Kontent qismiga oʻtish

Qoʻmiq tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qo'miq Tilidan yoʻnaltirildi)
Qoʻmiq tili
Milliy nomi къумукъ тил
Mamlakatlar Dog'iston
Checheniston
Shimoliy Osetiya
Rasmiylik holati  Dogʻiston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 426 212[1]
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Qipchoq guruhi
Noʻgʻoy-qipchoq ostguruhi
Alifbosi kirill
Til kodlari
ISO 639-2 kum
ISO 639-3 kum

Qoʻmiq tiliturkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub til; Rossiya Federatsiyasining Dogʻiston, qisman Checheniston, Ingushiya, Shimoliy Osetiya respublikalarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 282 ming kishidan ortiq (oʻtgan asrning oxirlari). Qoʻmiq tilida asosan 3 ta: boʻynoq, qaytaq, xasavyurt lahjalari farqlanadi. Ularda fonetik va morfologik tafovutlar mavjud. Qoʻmiq tili qipchoq guruhiga mansub boʻlsa-da, unda oʻgʻuz tillariga xos belgilar ham kuzatiladi.

Adabiy Qoʻmiq tili 20-asr boshlarida xasavyurt va boʻynoq lahjalari asosida shakllangan (uning ogʻzaki soʻzlashuv shakli qadimdan mavjud). Yozuvi 17-asr oʻrtalaridan 1928-yilgacha arab grafikasi, 1929—38 yillarda lotin grafikasi asosida boʻlib, 1939-yildan rus grafikasi asosidagi yozuvga oʻtilgan. Qoʻmiq tilida gaz., jur.lar chop etiladi, koʻplab ijtimoiysiyosiy va badiiy adabiyot, boshlangʻich va oʻrta maktablar uchun darsliklar nashr qilinmoqda.

Qoʻmiq tili

Qoʻmiq tili — Dog'istonda davlat tili maqomiga ega. Turkiy tillarining qipchoq guruhiga kiradi. Qoʻmiq tilida gaplashuvchilar soni 400—500 ming kishi. Qoʻmiq tili Dogʻistonning olti „adabiy tillarining“ biridir. Alifbosi kirill alifbosiga asoslangan. Qoʻmiq tili turkiy tillarning qipchoq butogʻining gʻarbiy qipchoq guruhiga kiradi. U qorachoy, bulgar, noʻgʻoy, qaraim, qirim tatarlari tillariga juda yaqindir. Qoʻmiq yozma yodgorliklari 16 asrdan belgili. 17-asrdan boshlab Shimoliy Kavkazdagi rus hokimyati bilan aloqada rasmiy til hizmatini bajargan. Qoʻmiqlar qadimdan arab alifbosini foydalanib keldi 1928-yili lotin, 1938-yili kirill alifbosiga almashtirildi. Grammatikasida oʻgʻiz tillarning, Kavkaz xalqlari tillarining taʼsiri ayon. Lugʻat tarkibida rus tilidan kirgan soʻzlar koʻplab uchiraydi. Qoʻmiq tili qaytagʻ, ter, buynaq, xasavyurt deb nomlanadigan dialektlariga ajraladi.

Lotin alifbosi (1927—1937)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qo'miq alifbosi lotin alifbosidagi kitob (1935).
A a B v C c Ç ç D d E e F f G g
Ƣ ƣ H h I i J j K k L l M m N n
Ŋ ŋ O o Ɵ ɵ P p Q q R r S s Ş ş
T t U u V v W w X x Y y Z z Ƶ ƶ

Kirill alifbosi (1937-yildan)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
А а Б б В в Г г Гъ гъ Гь гь Д д Е е
Ё ё Ж ж З з И и Й й К к Къ къ Л л
М м Н н Нг нг О о Оь оь П п Р р С с
Т т У у Уь уь Ф ф Х х Ц ц Ч ч Ш ш
Щ щ Ъ ъ Ы ы Ь ь Э э Ю ю Я я

Yangi lotin alifbosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
A a Ä ä B b C c Ç ç Č č D d E e
F f G g Ğ ğ H h I ı İ i J j K k
L l M m N n Ñ ñ O o Ö ö P p Q q
R r S s Ş ş T t U u Ü ü W w X x
Y y Z z