Kontent qismiga oʻtish

Qahramon Madumarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Қаҳрамон Абдураҳмонович Мадумаров
рус. Мадумаров Кахрамон Абдурахманович
Tavalludi 03.03.1954
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSRI Qirgʻiziston Qirgʻiziston
Turmush oʻrtogʻi Xanifa (5-iyul 1958 yil).
Bolalari Oʻtkir (16 mart 1979 yil), Erkin (10 mart 1984 yil)-stomatolog.
Otasi Abdurahmon Madumarov (1929-2008) — taniqli tadbirkor, ishbilarmon, Oʻsh shahridagi maishiy xizmat korxonasi teri-jun sexining mudiri boʻlib ishlagan
Onasi Minavar hoji Toʻychiboyeva (1936-2003).

Qahramon Madumarov 1954 — Qirgʻiziston jamoat arbobi, taniqli tadbirkor, ishbilarmon, arab tili yetakchi tarjimoni[1].

Qahramon Abdurahmonovich Madumarov 3 mart 1954 yili Oʻsh shahrida xizmatchilar oilasida tugʻilgan, millati oʻzbek. Otasi Abdurahmon Madumarov (1929-2008) — taniqli tadbirkor, ishbilarmon, Oʻsh shahridagi maishiy xizmat korxonasi teri-jun sexining mudiri boʻlib ishlagan.

1977 yili Qahramon Madumarov Toshkent sharqshunoslik oliygoxini arab tili kasbi boʻyicha imtiyozli tamomlab, SSSRning Suriya, Yaman, Iordaniya Arab davlatlaridagi elchixonalarida, savdo vakolatxonalarida tarjimon, Oʻsh qirgʻiz-oʻzbek dorilfununida arab markazi rahbari, arab tili oʻqituvchisi, bosh oshpaz boʻlib ishlagan. Quronni yoddan biladi. Hozirda tadbirkor boʻlib ishlaydi. Oilali, ikkita oʻgʻli bor[2]. Ukasi Botirjon Madumarov Toshkent davlat dorilfununi jurnalistika kulliyotini tamomlagan, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston roʻznomalarida koʻplab maqolalari chiqqan[3]. Ismat Xushevning „Oqlanmagan ishonch qissasi“ 1 kitob 12 bobida Sholoxov vatanida asarida oʻzining kursdoshi Botirjon Madumarov xaqida yozgan[4].

Koʻplab faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan, 1985 yili ishdagi yuksak yutuqlari uchun SSSR Hukumati unga GAZ-2410 avtomobilini sovgʻa qilgan.

  1. Tsentraziya Personi, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-01-11
  2. Biografii znamenitostey
  3. „Botirjon Madumarov xaqida“. 2016-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-yanvar.
  4. „Botirjon Madumarov xaqida“. 2016-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-yanvar.