Rustem Seitmemetov
Rustem Seitmemetov | |
---|---|
Rustem Abduramanovich Seitmemetov | |
Tavalludi |
28-mart 1973-yil Charxin, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi |
SSSR Ukraina |
Kasbi | Jamoat arbobi, oʻqituvchi, ishchi |
Turmush oʻrtogʻi | Zera Seitmemetova |
Bolalari | 2 |
Rustem Abduramanovich Seitmemetov (1973-yil 28-mart; Charxin, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — jamoat arbobi. Millati — qrim-tatar. Rossiya tomonidan ishgʻol qilingan Qrim hokimiyati tomonidan taʼqib qilingan[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Seitmemetov Rustem Abduramanovich 1973-yil 28-martda Samarqand viloyatining Charxin qishlogʻida tugʻilgan, I.Stalin buyrugʻi bilan amalga oshirilgan qrim-tatarlar deportatsiyasidan keyin ota-onasi Samarqandda yashagan[1].
1988-yilda Rustem Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanidagi 55-sonli oʻrta maktabni tamomlagan. 1991-yilda Samarqand shahar pedagogika institutiga oʻqishga kirib, uni 1997-yilda tamomlagan. Institutni tugatgandan soʻng, u ikki yil maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Undan soʻng biroz muddat Portugaliyada, „Sanitana“ keramik lavabolar ishlab chiqarish ustaxonasida ishlagan. 2006-yildan boshlab Rustem Seitmemetov Qrimda doimiy yashab, qurilishda ishchi boʻlib ishlagan[1].
Taʼqib
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil 11-mart kuni FSB xodimlari Baxchisaroy tumanida keng koʻlamli reydlar oʻtkazdi[2]. Seytumerovlar oilasida aka-uka Seytumer va Usmon Seytumerovlar[3] hamda ularning amakisi Rustem Seitmemetovlar uyi ham tintuv qilindi[4]. Qarindoshlarning barchasi bir kunda hibsga olingan. 12-mart kuni Simferopolning Kiyev tuman sudi Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan Hizb ut-Tahrir siyosiy tashkilotida ishtirok etganlikda gumon qilinganligi sababli ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.5-moddaning 2-qismi „Terroristik tashkilot faoliyatida ishtirok etish“)[5]. Faollarni 20 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda[6].
Rustem Seitmemetovning rafiqasi advokatiga kvartirani tintuv qilish chogʻida FSB xodimlari u yerga kitob tashlab qoʻyishganini maʼlum qildi[7].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rustem Seitmemetov uylangan, oilali. Xotini- Zera; ikki voyaga yetmagan qizi – Bahiye va Beyan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Сейтмеметов Рустем“. Qaraldi: 2020-yil 19-may.
- ↑ „Оккупанты проводят массовые обыски в Бахчисарайском районе“ (en). Qaraldi: 2020-yil 19-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Уже почти 70 крымских татар с 2014 года в Крыму обвинили по террористическим статьям — Смедляев“ (ru). Qaraldi: 2020-yil 19-may.
- ↑ „Участие в террористической деятельности: оккупанты предъявили обвинения незаконно задержанным 11 марта крымским татарам“ (en). 2020-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-may.
- ↑ „В Крыму арестовали троих крымских татар, задержанных накануне по «делу Хизб ут-Тахрир»“ (ru). 20 листопада 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-may.
- ↑ „УК РФ Уголовный кодекс (УК РФ) | GARANT“. 14 travnya 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-may.
- ↑ „Силовики оккупантов подкинули книгу при обыске в доме задержанного Рустема Сейтмеметова“ (en). Qaraldi: 2020-yil 19-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Дети политзаключенных“. Qaraldi: 2020-yil 19-may.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Baxchisaroy uchinchi guruh. Hizb ut-Tahrir ishi // Qrim birdamligi