Kontent qismiga oʻtish

Ruslan Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ruslan Abdullayev 2023-yilda.jpg
Statistikasi
Asl ismi qozoqcha: Руслан Әнуарұлы Абдоллаев
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavalludi 19-iyul 2002-yil (2002-07-19) (22 yosh)
Qibray tumani, Toshkent viloyati
Havaskor faoliyati
Havaskorlik janglari 7
Havaskorlik gʻalabalari 7
Medallari va yutuqlari

[1]

Professional faoliyati
Janglari soni 7

Ruslan Abdullayev — birinchi yarim oʻrta vazn toifasida havaskor bokschi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Jahon chempioni (2023), Osiyo chempioni (2022), Oʻzbekiston chempioni (2021), havaskorlar oʻrtasidagi xalqaro va respublika turnirlarining koʻp karra gʻolibi.

Ruslan Abdullayev 2002-yilda tugʻilgan.

Havaskor faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019—2020-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019—2020-yillarda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga kira olmadi. Qozogʻistonga kelib, Qozogʻiston yoshlar terma jamoasiga kirishga urindi va hatto Janubiy Qozogʻiston viloyati tarkibida Qozogʻiston yoshlar chempionatida qatnashdi. Yarim finalda Sabirjan Akkalikovga(ingl.) yutqazdi) va yakunda Qozogʻiston yoshlar chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Qozogʻistonda COVID-19 pandemiyasi boshlanganda u ham COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalindi, musobaqalar uzoq muddatga toʻxtatildi. Bu esa Qozogʻistondagi navbatdagi respublika musobaqalarida ishtirok etishiga toʻsqinlik qildi va natijada u Oʻzbekistonga qaytib keldi[2].

2021—2022-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil dekabr oyida Oʻzbekiston chempioni boʻldi va Rufat Risqiyev kubogini qoʻlga kiritib, Oʻzbekistonning eng yaxshi bokschisi deb topildi[3].

2022-yil noyabr oyida Ammanda (Iordaniya) 63,5 kg vazn toifasida ilk bor Osiyo chempioni boʻldi. Musobaqaning finalida tajribali hindistonlik bokschi Shiv Thapani magʻlub etdi[4][5][6][7][8].

Boks boʻyicha 2023-yilgi jahon chempionati finalida debyut qilgan Ruslan Abdullaev (-63,5 kg) finalda moʻgʻulistonlik Chinzorig Batarsuxdan ustun keldi[9].

2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari

Ruslan Abdullayev 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalida meksikalik Migel Ramiresni 5:0 hisobida magʻlub etgan. Chorak finalda Kanada vakili Wyatt Sanfordga qarshi ringga chiqib, 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan va turnirni yakunlagan.

Unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Бир қатор спортчилар унвон ва орденлар билан тақдирланди“.
  2. „Выбивший Тольтаева с чемпионата Азии узбекистанский боксер хотел выступать за Казахстан“ (ruscha). Sports.kz (3-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
  3. „Руслан Абдуллаев стал обладателем Кубка Руфата Рискиева“ (ruscha). Yuz.uz (15-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
  4. „Мужская сборная Узбекистана по боксу завершила чемпионат Азии на первом месте“ (ruscha). Kun.uz (12-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
  5. „Казахстанец сразится с лучшим боксером Узбекистана на чемпионате Азии-2022“ (ruscha). Sports.kz (1-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
  6. „Казахстан понес первую потерю уже во втором бою ЧА-2022 по боксу“ (ruscha). Sports.kz (2-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
  7. „«Лучший поединок дня». Узбекистанский обидчик казахстанского боксера на ЧА-2022 вызвал восхищение эксперта“ (ruscha). Sports.kz (3-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
  8. „Желавший выступать за Казахстан узбекистанец вышел в финал ЧА-2022 по боксу“ (ruscha). Sports.kz (10-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.
  9. „Ўзбекистонлик боксчилар Тошкентдаги ЖЧни биринчи ўринда якунлади“.
  10. „Bahodir Jalolovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvoni berildi“. qalampir.uz. Qaraldi: 4-avgust 2024-yil.