Kontent qismiga oʻtish

Qoʻshrabot tumani

Koordinatalari: 40°43′45″N 66°6′26″E / 40.72917°N 66.10722°E / 40.72917; 66.10722
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo'shrabot tumanidan yoʻnaltirildi)
Qoʻshrabot tumani
tuman
Tarkibida Samarqand viloyati
Maʼmuriy markazi Qoʻshrabot
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Qoʻshrabot tumani xaritada
40°43′45″N 66°6′26″E / 40.72917°N 66.10722°E / 40.72917; 66.10722

Qoʻshrabot tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1978-yil 3-aprelda tashkil etilgan. Sharqdan Payariq, janubtan Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon tumanlari, gʻarb va shimoldan Navoiy viloyatining Nurota, janubi-gʻarbdan xatirchi tumanlari, shim.sharqdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 1,11 ming km2. Aholisi 93,3 ming kishi (2004). Tumanda 7 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Pichot, Joʻsh, Zarmitan, Oxun-boboyev nomidagi, Oqtepa, Pangat, Urganji, Qoʻshrabot) bor. Markazi — Qoʻshrabot shaharchasi[1]

Mahalla fuqarolar yigʻinlari: Buloqboshi mahallasi, Boypurshli mahallasi, Buloq mahallasi, Bozorjoy mahallasi, Doʻstlik mahallasi, Jonbuloq mahallasi, Joʻshota mahallasi, Zarkent mahallasi, Katta Oqmachit mahallasi, Qiyqim mahallasi, Qovunchi mahallasi, Qoratosh mahallasi, Quvkalla mahallasi, Qoʻrgʻon mahallasi, Qoʻrolos mahallasi, Qoʻshrabot mahallasi, Qoʻshtamgʻali mahallasi, Mayintepa mahallasi, Minishkor mahallasi, Mustaqillik mahallasi, Novkat mahallasi, [[Ozod mahallasi, Oqmachit mahallasi, Oqchopsoy mahallasi, Pangat mahallasi, Pichot mahallasi, Tegirmonovul mahallasi, Toz mahallasi, Urganji mahallasi, Oʻrta Soy mahallasi, Xonnazar mahallasi, Chinoq mahallasi, Chorloq mahallasi, Shova mahallasi, Shovona mahallasi, Yuqori Joʻsh mahallasi, Yuqori Saroy mahallasi, Yangiqishloq mahallasi.

Yer yuzasi Nurota togʻlari va togʻ oldi qismlaridan iborat. Shimolida Nurota tizmasi (eng baland joyi — Hayotboshi choʻqqisi, 2165 m), janubida Oqtogʻ tizmasining sharqiy qismi joylashgan. Relyefi tizmalardan atrofga tomon 500 m gacha pasayib boradi. Tizmalar etagi meridional yoʻnalgan vodiylar bilan qirqilgan. Ikkala tizma Nurota botigʻi orqali bir-biridan ajralib turadi. Iqlimi togʻ tepalari va yon bagʻirlarida nisbatan salqin, togʻ etaklari va botiqlarda yoz issiq va quruq, qishi unchalik sovuq boʻlmaydi.

yanvarning oʻrtacha temperaturasi —G, eng past temperatura —29°, iyulniki 27—28°, eng yuqori temperatura 43°_ Vegetatsiya davri 200 kundan ortiq. Yillik yogʻin 200-300 mm, togʻ yon bagʻirlarida 600 mm gacha, asosan, bahor va qishda yogʻadi. Yogʻingarchilik faslida togʻlarda oqar suvlar hosil boʻladi. Yozda soylarning koʻpchiligi qurib qoladi.

Yirikroq soylari — Oqsoy, Sagʻanoq, Gʻujumsoy, Pi-chatsoy, Pangatsoy va boshqa Togʻli qismida buloq koʻp. Tuproqlari botiqda och boʻz, boʻz, togʻ yon bagʻirlarida toʻq boʻz tuproq. 1600 m dan balandda togʻ-jigarrang va togʻ-oʻtloq tuproqlari tarqalgan. Oʻsimliklari, asosan, choʻl va togʻ-choʻl landshaftlariga xos. Togʻlarning 1500-1700 m balandlikkacha boʻlgan qismlari chala choʻl oʻsimliklari, yaʼni efemer va efemeroidlardan tashkil topgan. Bu yerda butalardan bodom, uchqat, naʼmatak, pista, doʻlana va boshqa oʻsadi. Togʻlarning baland qismida ora-sira archalar uchraydi. Togʻ odsi qismlarida shuvoq, yantoq, efemerlar (rang, qoʻngʻirbosh va boshqalar) oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, boʻrsiq, tipratikan, yumronqoziq, toshbaqa, echkemar, ilonlar (jumladan, zaharli ilonlar), qushlardan kaklik, qorabovur, burgut, qoraqargʻa va boshqa bor. Qazilma boyliklardan oltin, qurilish materiallari qazib olinadi. Hududida Kushrabot buyurtma qoʻriqxonasi joylashgan.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholiningoʻrtacha zichligi 1 km2ga 84 kishi.

Xoʻjaligi, asosan, chorvachilik, gʻallachilik, qisman bogʻdorchilik tokchilikka va konchilikka ixtisoslashgan. Oʻzbekistondagi oltin konlaridan biri boʻlgan Zarmitan oltin koni shu hududda joylashgan. Chorvachilikning asosiy tarmogʻi — qorakoʻlchilik. Tumanda yirik, oʻrta, kichik korxonalar va mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Aholiga maishiy xizmat koʻrsatuvchi kichik korxonalar (kiyim tikish, avtomobil taʼmirlash, tele-apparaturalar tuzatish va hokazo) ham bor.

Qoʻshrabot tumanida 60,2 mingga yaqin qoramol, 207,5 mingga yaqin qorakoʻl qoʻylari, 3,7 mingdan ziyod yilqi boqiladi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy qismi fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladi. 5 shirkat,’ 1 jamoa, 1 naslchilik, maxsus, 388 fermer xoʻjaligi bor.

2004/2005 oʻquv yilida 88 umumiy taʼlim maktabida 25,8 mingga yaqin oʻquvchi, 2 kasb-hunar kollejida 734 talaba taʼlimoldi. 44 kutubxona (178,7 ming nusxa kitob), 19 madaniyat uyi, stadion, sport maydonchalari mavjud. 6 kasalxona (320 oʻrin), 34 feld-sher-akusherlik punkti, 18 qishloq davolash ambulatoriyasi va boshqa tibbiy muassasalarda 125 vrach, 710 oʻrta va kichik tibbiy xodim ishlaydi.

  1. Jumaboyev, Toshpoʻlat. „Qoʻshrabot tumani“ OʻzME. Q-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil