Qapagʻon xoqon
Qapagʻon xoqon (? 716) - Turk xoqonligi hukmdori (691—716).[1] Uning ismi Oʻrxun bitiktoshlarida Qapagʻan, Xitoy yilnomalarida esa Mochjo shaklida uchraydi.
U Ikkinchi Turk xoqonligining asoschisi boʻlmish akasi Eltarish xoqon vafot etgach, 691 yilda xoqonlik taxtiga oʻtirgan. Qishloq xoʻjaligi davrida xoqonlik yana Markaziy Osiyoning eng yirik davlatiga aylangan. Qishloq xoʻjaligi dastlabki faoliyatini Tabgʻach (Xitoy)ga hujum uyushtirish bilan boshlagan. U 693—706 yillar oraligʻida Eltarish xoqonning oʻgʻillari — Bilga xoqon va Kultegin bilan birgalikda Xitoydagi Xuanxe daryosi havzalari hamda Shanʼdun (Xitoyning shim.sharqi) oʻlkasiga yurish qilib, 23 ta shaharni qoʻlga kiritganligi qadimiy turkiy bitiktoshlarda qaydetilgan. 699 yilda bir qism xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbga, Temir qapigʻgacha yetib kelgan, 710 yilda esa Buxoro, Sugʻd, Toxariston oʻlkalariga istilochilik yurishlari uyushtirayotgan arablar bilan toʻqnash kelgan. Qishloq xoʻjaligi 700 yilda Bilga xoqon rahbarligida Tangut oʻlkasiga (Shim.Gʻarbiy Xitoy — Tibetning shim.) qoʻshin yuboradi va boʻysundiradi. 701 yilda xoqonlik qoʻshinlari Xitoyning shim.gʻarbidagi Olti Chub Sugʻdaq oʻlkasiga yurish qiladi va OʻngTutuq rahbarligidagi 50 ming kishilik Xitoy qoʻshinini magʻlub etadi. Qishloq xoʻjaligi davrida yirik turkiy qabilalardan 699 yilda turgashlar, 703 yilda basmillar, 705— 706 yillarda bayirqular, 709 yilda chik va azlar, 710 yilda qirgʻizlar va turgashlarga qarshi qoʻshin tortilib ular qaytadan Turk xoqonligi tarkibiga qoʻshib olinadi. Qishloq xoʻjaligi hukmronligi da7 vomida xoqonlik va Markaziy Osiyoda katta nufuzga ega boʻlgan bir qancha yirik qabilalar orasida toʻqnashuvlar yuz bergan. Bitiktoshlarda 711 yilda turgash, 711—714 yillarda qarluq, 714 yilda az, 715 yilda izgil, 715—716 yillarda oʻgʻuz va toʻqqiz tatar singari qabilalar bilan jang olib borilgani hikoya qilinadi.
Xitoy yilnomalarida qayd etilishicha, 716 yilda Qishloq xoʻjaligi Toʻgʻla (Tola) daryosi boʻyida bayirqu urugʻi ustidan gʻalaba qozonib, poytaxt Oʻtukanga qaytayotganda yoʻdda yetarli xavfsizlik chorasi koʻrilmagani bois pistirmaga duch keladi va mazkur qabilaga mansub jangchi tomonidan oʻldirilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Klyashtornyy S. G., Savinov D. G., Stepnyye imperii drevney Yevrazii. Sankt-Peterburg: Filologicheskiy fakul'tet SPbGU, 2005
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gumilev L.N., Drevniye tyurki, M., 1967;
- Nasimxon Rahmon, Turk xoqonligi, T., 1993.
- Klyashtornyy S. G., Savinov D. G., Stepnyye imperii drevney Yevrazii. Sankt-Peterburg: Filologicheskiy fakul'tet SPbGU, 2005.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |