Radioaktiv fon va uning manbalari
Bu sahifani tezda oʻchirish taklif etiladi.
Sababi: U11: Mualliflik huquqlarining yaqqol buzilishi. Agar ushbu sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni munozara sahifasida qoldiring. Sahifa muallifiga: Mazkur ogohlantirish xabarini aslo oʻzingiz olib tashlamang.Administratorlarga: bu yerga ishoratlar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • oʻchirish Bu sahifa oxirgi marta Umarxon III (hissasi | qaydlar) tomonidan 07:05, 21-oktyabr 2024 (UTC) (30 kun avval) da tahrir qilingan. |
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Radioaktivlik yoki yadroviy parchalanish, yadro, zarrachalar yoki elektromagnit nurlanish yoki oʻz-oʻzidan parchalanish natijasida kuchli quvvat ajralish jarayoni.
Radioaktivlik hodisa birinchi marta 1896-yil 1-martda fransuz fizigi Anri Bekkerel tomonidan uran birikmalarida aniqlangan.
Radioaktiv nurlar inson tanasidan, shuningdek koʻplab narsalardan oʻtishi mumkin.
Radioaktiv fon muhitda mavjud boʻlgan ionlashtiruvchi nurlanishning tabiiy darajasini bildiradi. Bu nurlanish, asosan, kosmik nurlar va Yer qobigʻi, atmosfera va okeanlardagi izotoplarning tabiiy radioaktiv parchalanishi natijasida yuzaga keladi
Eng muhim manbalardan biri bu oʻta yangi yulduzlar va yuqori energiyali zarrachalarni hosil qiluvchi boshqa samoviy hodisalardan kelib chiqadigan kosmik nurlanishdir
Nurlanishning yana bir manbai — uran, toriy va kaliy kabi Yer qobigʻida tabiiy ravishda uchraydigan radioaktiv izotoplar.
Radioaktiv fon muhitda mavjud boʻlgan ionlashtiruvchi nurlanishning tabiiy darajasini bildiradi.
Bu nurlanish, asosan, kosmik nurlar va Yer qobigʻi, atmosfera va okeanlardagi izotoplarning tabiiy radioaktiv parchalanishi natijasida yuzaga keladi
Eng muhim manbalardan biri bu oʻta yangi yulduzlar va yuqori energiyali zarrachalarni hosil qiluvchi boshqa samoviy hodisalardan kelib chiqadigan kosmik nurlanishdir
Nurlanishning yana bir manbai — uran, toriy va kaliy kabi Yer qobigʻida tabiiy ravishda uchraydigan radioaktiv izotoplar.
Tibbiy tasvir asboblari, atom elektr stantsiyalari va sanoat faoliyati kabi inson tomonidan yaratilgan nurlanish manbalari ham fon radiatsiya darajasiga hissa qoʻshadi.
Dunyoda sodir bo‘lgan 300 ga yaqin turli xil va turli darajada radiatsion avariyalar sodir bo‘lganligi maʼlum. Ularning har biri maʼlum darajada odamlarga va hududlarga salbiy taʼsir etgan, katta moddiy zararlarga sabab bo‘lgan.
Hozirgi vaqtda dunyoning radiatsiya bilan bog‘liq eng xavfli obyektlar ro‘yxati tegishli xalqaro tashkilotlar tomonidan maʼlum qilingan, ular quyidagilar:
Ukraina,Chernobil atom elektr stansiyasidagi avariya sodir bo‘lganiga 30 yildan oshdi. Hududda hozirgacha radiaktivlik tabiy radiaktivlikdan yuqori. Maʼlumotlarga qaraganda avariyaning oqibatida hosil bo‘lgan vaziyatning taʼsirida hozirgacha 6 milliondan ortiq odamlar zararlangan, o‘limlar soni 93 ming atrofida bo‘lishi bildirilgan. Radiatsiya chiqindilari Xirosima va Nagasakidagiga nisbatan yuz martalab ko‘p. Qisman odamlarga V zonada yashashga ruxsat berilgan. Avariya oqibatida tarqalgan radiatsiyaning 70% qismini Belorussiya aholisi yutgan.
Atoll Bikini (Marshall orollari) Yopiq poligon Tinch okeanida, Ralik tizmasida joylashgan. Maydoni — 6 kvadrat kilometr. Birinchi marta AQSh tomonidan 1946-yil iyulida „Chorrahalar“ operatsiyasi chog‘ida ishlatilgan. 1946—1958-yillarda Marshall orollarida jami 67 ta sinov amalga oshirildi. Ayni paytda faoliyat yuritmaydi, ammo 1946-yilda evakuatsiya qilingan aholi radiatsiyaning yuqori darajasi tufayli atollga qaytib bora olmaydi.
1895-yilda rentgen nurlsari ochilgandan soʻng, roentgen trupkasini tayyorlovchilar rentgen nurlari qoʻlni kuydirishini aniqlaganlar. 1896- yilda radioaktivlik hodisasini ochgan A.Bekkerel koʻkrak choʻntagida radiy solingan ampulani olib yurib, koʻkragining kuyganini koʻradi.
Yadroviy nurlanishlar kishi organizmidagi tirik toʻqimalarga tushganda toʻqimalar atomlari, molekulalari bilan oʻzaro taʼsirlashib Kompton effekti, tormozlanish nurlanishi, fotoeffekt va boshqa effektlarni hosil qiladi. Bunday effektlar natijasida sogʻlom toʻqimalar atomlari ionlashadi, atomlar uygʻongan holatga keladi. To‟qimalar atomlarining ionlashishidan toʻqimalarda faoliyat buzulishlari oʻzgarishlar, yemirilishlar sodir boʻladi.
Bu taʼsirlar insonning turli organlariga turlicha taʼsir korsatadi .
Himayalanishda eng birinchi navbatda radioaktiv fon hududlaridan uzoqlashish koʻzda tutiladi.
Gamma va rentgen nurlanishlardan himoyalanishda bu nurlarni kuchli yutadigan zichligi katta boʻlgan chugun, poʻlat, qoʻrgʻoshin, baritoviy gʻisht, qoʻrgʻoshin shisha kabi materiallardan yasalgan toʻsiqlar ishlatiladi. Neytronlardan himoyalanishda esa suv, beton kabi atom nomeri kichik boʻlgan moddalardan foydalaniladi.
Har bir odam uchun yillik radiatsiyani qabul qilish chegarasi belgilangan. Hozirgi maʼlumotlarga koʻra radioaktiv moddalar bilan shugʻullanuvchi odamlar uchun bu qiymat 20 millizivertni tashkil qiladi.
Oddiy insonlar uchun yaʼni radioaktiv moddalar bilan shugʻullanmaydigan odamlar uchun esa bu koʻrsatkich oʻz hududidan kelib chiqib baholanadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Teshaboyev Q.T."Yadro va elementar zarralar fizikasi" Toshkent《O'qituvchi》1982
- Bekjonov R.B."Elementar yadro fizikasi" Toshkent 《O'qituvchi》1982