Kontent qismiga oʻtish

Radon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rndan yoʻnaltirildi)
86
Радон
Rn
(222)
4f145d106s26p6

Radon (radonum), Rn — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy radioaktiv element. Tartib raqami 86. Inert gazlar jumlasiga kiradi. Eng barqaror izotopining massa soni 222. Radiy (226Ra)ning a — yemirilishida 222Rn (T1/2=3,823 kun) hosil boʻlgani sababli unga "Radon" nomi berilgan. Bu izotopni 1899-yilda nemis olimi Radon Dorn kashf qilgan. Hozirgi vaqtda Radonning 20 dan ortiq izotopi maʼlum. Radonning 3 ta izotopi (radon — Rn, toron — Tp va aktion — An) tabiiy 3 radioaktiv katordagi izotoplar jumlasiga kiradi. Ular havoda, suvda va tuprokda uchraydi. Normal sharoitda 1m³ havoda 7106 Radon boʻladi.

Radon normal sharoitda rangeiz, hidsiz va taʼmsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi — 71°, kaynash temperaturasi —62°, zichligi 9,9 kg/m³. Radon radioaktivligi jihatidan juda xavfli zaharli moddalar jumlasiga kiradi. Radon radiy tuzlaridan olinadi. U xuddi ksenon kabi baʼzi moddalar bilan molekulyar birikmalar hosil qiladi.

Radon ilmiy tadqiqotlarda va tibbiyotda (Radonli vannalar) ishlatiladi (qarang Alfaterapiya). Metall sirtlarining notekisligini aniqlashda, radioaktiv elementlarni topishda qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil