Qashqar tizmasi
Qiyofa
Qashqar tizmasi, Qoʻngʻir muztogʻ — Xitoyning gʻarbiy qismidagi togʻ tizmasi, Kunlun togʻlarining gʻarbiy chekkasi. Uzunligi 100 km chamasida. Eng baland joyi 7719 m (Qoʻngʻir choʻqqisi). Aksari qismining balandligi 5000–6000 m. Asosan, granit, gneys va kvarsitlardan tuzilgan. Choʻqqilari utkir qirrali, yon bagʻirlari tik, chuqur daralar bor. Muzliklarning umumiy maydoni 600 km²dan ziyod. Landshafti togʻ dashti, etaklari chala choʻl va choʻllardan iborat. Daryo vodiylari, toʻqay chakalakzorlari bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |