Ruth Handler
Ruth Handler | |
---|---|
Handler 1961-yilda | |
Tavalludi |
1916-yil 4-noyabr AQSH |
Vafoti |
2002-yil 27-aprel Los Anjeles, Kaliforniya |
Fuqaroligi | AQSh |
Bolalari | Barbara va Kenneth |
Otasi | Jacob Moskowicz |
Onasi | Ida Moskowicz |
Ruth Marianna Handler – (1916-yil 4-noyabr– 2002 -yil 27-aprel) amerikalik tadbirkor va ixtirochidir[1][2]. U 1959-yilda Barbie qoʻgʻirchoqini ixtiro qilgani bilan tanilgan. Turmush oʻrtogʻi Elliot bilan birgalikda oʻyinchoqlar ishlab chiqaruvchi Mattel kompaniyasiga asos solgan. 1945-yildan 1975-yilgacha kompaniyaning birinchi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Handler 1975-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Qimmatli qogʻozlar va birjalar boʻyicha komissiyasi kompaniyasi tomonidan moliyaviy hujjatlarni soxtalashtirishda ayblangach, Mattel kompaniyasidan isteʼfoga chiqdi. Handler 2023-yilda suratga olingan "Barbi"filmida yorqin tasvirlangan.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ruth Marianna Mosko 1916-yil 4-noyabrda Kolorado shtatining Denver shahrida polyak-yahudiy muhojiri Jakob Moskovich va Ida Moskovich oilasida tugʻilgan[3][4][1]. U oiladagi oʻn farzandning eng kichigi boʻlgan. U olti oylik paytida ota-onasi uni katta opasi Saraning tarbiyasiga topshirgan. Ruth 19 yoshgacha Sara bilan birga yashab, uning dorixonasida va gazli ichimlik doʻkonida ishlash orqali biznesga boʻlgan qiziqishi uygʻongan.
1932-yilda Ruth Izzy Handler ismli sanʼat fakulteti talabasini sevib qoladi.Denver universiteti talabasi boʻlgan Ruth ikkinchi kursning yozida Los-Anjelesga boradi va Paramount studioga ishga kiradi. Ruth va Izzy 1938-yilda Denverda turmush qurdilar.Kaliforniyaga qaytib, Ruth erini ikkinchi ismi-Elliot bilan mashhur boʻlishga undadi. Ruth Paramountga ishga qaytdi va Elliot yoritish moslamalari dizayneri sifatida ishga joylash’di.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mattel
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elliot mebelsozlik sohasiga qiziqib qoladi va ikki xil plastik:lutsit va pleksiglasdan mebel ishlab chiqarishga qaror qildi. Ruthning taklifi bilan ular mebel ishlab chiqarish biznesini boshladilar[5]. Unda Ruth savdo boʻyicha mas’ul boʻldi va Douglas Aircraft company kabi kompaniyalar bilan shartnomalar tuzdi.
Tadbirkor Harold Matson Handlerlar kompaniyasiga qoʻshildi va ular kompaniyaning nomini „Matson“ va „Elliot“ soʻzlarini birlashtirib, Mattel deb oʻzgartirdilar[6]. Elliot keyinchalik Ruthning ismini qanday qoʻshish kerakligini oʻylab topa olmaganliklarini aytgan. Ikkinchi jahon urushi davrida savdolar pasayganida, Mattel oʻyinchoqlar ishlab chiqarishga oʻtdi. Ushbu muvaffaqiyat kompaniyaning oʻyinchoqlar ishlab chiqarishga oʻtishiga turtki berdi.
Barbie
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qizi Barbara va doʻstlarining qogʻoz qoʻgʻirchoqlar bilan oʻynab, kattalar hayotini tasvirlovchi rollarni ijro etishlarini kuzatayotib, Ruth marketingda boʻshliq borligini payqadi. Oʻsha paytda mavjud boʻlgan qoʻgʻirchoqlar asosan chaqaloqlar va yosh bolalarni aks ettirardi; katta yoshdagi insonlarga oʻxshash qoʻgʻirchoqlar esa umuman yoʻq edi.1956-yilda Barbara va oʻgʻli Kenneth bilan Yevropaga sayohat qilayotganda, Ruth Bild Lilli ismli nemis qoʻgʻirchoqini koʻrdi. „Forever Barbie“ kitobining muallifi Meri Lord bilan boʻlgan intervyusida Handler ushbu qoʻgʻirchoqni Shveytsariyaning Luzern shahrida koʻrganini aytdi. Biroq, kitobda taʼkidlanishicha, Handler boshqa hollarda uni Syurix yoki Venada koʻrganini aytgan ekan. Katta hajmdagi qoʻgʻirchoq Ruthning tasavvuridagi narsaga mos keldi. U uchta qoʻgʻirchoq sotib oldi, bittasini qiziga berdi va qolgan ikkitasini Mattelga olib keldi. Lilli qoʻgʻirchogʻi Reinhard Beuthin tomonidan Bild gazetasi uchun chizilgan satirik komiksdagi mashhur qahramonga asoslangan. Lilli qoʻgʻirchogʻi birinchi marta 1955-yilda Germaniyada sotilgan va dastlab kattalarga sotilgan boʻlsa-da, uni alohida mavjud boʻlgan kiyimlarda kiyishni yoqtiradigan bolalar orasida ham mashhur boʻldi. [7]. AQShga qaytganidan soʻng, Handler qoʻgʻirchoqni mahalliy ixtirochi va dizayner Jack Ryan bilan birga qayta loyihaladi. U qoʻgʻirchoqqa qizi Barbara sharafiga Barbie deb nom berdi. Keyin Barbi Viskonsin shtatidagi Villouz shahridan ekanligini aytdi.1959-yil 9-martda Nyu-York shahridagi Amerika xalqaro oʻyinchoq yarmarkasida taqdim etilgan birinchi Barbie qoʻgʻirchoqi narxi 3 dollar boʻlib, tezda mashhur boʻlib ketdi. Birinchi yilida 300,000 dona sotildi. Handlerlar va Mattel keyinchalik ishlab chiqarilgan qoʻgʻirchoqlar safiga Ken ismli qoʻgʻirchoqni qoʻshdilar. Bu ism Handlerlarning oʻgʻli Kenneth sharafiga berilgan. Nihoyat, 125 dan ortiq kasblarda tasvirlangan katta turdagi Barbie qoʻgʻirchoqlari chiqarildi va Barbie oʻzining koʻp qirraliligi va modasi bilan tanildi. Ishlovchilar oʻzlarining Barbie mahsulotlariga avtomobillar, sport anjomlari, kiyimlar va qoʻgʻirchoq mebellarini qoʻshdilar.
Keyingi yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Handlerga 1970-yilda koʻkrak bezi saratoni tashxisi qoʻyilgan. U oʻsha paytda bu kasallikka qarshi kurashish uchun koʻp qoʻllaniladigan modifikatsiyalangan radikal mastektomiya operatsiyasini oʻtkazgan. Sogʻligʻini yaxshilashga eʼtibor qaratish uchun u Matteldagi ishiga kamroq vaqt ajratadigan boʻldi. Oʻziga boʻlgan ishonchning yoʻqolishi uning rahbarlik qobiliyatiga taʼsir koʻrsatdi va u oʻz biznesini boshqarishni qoʻldan boy berdi. 1980-yilgi suhbatda u shunday degan: „Men Barbini yaratganimda, koʻkraklari boʻlgan qoʻgʻirchoq bilan oʻynash kichik qizning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish uchun muhim deb hisoblaganman. Endi men oʻz qadr-qimmatini yoʻqotgan ayollarga bu qadr-qimmatni qaytarish yanada muhimroq deb hisoblayman.“
Koʻkrak protezini topishda yuzaga kelgan qiyinchiliklar sababli, Handler oʻzi uni yaratishga qaror qildi. Yangi biznes hamkori Peyton Massey yordamida va oʻzining yangi tashkil etilgan Ruthton Corp. kompaniyasi doirasida, u ayollarning sogʻligʻidan qatʼi nazar, ularning oʻziga ishonchini oshirishga moʻljallangan „Nearly Me“ nomli ayol koʻkraklarining yanada tabiiyroq koʻrinishli protezlarini ishlab chiqardi. Bu ixtiro tez orada mashhur boʻlib ketdi; hatto birinchi xonim Betti Ford ham mastektomiyadan soʻng ushbu mahsulotdan foydalanildi. [8].
Handler xayriya va biznes faoliyati uchun turli mukofotlarga sazovor boʻlgan. U Los-Anjeles Tayms jurnali tomonidan biznesda yilning eng yaxshi ayoli deb topildi, Amerika oʻyinchoqlar ishlab chiqaruvchilari tomonidan Oʻyinchoqlar sanoati shon-shuhrat zaliga kiritildi, Amerika saraton jamiyatining koʻngilli muvaffaqiyat mukofotiga sazovor boʻldi va United Jewish Appeal tashkilotining birinchi taniqli ayoli boʻldi.
Ayblovlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bir qator soxta moliyaviy hisobotlar boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruvlardan soʻng, Handler 1975-yilda Matteldan isteʼfoga chiqdi. Tekshiruvlar davom etdi va u AQSh Qimmatli qogʻozlar va birjalar boʻyicha komissiyasi tomonidan firibgarlik va yolgʻon hisobot berish bilan ayblandi. U ayblovlarga qarshi chiqmadi va 57,000 dollar (2023-yilda 270,000 dollarga teng) jarimaga tortildi hamda 2,500 soat axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi. U kasalligi ishiga e`tiborsizlik qilishiga sabab bo`lganini ta`kidlagan.
Handler 2002-yil 27-aprelda Kaliforniyada yo‘g‘on ichak saratoni jarrohligi paytida kasalliklar asoratlaridan vafot etdi. U 85 yoshda edi.
Ommaviy madaniyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yilda suratga olingan Barbie filmida Handlerni aktrisa Rhea Perlman gavdalantirngan.Filmda keksa Handlerning ruhi Los-Anjelosdagi Mattel bosh qarorgohining 17-qavqtidagi bir xonada istiqomat qiladi.U filmning streotipik Barbisi(Margot Robbi) bilan uchrashadi.Keyinchalik,Barbiga maslahat berar ekan,Handler unga o`z ijodi va bu ijodning qizi Barbara bilan qanday bog`liqligi haqida so`zlab beradi.Shundan so`ng Barbi Barbara Handler ismini o`ziga nom qilib oladi.Film ommaviy axborot vositalarida Handler haqida keng muhokamalarni keltirib chiqaradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Altman, Julie „Ruth Mosko Handler“. Jewish Women's Archive (2009-yil 20-mart). Qaraldi: 2015-yil 7-yanvar.
- ↑ Castellitto, Linda M. „Scandal tainted long career of Barbie's creator“ (en). ABC News (2009-yil 22-fevral). Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „Collection: Papers of Ruth Handler, 1931-2002“. HOLLIS Archives. Harvard University Press. Qaraldi: 2015-yil 23-iyul.
- ↑ „Ruth Handler, Barbie Doll Invention“. Famous Women Inventors. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.
- ↑ „Who Made America?: Ruth Handler“. PBS. Qaraldi: 2014-yil 20-yanvar.
- ↑ Haynes, Ian „The brains behind Barbie: A look at the entrepreneurial journey of Ruth Handler“ (en-US). ASBN Small Business Network (2023-yil 15-avgust). Qaraldi: 2023-yil 4-dekabr.
- ↑ Javaid, Maham. „Barbie's 'pornographic' origin story, as told by historians - A new trailer for the Barbie movie shows her visiting the real world. In reality, the doll was based on a German sex toy called Lilli.“ (2023-yil 25-may). 2023-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-may.
- ↑ Pollock, Danny. „Barbie creator wanted doll to stand for women's choices“ (2002-yil 29-aprel), s. 9.