Kontent qismiga oʻtish

Qunduzlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qunduzlarsuvsarsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchilar urugʻi. Yevropa, Osiyo, Shimoliy -Gʻarbiy Afrikada choʻllardan boshqa joylarida tarqalgan. Gavdasining uzunligi 55—95 sm, nisbatan ingichka va egiluvchan, vazni 10 kg gacha, dumi 45 sm gacha. Oyoqlari kalta, barmoqlari orasida suzgich parda boʻladi. Oʻzbekistonda qunduzning faqat 1 turi tarqalgan. Qunduzlar chuchuk suv havzalari yaqinidagi inlarida yashaydi. Suvga shoʻngʻiganida quloq va burun teshiklari maxsus klapanlar bilan berkiladi.

Qishda suvning muzlamagan joylarida yashaydi. Bahor-yoz mavsumida asta-sekin tullaydi. Yumshoq toʻshamali uyasini suv havzasining baland qirgʻoqlariga yasaydi. Boʻgʻozlik davri 8— 10 oy. Ikki yilda bir marta aprel - may oylarida, koʻpincha 3 ta bola tugʻadi. Asosan, baliq, baqa, baʼzan oʻrdak va boshqalar bilan oziqlanadi. Moʻynasi (ayniqsa, qishki) qimmatbaho hisoblanadi. Soni keskin kamayganligi sababli ovlash taqiqlangan. Shu sababli ko'rilgan chora tadbirlar natijasida hozirda ularning sonlari yana tez suratlarda oshib bormoqda.