Qora kaklik
Qora kaklik - Shimoliy qora kaklik, Yevroosiyo qora kakligi va qora xoʻroz kabi nomlar bilan mashhur qora kaklik (lotinchada Lyrurus tetrix)[1] kakliklar oilasida ovlanadigan qushlarning katta qismini tashkil qiladi.
Ular koʻpincha oʻrmonli hududlar yaqinida yashaydigan oʻtroq turlar boʻlib koʻpayish vaqtida Paleoarktika yaylovlarini qamrab oladi. Ular qishni qalin oʻrmonlarning bir chetiga joylashib, asosan ignabargli daraxtlar ignalari bilan oziqlanish orqali oʻtkazadilar. Qora kakliklar kakliklar oilasining Lyrurus turkumiga mansub 2 turdan biri hisoblanadi (ikkinchisi: Kavkaz kakligi).
Ilmiy turkumi va nomlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qora kaklik dastlab 1758-yilda shved tabiatshunosi Karl Linney tomonidan uning „Tetrao tetrix“ nomi ostidagi „Systema Naturae“ asarining 10-nashrida taʼriflab berilgan[2]. Tetrao va tetrix soʻzlarining har ikkalasi ham Qadimgi Yunon soʻzlari boʻlib ovlanadigan qush turini ifodalaydi[3]. Qora kakliklar hozirda 1832-yili ingliz tabiatshunosi William John Swainson tomonidan fanga tadbiq qilingan Lyrurus turkumiga kiritilgan[4]. Nar va modalar baʼzan oʻzlarining mahalliy qoraxoʻroz va kulrang tovuq nomlari bilan ham ataladi. Bu nomlar dastlab 1674-yilda John Ray adabiyotida uchragan.
Kichik turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qora kakliklarning aniqlangan 6 ta kichik turlari mavjud[5]. Qora kaklik populyatsiyalari tarqalgan hududlariga qarab birozgina rangi va oʻlchami bilan farq qiladi[6].
- L.t.(Lyrurus tetrix) baikalensis — janubi-sharqiy Sibirdan shimoliy Mongoliya va shimoli-gʻarbiy Manjuriyagacha(Xitoy).
- L.t. britannicus — Shotlandiya, Uels va shimoliy Angliya.
- L.t. mongolicus — sharqiy Qirgʻiziston va shimoli-gʻarbiy Xitoydan sharqiy Qozog'iston, janubi-oʻrta Sibir va gʻarbiy Mongoliyagacha.
- L.t. tetrix — Skandinaviyadan janubiy Fransiya, shimoliy Italiya va shimoli-sharqiy Sibirgacha.
- L.t. ussuriensis — Sharqiy Sibir, shimoli-sharqiy Xitoy va shimoli-gʻarbiy Koreya.
- L.t. viridanus — janubi-sharqiy Rossiyadan janubi-gʻarbiy Sibirgacha.
Taʼrifi va koʻrinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qora kakliklar modalari oʻrtacha ogʻirligi 750-1100gramm, boʻyi esa 45sm ni, narlari ogʻirligi 1100-1250gramm dan baʼzan 2100 gramm gacha, boʻyi esa oʻrtacha 60sm ni tashkil etadigan katta qushlar hisoblanadi. Xoʻrozining patlari asosan qora rangda va boʻyni va orqasida toʻq koʻk rang tusi boʻladi. Tovuqlariniki esa anchagina koʻrimsiz va xira boʻladi va bu unga uyalash vaqtida qalin butalar orasida osonlik bilan uygʻunlashib ketish imkonini beradi. Qora va Kavkaz kakliklarida yunonlarning chiltori ramkasi shaklida tartiblangan uzun dum patlari mavjud. Shuning uchun ham turning nomi Lyrurus deb nomlangan(chiltor soʻzi qadimgi yunon tilida λύρᾱ boʻlgan).
Kelib chiqishi va tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qora kakliklarni ochiq Yevropa kengliklarida, Skandinaviya orqali Buyuk Britaniya, Estoniya va Rossiya boʻylab uchratish mumkin. Bir vaqtlar Irlandiyada ham yashagan deb ishonilishiga qaramasdan hozir qora kakliklar u yerda hayot kechirmaydi. Sharqiy Yevropada ularni Vengriya, Latviya, Litva, Polsha, Belarusiya, Ruminiya va Ukrainada uchratish mumkin. Bu turlar 19-asrda Bolgariyadan yoʻqolib ketgan. Osiyoda esa qora kakliklarning katta qismini Rossiya(ayniqsa janubiy Sibir)dan topish mumkin va qolaversa ular Qozog'iston, Mongoliya, Xitoy va Koreyada(ehtimol) uchraydi.
Qora kakliklar koʻpincha oʻrmonlar va ochiq kengliklar orasida, ayniqsa yaylovlar, dashtliklar, maysazorlar va oʻtloqlarda hayot kechiradi. Mavsumga qarab ular qishni katta-katta guruh boʻlib qalin oʻrmonlarda shotland qayragʻochi, sibir tilogʻochi, kumushrang tanali qayin va yevroosiyo togʻteragi kabi ignabargli va keng bargli daraxtlar bargi bilan oziqlanish orqali oʻtkazadi. Bahor va yoz davomida ular justlashish, polaponlarini boqish uchun ochiq maydonlarga chiqishga moyil boʻlishadi va kundalik ozuqalarini yovvoyi olcha, klukvaning niholi va poyalari, botqoq chernikalari, mirta oʻsimligi mevalari va boshqa buta oʻsimliklariga oʻzgartirishadi. Ular juda sovuq va choʻl hududlardan uzoq yurishadi.
Koʻpayishi va uyalashi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qora kakliklarda juftini jalb qilish uchun juda oʻzgacha odat mavjud. Erta bahorda nar kakliklar modalarni eʼtiborini tortish va u bilan juftlashish maqsadida bir biri bilan bellashishni boshlashadi. Ular boʻyinlarining maxsus qismini havo bilan toʻldirish, patlarini yelpish bilan oʻzlarining shijoatini koʻrsatishadi va oʻz hududlarini belgilab olishadi. Ular turli ovozlarda shovqin chiqara boshlashadi.
juftlashganlaridan soʻng ular ozuqa serob, uyalash uchun qulay boʻlgan joylarni qidirib bir yerdan ikkinchisiga uchib oʻtishadi. Asosan ularning inlari daraxt ildizlari orasida, past shoxlarning tagida, xarsangtoshlar yonida boʻladi. Uyalarining kovaklari kengligi 23-28 sm va chuqurligi 10-11 sm boʻladi, ular inlarini tuproqdan tozalab oʻt-oʻlanlar, barglar, patlar va mayda choʻplar bilan bezashadi. 6tadan 10tagacha och sariq-jigarrang, olachipor dogʻli tuxumlarni qoʻygach ularni 23-28 kun davomida bosib oʻtiradi.
Polaponlar umurtqasiz hayvonlar bilan, kattara boshlagach esa oʻsimliklar bilan oziqlanadi. 10-14 kunlik boʻlganda yoki undan koʻproq muddat oʻtgach ular qisqa parvozlarni amalga oshira boshlaydilar.[6]Ular oʻzlariga oʻxshash, qisman bogʻliq boʻlgan boshqa turlar xususan, xalqaboʻyin qirgʻovil(tustovuq), yashil-jigarrang koʻzli kaklik, majnuntol oq kakligi, Sibir kakligi kabilar bilan chatisha oladi.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Nar qora kaklik
-
qora kaklik urgʻochisini jalb qilishi
-
Nar va moda kaklik su’ratiTetrao tetrix
-
Moda qora kaklik
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Lyrurus tetrix (Black Grouse) - Avibase“. avibase.bsc-eoc.org. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.
- ↑ Linnaeus, Carl. Systema Naturae per regna tria naturae, secundum classes, ordines, genera, species, cum characteribus, differentiis, synonymis, locis, 10th (Latin), Holmiae (Stockholm): Laurentii Salvii, 1758 — 159-bet.
- ↑ Jobling, James A. The Helm Dictionary of Scientific Bird Names. London: Christopher Helm, 2010 — 383-bet. ISBN 978-1-4081-2501-4.
- ↑ Swainson, William John; Richardson, J.. Fauna Boreali-Americana, or, The Zoology of the Northern Parts of British America. London: J. Murray, 1831 — 497-bet. The title page bears the year 1831 but the volume was no published until 1832.
- ↑ (en) IOC World Bird List 13.1. doi:10.14344/ioc.ml.13.1. https://www.worldbirdnames.org/ioc-lists/crossref.
- ↑ 6,0 6,1 de Juana, Eduardo; Kirwan, Guy M.; Boesman, Peter F. D. (2020-03-04). "Black Grouse (Tetrao tetrix)" (en). Birds of the World. doi:10.2173/bow.blagro1.01.1. https://birdsoftheworld.org/bow/species/blagro1/cur/introduction.