun islom mafkurasi asosiy oʻrinni egalladi. Endilikda bu yerlarda qurilgan meʼmoriy inshootlarda shu mafkuraning ta ’siri sezilarli boʻldi. Yaqin va Oʻrta Sharqdagi musulmon davlatlari, jumladan, Iordaniya, Suriya, Misr arab Respublikasi, Mavritan Ispaniyasi va boshqa mamlakatlar meʼmorchilik va tasviriy sanʼat yoʻnalishida shuni koʻrish mumkin. Yangi mafkura va sanʼat yoʻnalishlari mahalliy anʼanalar bilan boyib, musulmon dunyosining oʻziga xos madaniyatini shakllantirdi[2].
Mavritan sanʼati
[tahrir | manbasini tahrirlash]VII—VIII asrlarda Shimoliy Afrikadagi qator davlatlar — Tunis, Jazoir, Marokash va Janubiy Ispaniya arab xalifaligi tarkibiga kirdi. Bu mamlakatlar sanʼati mavritan sanʼati degan nom bilan yuritila boshlandi. Antik davrda mavrlar (grekcha— qora) deb Afrikaning shimoli-gʻarbiy qismidagi Mavritaniya davlatining tub aholisi tushunilar edi. 711-yili arab berber jangchilari Pireney yarimorolini bosib olganlaridan keyin bu yer aholisi ham, Shimoliy Afrikadan kelgan boshqa musulmonlar ham mavrlar deb yuritila boshlangan. Mavritan Ispaniyasi Damashq xalifaligining provinsiyasiga aylandi. X asrga kelib, Ispaniya xalifalik unvoniga sazovor boʻldi. Shu davrdan boshlab, Ispaniya Yevropadagi eng gullagan mamlakatlardan biriga aylandi, Yevropa va Osiyodagi koʻzga koʻringan madaniyat oʻchoqlaridan biri sifatida tanildi. Mavritan Ispaniyasining badiiy ijoddagi yutuqlari sheʼriyat, musiqa, ayniqsa, meʼmorchilik va u bilan bogliq boʻlgan bezak sanʼatda yaqqol namoyon boʻldi[3]. Mavritan ispaniyasi meʼmorchiligining nodir yodgorligi uning poylaxti Kordovodagi 785-yil asos solingan Umaviylar masjidi boʻlib, X asrgacha u bir necha bor qayta qurildi va nihoyat, o ʻzining tugal koʻrinishiga ega boldi. Bu anʼanaviy, ustunii masjidning alohida koʻrinishidir. Uning tarhi toʻrtburchak (180x130 m) shaklida boʻiib, hovli uchun juda kichik maydon qoldirilgan. Qolgan maydonning yuzasi juda katta ustunli zalga aylantirilgan. 800 ta ustun shu zalning tepa qismini koʻtarib turadi va masjid ichini qator arklarga ajratadi. XII asr oxirlaridan boshlab, ispanlar arablami janubga qarab siqib boradi. Faqat Granada amirligi 1492-yilgacha arablarning Ispaniyadagi yagona tayanch yeri sifatida saqlanib qoladi. Granada amirligining muhim meʼmorchilik majmuasi A1 Hamra (al-Hamra- arabcha „qizil“) saroyi hisoblanadi. Bu saroyning asosiy qismi XIV asrda qurib tugallangan. Saroy baland tepalikka qurilgan boʻlib, uning atrofi qizil rangdagi mustahkam devor bilan oʻralgan. Saroyning xonalari, asosan, ikki ochiq hovli atroflda joylashtirilgan. Lekin tarhi erkin, qatʼi simmetriyaga eʼtibor berilmagan. Saroy interyerlari juda serhasham va jozibali qilib bezatilgan. Stalaktitlar uning ichki koʻrinishlariga alohida joziba kiritgan. Pardoz uchun ishlatilgan turli xildagi marmar va toshlar, boʻyalgan alibastr, sirli kulolchilik buyumlari bu serhashamlik va jozibani yanada oshiradi.
Tasviriy va amaliy bezak sanʼati.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arab realistik sanʼati rassomlik va haykalchiligi din taʼsirida boʻldi. Din ularning rivojlanishiga yoʻl qoʻymadi. Realistik sanʼatning monumental formalari deyarli yaratilmadi. Qoʻlyozmalar uchun ishlangan miniaturalarda, dekorativ relyeflarda hamda amaliy sanʼatda real voqelik, uning jonli obrazlari keng uchraydi. Bunga sabab, albatta, hukmdor sinf orasida diniy qarashlar bir xil emasligidir. Arab tasviriy sanʼatida oʻrta asrlar sanʼatiga xos xususiyatlar mavjud. Voqelik shartli, baʼzan ramziy shakllarda ifodalanadi. Lekin bu tasvirlaming poetik tili oʻtkir va taʼsirchandir. Oʻrta asr arab sanʼatiga xos bolgan fazilat uning yorqin dekorativligidadir. Bu xususiyat obraz tuzilishining asosini tashkil etadi. Obrazlarning joylashishi, yorqin ranglarning nisbat va ritmikasi, ishlatilgan chiziqlarning musiqaviyligi va nafisligi uning xarakterli tomonini belgilashda muhim rol oʻynaydi. Arab sanʼatida naqsh (ornament) alohida oʻrinni egalladi[4]. Real borliq shu sirli, chigal boʻlib koʻringan naqsh tasviri bilan aralashib ketgandek tuyuladi. Uning mazmunini oshiradi. Bu sanʼatda xalqning hayot mazmuni va mohiyati toʻgʻrisidagi dunyoqarashi va tushunchalari oʻz ifodasini topdi[5].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Galareya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Konya shahridagi madrasa
-
Yazd jome masjidi
-
Tunisdagi masjid
-
Aleppo masjidi, Suriya
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sanʼat, arxitektura va shaharsozlik tarixi. O‘quv qo‘llanma. Mualif: S.A.Masharipova. Toshkent Arxitektura-qurilish instituti, 2013 y.
- ↑ Asqarov.Sh.J. Arxitektura tarixi. — Toshkent: 2009-yil
- ↑ Hisham Mortada.Traditional Islamic Principles o f Built Environment. London-New York 2007.p. 17.
- ↑ Vseobщaya istoriya iskusstv /red. kollegiya/. V 6 tomax. — M.: „Iskusstvo“, 1960.
- ↑ Всеобщая история архитектуры /ред. коллегия/В 12 томах. — М: 1970.