Kontent qismiga oʻtish

Qurbon Orziqulov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qurbon Orziqulov
Tavalludi 1911-yil
Vafoti nomʼalum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi traktorchi
Unvoni
Mukofotlari

Qurbon Orziqulov (1911-yil, Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi — vafot sanasi nomaʼlum, Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) – Samarqand viloyati, Past Dargʻom tumanidagi 2-sonli mashina-traktor stansiyasi traktorchisi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957).

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qurbon Orziqulov 1911-yilda Samarqand uyzedidagi qishloq aholi punktlaridan birida (hozirgi Past Dargʻom tumani) tugʻilgan[1][2]. Millati oʻzbek. Traktorchilar kursini tugatganda keyin mahalliy qishloq xoʻjaligi artelida, keyinchalik Past Dargʻom tumanidagi Chkalov nomidagi kolxozda mexanizator boʻlib ishlagan. 1940-yillarning ikkinchi yarmidan Past Dargʻom tumanidagi kolxozlarning paxta dalalariga xizmat koʻrsatuvchi 2-sonli mashina-traktor stansiyasi traktor-mexanigi. Oʻsha paytda ushbu mashina-traktor stansiyasi direktori Sotsialistik Mehnat Qahramoni Karim Sharipov boʻlgan. 1956-yilda Past Dargʻom tumani qishloq xoʻjaligi jamoalari paxta xomashyosidan yuqori hosil yigʻib oldilar. Bunday hosilni olishda Qurbon Arziqulov va u bilan ishlagan 2-sonli mashina-traktor stansiyasi mexanizatorlarining xizmati katta boʻlgan. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining „Oʻzbekiston SSR kolxozchilari, mashina-traktor stansiyalari, sovxozlari, partiya va sovet xodimlariga Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvonini berish toʻgʻrisida“gi farmoni asosida 1957-yil 11-yanvarda „Sovet paxtachiligini rivojlantirish, gʻoʻza yetishtirishda ilm-fan yutuqlari va ilgʻor tajribani keng tatbiq etish, paxta xomashyosidan yuqori va barqaror hosil olishda erishgan ulkan muvaffaqiyatlari uchun“ Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali bilan mukofotlangan[1][3]. Xuddi shu farmon bilan 2-sonli mashina-traktor stansiyasi direktori Karim Sharipov, Past Dargʻom tumanidagi Chkalov nomidagi kolxoz raisi Joniqul Yusupov va ushbu kolxozning brigadiri Hamro Ergashevga ham Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan[4]. 1958-yilda 2-sonli mashina-traktor stansiyasi tugatilganidan soʻng, Qurbon Orziqulov Karl Marks nomidagi kolxozda mexanizator boʻlib ishlaydi. Pensiyaga chiqqanidan keyin Qurbon Orziqulov Past Dargʻom tumanida yashagan. Vafot etgan sanasi nomaʼlum[1].

1957-yil 11-yanvarda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni va Lenin ordeni, shuningdek, VDNX medali bilan mukofotlangan[1][2].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Сергей Кузоватов. „Арзыкулов Курбан“ (rus tilida). 2022-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 Oʻzbek sovet ensiklopediyasi: 8-jild (Nikellash — Pomir). Toshkent: „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh redaksiyasi, 1976 — 656-bet. 
  3. „Указ Президиума Верховного Совета СССР «О присвоении звания Героя Социалистического Труда колхозникам, колхозницам, работникам машинно-тракторных станций, совхозов, партийным и советским работникам Узбекской ССР»“ (rus tilida). 2018-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-sentyabr.
  4. Rasul Yoʻldoshev, Toji Yusupov. Yurt chinori edi u. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2009 — 80-bet. [sayt ishlamaydi]