Robiya Bobojonova
Robiya Bobojonova (ruscha : Робия Бабаджанова) - tibbiyot fanlar nomzodi, dotsent.
Bobojonova Robiya Робия Бабаджанова | |
---|---|
Tavalludi |
27-may 1955-yil Urganch, Toshkent |
Istiqomat joylari | Urganch, Toshkent |
Fuqaroligi | O'zbekiston |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | tibbiyot |
Ish joylari |
Urganch Davlat universiteti, Xorazm viloyati „Olima ayollar“ nodavlat-notijorat tashkiloti, Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot kolleji |
Institutlar |
Toshkent tibbiyot instituti, Urganch Davlat universiteti, |
Ilmiy unvoni | tibbiyot fanlar nomzodi, dotsent |
Mukofotlari | „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi“ koʻkrak nishoni |
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Robiya Bobojonova 1955-yilning 27-mayida Urganch shahrida tavallud topgan. 1978-yilda Toshkent tibbiyot institutining sanitariya-gigiyena fakultetini tamomlagan.[1]
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Robiya Bobojonova 1978-yldan oʻz mexnat faoliyatini Urganch shahridagi sanepidemstansiyaning shifokorligidan boshlagan.
1979-198-yillarda pedagogika institutida fuqarolar mudofaasi va tibbiy tayyorgarlik kursi rahbari, Xorazm viloyati sanepidemstantsiya laboratoriyasining shifokori, Urganch shahri Sogʻliqni saqlash boʻlimining shifokor-inspektori, 1986—1991-yillarda Urganch shahri, Xorazm viloyati hokimiyatlarida mas’ul lavozimlarda ishladi.
1991-yildan esa Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida umumiy va tibbiy psixologiya kursining mudiri, marketing xizmati boʻlimining boshligʻi, umumiy gigiyena kafedrasi dotsenti, „Ichki nazorat va monitoring“ boʻlimi boshligʻi vazifalarida faoliyat koʻrsatadi.[1]
2004-yildan Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot kollejida „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ning bajarilishini oʻrganish komissiyasi raisi, Urganch Davlat universitetida „Taʼlim haqida“, „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ qonunlarining amalda tadbiq etilishini tahlil etuvchi komissiya raisi vazifalarini ham bajargan.[1]
Olima Xorazm viloyati „Olima ayollar“ nodavlat-notijorat tashkilotida „Salomatlik sektori“ boshligʻi, filialda ilmiy kengash, markaziy-uslubiy hay’atning davolash fakulteti kengashining, shuningdek, xotin-qizlar kengashining aʼzosidir.
Robiya Bobojonova hozirda Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filiali[2] „Ichki nazorat va monitoring“ boʻlimi boshligʻidir.[1]
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Robiya Qurbonovna 2002-yilda gigiyena mutaxassisligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlab, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi.
Bugungi kunga keli olima 17 ta ilmiy maqola, 3 ta uslubiy qoʻllanma muallifi. Olima 2005-yilda oʻzi rahbarlik qilayotgan boʻlim faoliyati bilan bogʻliq katta hajmdagi uslubiy qoʻllanma tayyorlab, oʻquv-tarbiya jarayoniga tatbiq etadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „akademiklar.uz/bobojonova-robiya haqida“.
- ↑ „https://www.urgfiltma.uz/biz-haqimizda/reyting“.[sayt ishlamaydi]