Kontent qismiga oʻtish

Qoʻstanay (viloyat)

Koordinatalari: 53°12′0″N 63°38′0″E / 53.20000°N 63.63333°E / 53.20000; 63.63333
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qo'stanay viloyatidan yoʻnaltirildi)
Qoʻstanay viloyati
qoz. Қостанай облысы

Gerb
Gerb
viloyat
Tegishli Shimoliy Qozogʻiston
Maʼmuriy markazi Qoʻstanay
Yirik shahari Rudniy
Asos solingan sanasi 1936-yil
Akim Saduaqasov Nurali Mustafinovich
Aholi (2013)
880,109[1]
(5,7 % ,  (8-oʻrin)
Zichligi 4,5 kishi./km²
Millatlar tarkibi ruslar 42,98 %
qozoqlar 31,14 %
ukrainlar 9,58 %
olmonlar 3,16 %
tatarlar 1,92 %
beloruslar 1,71 % [2]
Dinlar tarkibi Xristianlar, Musulmonlar
Maydoni 196 001 km² (7,2 %, 6-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 7142
Pochta indeksi 11 xxxx
Avtomobil raqami kodi W,P,10
Rasmiy sayti http://www.kostanay.gov.kz/rus/
Xaritada
Qoʻstanay viloyati xaritada
53°12′0″N 63°38′0″E / 53.20000°N 63.63333°E / 53.20000; 63.63333

Qoʻstanay viloyati — Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1936-yil 29-iyulda tashkil etilgan. Respublikaning shimoliy qismida, Tobol daryosi havzasida. Maydoni 196 ming km2. Aholisi 880,326 kishi (2012) shahar aholisi 52 %. Tarkibida 4 shahar va 12 shaharcha bor, 13 tumanga boʻlingan. Markazi — Qoʻstanoy shahri. Viloyat respublikaning 4 ta boshqa viloyatlari bilan chegaradosh. (Aqtoʻbe, Qaragʻandi, Akmola va ShQV) va Rossiyaning 3-ta viloyati bilan (Orenburg, Chelyabinsk, Qoʻrgʻan).

Viloyatda 2010-yil 10-oktyabrdagi maʼlumoti boʻyicha 882,018 kishi istiqomat qiladilar. Viloyat koʻp millatli hisoblanadi, viloyatda 100 dan ziyod millat vakillari istiqomat qilishadi. Aholining milliy tarkibini esa quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:

Viloyat aholisining milliy tarkibi
(hozirgi kungi [3])[4][5]:
Aholi soni
1989-yilgi[3]
%[3] Aholi soni
1999-yilgi
% Aholi soni
2010-yilgi
%
jami 1223844 100,00 % 1017729 100,00 % 886284 100,00 %
Ruslar 535100 43,72 % 430242 42,27 % 360976 40,73 %
Qozoqlar 279787 22,86 % 314801 30,93 % 317762 35,85 %
Ukrainlar 178140 14,56 % 130449 12,82 % 102070 11,52 %
Olmonlar 110440 9,02 % 57410 5,64 % 33421 3,77 %
Beloruslar 35404 2,89 % 25018 2,46 % 19367 2,19 %
Tatarlar 27812 2,27 % 20070 1,97 % 16706 1,88 %
Boshqurtlar 10178 0,83 % 5435 0,53 % 4602 0,52 %
Koreyslar 4085 0,33 % 4160 0,41 % 3998 0,45 %
Ozarbayjonlar 4570 0,37 % 3619 0,36 % 3718 0,42 %
Moldavanlar 4807 0,39 % 3302 0,32 % 2928 0,33 %
Chechenlar 2955 0,24 % 2167 0,21 % 2405 0,27 %
Mordvalar 4433 0,36 % 2852 0,28 % 1962 0,22 %
Udmurtlar 3336 0,27 % 2309 0,23 % 1875 0,21 %
Armanlar 1765 0,14 % 1938 0,19 % 1907 0,22 %
Polyaklar 2853 0,23 % 2357 0,23 % 1845 0,21 %
Chuvashlar 3132 0,26 % 1949 0,19 % 1437 0,16 %
Ingushlar 1325 0,11 % 1114 0,11 % 1065 0,12 %
boshqalar 13722 1,12 % 8537 0,84 % 8240 0,93 %

Kommunikatsiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyatdan xalqaro „Yekaterinburg-Almati“ avtomabil yoʻli oʻtadi. Temir yoʻlning uzunligi — 1452,3 km.ni tashkil qiladi, avtomabil yoʻllarining uzunligi — 9514,3 km, gaz quvurlar — 2491,4 km, issiqlik quvurlari — 778,8 km, suv quvurlari — 5937,1 km. 2004-yili „Altinsari-Xromtau“ temir yoʻli barpo etilgan. Asosiy transport tugunlari: Qoʻstanay va Tobol. Qoʻstanay shahri Moskva, Ostona, Olmaota kabi yirik shaharlar bilan havo yoʻllari orqali bogʻlangan.

Viloyat Ural togʻlarining sharqidagi dasht zonasida, katta qismi Toʻrgʻay va Ural sharqi platolarida joylashgan. Qoʻstanoy viloyatining shimoli-gʻarbiy qismini Uralning togʻ oldi tekisliklari va tarmoqlari egallagan. Foydali qazilmalardan temir rudasi, boksit, nikel, titanga boy. Asbest, qoʻngʻir koʻmir va qurilish materiallari zaxirasi ham katta. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, quruq, qishi sovuq, qor kam yogʻadi. Iyulning oʻrtacha harorati shimolda 18—19 °C va janubda 21 — 22 °C, yanvarniki shimolda —19 °C va janubda —17 °C. Yillik yogʻin shimolda 300 – 350 mm, janubda 240 –280 mm. Vegetatsiya davri shimolda 150 —175 kun, janubda 180 kun. Eng yirik daryosi — Tobol (Ob havzasi); chap irmoqlari — Sintasti, Ayat, Uy, oʻng irmogʻi — Ubagan. Mayda koʻl koʻp. Qoʻstanoy viloyatining shimoliy qismida qora tuproq (hududining 40 % dan ortiqrogʻi), janubida esa kashtan tuproqlari tarqalgan. 143 ming ga yer oʻrmon. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, yelik, boʻrsiq, oq tovushqon, malla tovushqon: qushlardan toʻrgʻay, turna, qur, qizilishton, kakliklar uchraydi.

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Viloyatning hududiy boʻlinishi

Viloayt tarkibida: 16-ta tuman va viloyat ahamiyatiga ega 4-ta shahar mavjud[6]:

  1. Altinsarin tumani — Oʻbagʻan qishlogʻi
  2. Amangeldi tumani — Amangeldi qishlogʻi
  3. Avliyokoʻl tumani — Avliyokoʻl qishlogʻi
  4. Denisov tumani — Denisovka qishlogʻi
  5. Jangeldi tumani —Toʻrgʻay qishlogʻi
  6. Jitiqara tumani — Jitiqara shahri
  7. Qamishli tumani — Qamishli qishlogʻi
  8. Qorabaliq tumani — Qorabaliq qishlogʻi
  9. Qorasuv tumani — Qorasuv
  10. Qoʻstanoy tumani — Zatobolsk qishlogʻi
  11. Mendiqara tumani — Borovskoy qishlogʻi
  12. Navruzim tumani — Qaramendi qishlogʻi (Dokuchaevka)
  13. Sarikoʻl tumani — Sarikoʻl qishlogʻi (Uritskiy)
  14. Taran tumani — Taran qishlogʻi
  15. Uzunkoʻl tumani — Uzunkoʻl qishlogʻi
  16. Fedorov tumani — Fedorovka
  17. Orqaliq shahri
  18. Qoʻstanoy shahri
  19. Lisakovsk shahri
  20. Rudniy shahri

Energetikasi tashqaridan keltiriladigan koʻmir, mazut va gaz bilan ishlaydi. Qoʻstanoy viloyati gʻalla, goʻsht, temir rudasi, asbest va boksit yetkazib beradigan yirik viloyatdir. Sanoatining asosiy tarmogʻi — kon-ruda sanoati. Metallsozlik (avtomobil, motor taʼmirlash, mexanika zavodlari), kimyo sanoatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish va ayniqsa, yengil (toʻqimachilik, poyabzal ishlab chiqarish, tikuvchilik) va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari (un, pivo, goʻsht, moy) rivojlangan.

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xoʻjaligida lalmikor dehqonchilik bilan birga (asosan, bugʻdoy), sut-goʻsht chorvachiligi va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash yetakchi oʻrinda. Qishloq xoʻjaligi gʻallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Ekin maydonlariga gʻalla, sabzavot, poliz, texnika va ozuqa ekinlari, kartoshka ekiladi. Sut-goʻsht yetishtiriladigan qoramolchilik, shuningdek, choʻchqachilik, parrandachilik, qoʻy va echkichilik rivojlangan. Qoʻychilik goʻsht va jun yetishtirishga ixtisoslashgan.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1-yanvar 2008-yilgi maʼlumot boʻyicha viloyatda 644 maktab, 91 bolalar bogʻchasi, 28 oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, 9 oliy oʻquv yurtlari, 48 shifoxona, 8 kasalxona, 3 teatr, 10 muzey, 393 kutubxona, 278 madaniyat uyi, 2 sport saroyi, 39 sport joylari va 29 stadionlar faoliyat yuritmoqda.