Kontent qismiga oʻtish

X-Men: Dark Phoenix

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qora Qaqnus (film)dan yoʻnaltirildi)
X-Men: Dark Phoenix

Film posteri
Rejissyor(lar) Simon Kinberg
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Simon Kinberg
Rollarda
Bastakor(lar) Hans Zimmer
Kinematografiya Mauro Fiore
Muharrir(lar) Lee Smith
Studiya(lar)
Distribyutor 20th Century Fox
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 114 daqiqa[3]
Mamlakat Qoʻshma Shtatlar AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $200 million
Daromadi $252,4 million[4]

X-Men: Dark Phoenix“ (tarjimasi „X-odamlar: Qora feniks“; ayrim oʻzbekcha manbalarda „Gʻaroyib odamlar: Feniks zulmati“ oʻlaroq maʼlum) — 2019-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi; „X-Men“ kinofranshizasidagi oʻn ikkinchi film; „X-Men: Apocalypse“ (2016) filmining davomi. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli jamoaga asoslangan. 20th Century Fox, Marvel Entertainment, Kinberg Genre, Hutch Parker Productions, Bad Hat Harry Productions, The Donners' Company, TSG Entertainment studiyalari tomonidan ishlangan, 20th Century Fox tomonidan esa tarqatilgan. Film rejissyori va ssenariy muallifi — Simon Kinberg. Bosh rollarni James McAvoy, Michael Fassbender, Jennifer Lawrence, Nicholas Hoult, Sophie Turner, Tye Sheridan, Alexandra Shipp va Jessica Chastain ijro etgan.

1975-yil sakkiz yashar Jean Grey (talaffuzi: Jin Grey) avtohalokat tufayli yetim qoladi. Professor Charles Xavier (talaffuzi: Charlz Ksaviye) Jeanni oʻzining qobiliyatli bolalar uchun moʻljallangan maktabiga olib borib, unga qobiliyatlarini nazorat qilishni oʻrgatishga soʻz beradi.

1992-yili „Endeavour“ fazoviy kemasining birinchi missiyasida, fazo kemasi quyosh chaqnogʻidan zararlanadi. Buning ortidan AQSh prezidenti X-odamlardan zarar koʻrgan fazo kemasida boʻlgan fazogirlarni qutqarishini soʻrab iltimos qiladi. X-odamlar fazogirlarni qutqarayotganda, jamoa tarkibida boʻlgan Jean energiya ichida qolib ketib, oqibatda energiya uning tanasiga oʻrnashib oladi; buning ortidan Jeanning qudrati yanada ortadi, biroq bu uni kuchi ustidan nazorat yoʻqolishiga olib keladi. Xavier X-odamlar aʼzolariga Jean bolaligida ota-onasini yoʻqotishiga sabab boʻlgan avtohalokatni boshdan kechirgani va uni judolik ortidan kuchli ruhiy tushkunlikka tushishdan asrash maqsadida uning ongiga ruhiy bloklar oʻrnatgani, ammo uning ichiga oʻrnashib qolgan qandaydir kuch bu bloklarni buzib tashlayotgani haqida aytib beradi.

Jean otasi avtohalokatdan omon qolganini bilgach, bolaligi oʻtgan uyga boradi. Soʻngra, bolaligida kuchi nazoratdan chiqishi ortidan avtohalokat sodir boʻlgani va unda onasi halok boʻlganini xotirlaydi. Jean yoniga X-odamlar yetib keladi. Raven Darkhölme (talaffuzi: Reyven Darkholm) Jeanni uyga qaytishga koʻndirishga urinish chogʻida, Jean uni tasodifan oʻldirib qoʻyadi.

Soʻngra, Jean mutantlar uchun betahlika maskan boʻlgan Genosha oroliga Erik Lehnsherr (talaffuzi: Erik Lensherr) dan gʻazabini nazorat qilishda koʻmak soʻrab boradi. Orolga harbiy vertolyotlarda uni axtarib maxsus kuchlar yetib kelganida, Jean ularga hujum qiladi. Buning ortidan Erik undan jahl ila oroldan ketishi aytadi. Orolni tark etganidan soʻng, Jean Vuk ismli oʻzga sayyoralik (D’Bari irqi yoʻlboshchisi) bilan tanishadi. Vuk Jeanga unga oʻrnashib olgan fazoviy kuch D’Bari sayyorasini yer bilan bitta qilgani hamda unga oʻrnashib olgungacha barcha narsani yoʻq qilib kelgani haqida soʻzlab beradi. Vuk Jeanga unga oʻrnashib olgan kuchni oʻrganishda yordam berishini aytadi.

Ravenning halok boʻlishida Xavierni aybdor deb hisoblagan Hank (talaffuzi: Henk) maktabdan ketib, Jeanni oʻldirish uchun Erik bilan birlashadi. Ikkovlon Jeanni Nyu-York shahrida oʻldirish rejasini tuzishadi. Erikning rejasi haqida xabar topgach, Kurt Wagner (talaffuzi: Kurt Vagner) X-odamlar jamoasini Nyu-York shahriga teleportatsiya qiladi. X-odamlar va Erik yetakchiligidagi jamoa oʻrtasida jang kechayotganda, Erik Jean va Vukni topadi, ammo Jean uni bemashaqqat magʻlub etadi. Xavier Jeanni uning xotiralarini oʻqishga koʻndiradi. Bu esa Jeanga Xavier aslida otasini halok boʻlgan deb aldash orqali unga yordam bermoqchi boʻlganligini anglab yetishiga turtki boʻladi. Qilgan ishlaridan taassuflangan Jean Vukga tanasiga oʻrnashib qolgan fazoviy kuchni olishini iltimos qiladi, ammo Charles Vuk kuchdan Yerni yoʻq qilishda foydalanishni koʻzlayotganini tushunib yetganidan keyin Scott Summers (talaffuzi: Skott Sammers) Vukni toʻxtatadi. Hukumat qoʻshinlari mutanlarni qoʻlga oladi, biroq Vuk qochib ketadi.

Mutantlar poyezdda olib ketilayotganda, poyezd Vuk va uning jamoasi tomonidan hujumga uchraydi. Ularga kuchi yetmagan hukumat askarlari mutantlarni ozod etadi. Charles va Scott Hank, Erik va uning jamoasini koʻplab noxushliklar keltirib chiqargan Jean ular bilgan Jean emasligi, u uning ichiga oʻrnashib olgan kuch taʼsirida boʻlganligiga ishontiradi. Soʻngra, ular oʻzga sayyoraliklarga qarshi kurashda birlashishadi. Charles Jean bilan ongida gaplashadi. Jean unga uni kechirgani hamda X-odamlarni oʻzga sayyoraliklardan himoya qilishini aytadi. Vuk Jeandan kuchini tortib olishga uringanda, Jean uni koʻkka koʻtarib, ichidagi kuchni tanasidan toʻliq ozod etadi va bu Vukni halok boʻlishiga olib keladi. Keyin, Jean tashqi koʻrinishi qaqnusni eslatadigan energiyaga aylanib, gʻoyib boʻladi.

Xavier maktabi nomi „Iqtidorli oʻspirinlar uchun Jean Grey maktabi“ga oʻzgartiriladi. Maktab direktori boʻlgan Charles nafaqaga chiqib, oʻrnini Hankga boʻshatadi. Nafaqaga chiqqan Charles Parijdagi qahvaxonalarning birida oʻtirganida, yoniga Erik kelib, unga shaxmat oʻynashni taklif etadi. Shu vaqtda, koʻkda otashli qaqnus bir lahza paydo boʻlib, keyin yoʻqoladi.

Treklist
NomiDavomiyligi
1.„Gap“8:07
2.„Dark“4:27
3.„Frameshift“8:15
4.„Amity“5:52
5.„Intimate“10:14
6.„Negative“3:58
7.„Deletion“4:51
8.„Reckless“9:35
9.„Insertion“7:56
10.„Coda“4:40
Jami davomiyligi:67:55
Treklist
NomiDavomiyligi
1.„X-HZT“17:27
2.„X-X“5:59
3.„X-LGDP“8:07
4.„X-SI“6:25
5.„X-HD“3:32
6.„X-MP“3:21
7.„X-MT“5:03
8.„X-TX“8:48
9.„X-MDP“9:06
10.„X-F“3:56
11.„X-CH“4:58
12.„X-SS“2:01
Jami davomiyligi:78:43
  1. 1,0 1,1 1,2 Glieberman, Owen. „Film Review: Dark Phoenix. Variety (2019-yil 5-iyun). 2019-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 McCarthy, Todd „'Dark Phoenix': Film Review“. The Hollywood Reporter. Penske Media Corporation (2019-yil 4-iyun). Qaraldi: 2024-yil 5-yanvar.
  3. X-Men: Dark Phoenix. British Board of Film Classification (26-may). 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul, 2019.
  4. „Dark Phoenix (2019)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 16-avgust, 2019.