Kontent qismiga oʻtish

Rayhoniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Rayhoniyxattotlik uslubi; arab yozuvidagi xat uslublaridan biri. Muhaqqaq xati asosida yaratilgan, ixtirochisi Ibn Bavvob va Ibn Muklaʼ. Xat goʻzalligi va nozikligi tufayli rayhon nomi bilan R. deb ataladi. Suls xatiga qaraganda R. da aylanma shaklli harflar yotiqroq, "vov", "mim" harflari choʻziqroq yoziladi va harflar oxiridagi qayrilmalar boʻlmaydi. Bu xat kitob sahifalari bezagida, 1415-asrlarda kitob xotimalarini yozishda ishlatilgan. Jamoliddin Yoqut, Jaʼfar Boysunquriy, Boysunqur Mirzo ushbu xat ustasidir.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil