Kontent qismiga oʻtish

Radiatsion himoya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Radiatsion himoya, radiatsion xavfsizlik — radioaktiv moddalar va boshqa ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlaganda xavfsizlikni taʼminlovchi tadbirlar majmui. Radiobiologiya, yadro fizikasi, kosmik biologiya, kosmik tibbiyot va boshqa fanlar yutuqlariga asoslanadi. Radiatsion himoyaning asosiy maqsadi — biosferaning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik, odam va hayvonlar organizmini (Mas, kosmos sharoitida) zararli nurlanishlardan asrash va hokazo. Zararli nurlanishlarning organizmga biologik taʼsiri haqidagi maʼlumotlar Radiatsion himoya yoki radiatsion xavfsizlik meʼyorlarini ishlab chiqish uchun asos boʻladi (qarang Dozimetriya). Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda yoki ulardan foydalanishda xavfsiz sharoitlarni taʼminlash, avvalo, xodimlarni xavfli nurlanishlar manbai (yadro reaktorlari, gammadefektoskoplar, radioizotopli termoelektr generator va boshqalar) taʼsiridan ishonchli himoya qilishdan iborat. Bunga qurilmalarni ekranlash (toʻsish), ish xonasiga kirish uchun labirint (aylanma) yoʻllar hosil qilish, bu manbalar bilan ishlash vaqtini cheklab qoʻyish, radioaktiv chiqindilarni oʻz vaqtida olib ketish va ularga tegishli ishlov berish, yakka (individual) himoya vositalaridan foydalanish va boshqa tadbirlar orqali erishilgan.

Radiatsion himoyani meʼyoriy jihatdan taʼminlash uchun Radiatsion himoya boʻyicha xalqaro komissiya materiallari asosida radiatsion xavfsizlik meʼyorlari ishlab chiqilgan (1976). Bu hujjatda R.Hning asosiy tamoyillari belgilab qoʻyilgan. Bu meʼyorlarda radioktiv nurlar bilan nurlanishning chegarasi yoʻl qoʻyiladigan qiymatlari va nazorat darajalari, nurlanish dozalari chegaralari, turli nurlanishlarning sifat koeffitsiyentlari belgilab qoʻyilgan. Bu meʼyorlar radioaktiv moddalar bilan ishlovchi barcha shaxslar uchun majburiy hisoblanadi. Agar R.hga doir chegaraviy meʼyorlar buzilganligi aniqlansa, "Radioaktiv moddalar va boshqa ionlovchi nurlanishlar bilan ishlashdagi asosiy sanitariya qoidalari"ga muvofiq choralar koʻriladi[1].

Radiatsion nurlanishdan himoyalanish nuqtai nazaridan dastlabki tavsiyalar sifatida - 1906-yilda D.F.Reshetilo (Rossiya) tomonidan rentgen nurlaridan tibbiyot amaliyotida diagnostika maqsadlarida foydalanish davomida maxsus ko‘zoynak, himoya fartugi va ekranlaridan foydalanish zarurligi qayd qilingan. Shuningdek, 1914-yilda Rossiyada ishchi-xodimlarning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq radiatsion nurlanish olish xavfidan himoyalash bo‘yicha dastlabki qoidalar ishlab chiqilishi fikri ilgari surilgan. Hozirgi vaqtda radiatsion terapiya uslubidan tibbiyot amaliyotida davolash m aqsadlarida foydalanish bilan bog‘liq holatda, Terapevtik radiologiya va onkologiya Yevropa jamiyati (ESTRO, The European Society fo r Therapeutic Radiology and Oncology) tomonidan xalqaro miqyosida muntazam ravishda qo‘llanma va tavsiyalar ishlab chiqilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Radiatsion havfsizlik normalari:

• Belgilangan radiatsion havfsizlik normalariga binoan, sanoat miqyosida ishlab chiqarish sharoitida ishchi-xodimlarning tabiiy radioaktiv manbalar ta’sirida nurlanish dozasi ~5 mZv/yil qiymatdan oshmasligi talab qilinadi;

• Tibbiy rentgenologik diagnostika maqsadlarida amalga oshiriluvchi tekshirishlarda samarali nurlanish dozasi qiymati ~1 mZv/yil dan oshmasligi talab qilinadi;

• Kompyuter monitoridan 5 sm. uzoqlik masofasida rentgen nurlanishiining ekspozitsion doza qiymati 0,1 mkZv/soat (100 mkRJ/ soat) qiymatdan oshmasligi belgilangan.

• Radiatsion nurlanish xavfsizligi m e’yorlariga ko‘ra, 200 mkR/s radiatsion nurlanish sharoitida hafitasiga 40 soat davomida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish belgilangan.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2. ''Umumiy fizika va radiobiologiya" Toshkent-2020