Rashid Qodirov
Rashidjon Hamidovich Qodirov | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori | |
Mansab davri 18-fevral 2000-yil – 21-aprel 2015-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Oʻtkir Sultonov Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Usmon Xudoyqulov |
Vorisi | Ixtiyor Abdullayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
24-fevral 1952-yil Izboskan tumani, Andijon, OʻzSSR |
Qodirov Rashid Hamidovich (24-fevral, 1952-yil, Izboskan tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR) — Oʻzbekistonning sobiq Bosh prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining aʼzosi[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1975-yilda Toshkent universitetining yuridik fakultetini bitirgan.
1975-yildan O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasida ish boshladi.
1976—1980-yillarda Andijon viloyati prokuraturasida tergovchi, katta tergovchi boʻlib ishlagan.
Milliy xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimidagi xizmat faoliyatini tugatib, 1993-yil 28-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
1980-yildan 1991-yilgacha OʻzSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi tergov boʻlimi tergovchisidan qoʻmita tergov bosh boshqarmasi boshligʻigacha boʻlgan lavozimlarda ishlagan.
1991—1994-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari boʻlgan
1994-yilda Oʻzbekiston bosh prokurorining oʻrinbosari etib tayinlangan.
2000-yil 22-fevralda Bosh prokuror etib tayinlandi. Ushbu lavozimda yangi muddatga ikki marta tasdiqlangan: 2005-yil mart oyida va 2010-yil may oyida.
2015-yil 21-aprelda Qodirov Bosh prokuror lavozimidan ozod etildi[2].
2018-yil 23-fevralda taʼmagirlik, mansab vakolatlarini suisteʼmol qilish, poraxoʻrlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, hibsga olingan[3].
Terrorizmga qarshi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1999—2005-yillarda Qodirov Oʻzbekistonda terrorizm toʻlqiniga qarshi kurashda asosiy shaxslardan biri boʻlgan[4]. Qodirov teraktlar boʻyicha barcha tergov boʻlimlariga rahbarlik qilgan va mamlakat maxsus xizmatlari tomonidan terrorizmga qarshi profilaktika tadbirlarini oʻtkazish dasturini ishlab chiqqan va shakllantirgan. Shu bilan birga, u 2004-yil fevral oyi oʻrtalarida sodir boʻlgan qator teraktlarda terrorchilarning nishonlaridan biri boʻlgan. Tergov komissiyasi rahbari sifatida Qodirov teraktlar ortida „Al-Qoida“ jangarilari turganini aniqladi va bu maʼlumotni ommaga oshkor qildi. Qodirovning brifinglaridan birida terrorchilar, xususan, Turkiston Islomiy Harakati aʼzolari Pokistondagi jangarilarni tayyorlash lagerlarida arab instruktorlari tomonidan tayyorgarlikdan oʻtgani taʼkidlangan[5].
2004-yil 30-iyul juma kuni Isroil va Amerika elchixonalari hamda Oʻzbekiston bosh prokurori idorasiga qaratilgan xudkushlik hujumidan soʻng Qodirov AQSh, Isroil va (Germaniya) ekspertlari bilan ishlagan. Uning rahbarligidagi guruh terrorchilar portlovchi moddalarni faqat Checheniston va Afgʻonistondagi terrorchilar lagerlarida tayyorgarlikdan oʻtganlar yasashlari mumkin boʻlganini aniqladi. Bir qator ekspertlarning fikricha, terror to‘lqinining to‘xtashiga aynan Qodirov boshchiligidagi tergovchilarning harakatlari sabab bo‘lgan.
Hibsga olish va tergov
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil 20-aprelda Qodirov Bosh prokuror lavozimidan ozod etilgan edi. Uning o‘rniga respublika prezidentining davlat maslahatchisi Ixtiyor Abdullayev tayinlandi. Qodirovning toʻsatdan isteʼfoga chiqishiga uning avvalroq Oʻzbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimovani iqtisodiy jinoyatlarda ayblagani sabab boʻlgan. 2015-yil may oyidan buyon Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalaridan biri bo‘lgan. U 2018-yil 22-fevralda hibsga olingan. Prokuratura uning hibsga olinganini OAVdan yashirishga urindi: O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Vohid Sharopov 23-fevral kuni „Ozodlik“ muxbiri bilan suhbatda „Qodirov hibsga olinmagan va unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmayapti“, dedi. Bosh prokuratura Qodirovni 24-fevralgacha hibsga olinganini ommaviy axborot vositalaridan yashirdi. Hibsga olinganidan ikki kun oʻtib Bosh prokuratura matbuot-relizi eʼlon qildi va „Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan sobiq Bosh prokuror R. H. Qodirovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida maʼlum qilindi.
Sud va qiynoqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil 7-yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida Qodirov ustidan mahkama jarayoni yopiq eshiklar ortida boshlandi. Qodirovga nisbatan Jinoyat kodeksining 12 moddasi, jumladan, firibgarlik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan[6].
Qodirovga yaqin manbalardan olingan ishonchli xabarlarga ko‘ra, 2018-yil 21-fevral kuni hibsga olinganidan buyon u ruhiy zo‘ravonlik, o‘lim bilan tahdid qilish, uyquni to‘xtatish va qarindoshlariga nisbatan o‘zini ayblashga majburlash uchun tahdidlarga uchragan. Manbalar 2018-yilda 10 oy davom etgan jinoiy tergov jarayonida 40 dan ortiq shaxs, jumladan, Qodirovning yaqinlari ko‘rsatma berish uchun chaqirilgani va ularning baʼzilari huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan hibsga olingani, kaltaklangani va boshqa shafqatsiz munosabatga uchragani haqida xabar beradi. Barcha guvohlar ozod qilindi. 2018-yil avgust oyida tergov hibsxonasidan ozod etilgan uch nafar sudlanuvchi uy qamog‘ida qoldi. Qodirov va 2018-yil fevralidan beri tergov hibsxonasida saqlanayotgan qolgan to‘qqiz nafar sudlanuvchi qiynoqlar va boshqa shafqatsiz munosabatda bo‘lish xavfi ostida[7].
8-aprel kuni Amnistiya tashkiloti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga „[Rashidjon Qodirov] va uning 12 nafar sudlanuvchisini qiynoqlar va boshqa shafqatsiz muomalalardan himoya qilish hamda ularga zarur va yetarli tibbiy yordamdan tez foydalanish imkoniyatini taʼminlashga undagan maktubni tarqatdi[8][9].
2019-yil 26-iyun kuni sud tomonidan pora berishga dalolat qilish, firibgarlik, soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi, hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi bir qator ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi. Unga nisbatan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va ish haqi minimumining 500 baravari miqdorida (101,365,000 soʻm) jarima jazosi tayinlandi. Barcha davlat mukofotlari va unvonlaridan mahrum qilindi[10].
2022-yil 29-dekabrda shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan[11].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1988-yil 15-mayda Afg‘oniston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan „Minnatdor afg‘on xalqidan jangchi-internatsionalistga“ medali bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 26-avgustdagi Farmoni bilan „Jasorat“ medali bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-avgustdagi farmoni bilan II darajali „Shon-Sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan[12].
Milliy xavfsizlik xizmati raisining 2006-yil 10-avgustdagi buyrug‘i bilan „MXXda 25 yil fidokorona xizmati uchun“ ordeni bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 29-avgustdagi farmoni bilan „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan[13].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-fevraldagi farmoni bilan „Mehnat Shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan.
2011-yil 3-mayda Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokurori Zakir Garalovning buyrug‘i bilan „Ozarbayjon Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi“ ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
2011-yil 25-noyabrda Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori Yuriy Chaykaning buyrugʻi bilan Rossiya Federatsiyasi prokuraturasining „Rossiya prokuraturasiga 290 yil“ medali bilan taqdirlangan.
2013-yil 4-martda Belarus Respublikasi Bosh prokuraturasining buyrugʻi bilan „Belarus Respublikasi prokuraturasining 90 yilligi“ yubiley medali bilan mukofotlangan.
2019-yil 26-iyun kuni Toshkent shahar Yunusobod tuman sudining hal qiluv qarori bilan barcha davlat mukofotlaridan mahrum boʻlgan[14].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi — Hamid Qodirov, Andijon universiteti professori boʻlgan.
Qaynotasi — Bektosh Rahimov, OʻzSSR davlat arbobi boʻlgan.
Oʻgʻli — Alisher Qodirov, tadbirkor. 2018-yilda firibgarlikda ayblanib, qidiruvga berilgan.
Kuyovi — Nodir Toʻraqulov, Surxondaryo viloyati milliy xavfsizlik xizmati boshqarmasi boshligʻi boʻlgan. 2018-yilda poraxoʻrlikda ayblanib, 16 yilga qamalgan[15].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Biografiya na Tsentraziya.ru, 2016-04-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-04-12
- ↑ „Узбекистан: Генеральный прокурор Рашид Кадыров лишился своего поста“. 2020-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-iyun.
- ↑ Alisher Xodiev Ispaniyada qoʻlga olindi. Endi Rashid Qodirovning oʻgʻli qidirilmoqda
- ↑ Jihadist organizations in Central Asia. Part of a new documentary.
- ↑ „Теракты и беспорядки в Узбекистане в 1999—2005 гг. Справка“. 2018-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-iyun.
- ↑ Zastavna. „Uzbekistan: Concern over Reports of Torture of Rashitjon Kadirov and Co-Defendants“. IPHR (2019-yil 2-may). Qaraldi: 2019-yil 16-iyun.
- ↑ „Uzbekistan: Concern over Reports of Torture of Rashitjon Kadirov“. International Partnership for Human Rights.
- ↑ „FORMER PROSECUTOR GENERAL RISKS TORTURE“. Amnesty International.
- ↑ „Former Uzbek Prosecutor-General at Risk of Torture While on Trial, Amnesty Says“. Radio Free Europe/Radio Liberty.
- ↑ Sud Qodirovga hukm eʼlon qildi
- ↑ Rashid Qodirov qachon va qay shaklda ozod qilingani maʼlum bo‘ldi
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 28 avgust 2003 года № УП-3301 «О награждении в связи с двенадцатой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников правоохранительных органов, Комитета по охране Государственной границы, министерств обороны и по чрезвычайным ситуациям
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 29 avgust 2006 года № УП-3795 «О награждении в связи с 15-й годовщиной независимости Республики Узбекистан группы сотрудников правоохранительных органов, министерств обороны и по чрезвычайным ситуациям
- ↑ „Верховный суд Республики Узбекистан -“. oliysud.uz. 2019-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
- ↑ https://upl.uz/misli/6949-news.html
- 24-fevralda tugʻilganlar
- 1952-yilda tugʻilganlar
- Andijonda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Shon-sharaf ordeni sohiblari
- Jasorat medali sohiblari
- Oʻzbekiston huquqshunoslari
- Oʻzbekiston bosh prokurorlari
- Oʻzbekiston jinoyatchilari