Sab’at abhur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sab’at abhur“ („Yetti dengiz“) - Alisher Navoiyga nisbat beriluvchi asarlardan biri. Asar arab tili lugʻatshunosligiga bagʻishlangan. „Sab’at abxur“ — „Yetti dengiz“ deb atalishiga sabab arab lugʻatshunosligiga mansub yetti kitob mazkur asar uchun manba boʻlganidir. Bu asarlar: 1) Javxariyning „Sahoh“ izohli lugʻati; 2) Sogʻoniyning „Takmila“ lugʻati; 3) Zamaxshariyning „Kashshof“ (Qur’on tafsiriga oid) asari; 4-5) Ibn Hojibning grammatikaga oid „Mufassal“ (ikkita muqaddim va sharhlari); 6) „Taroyib ul-hadis“ — hadis soʻzlariga tuzilgan lugʻatlar. 7) turli mualliflar, devon, risola va boshqa asarlarning sharhlari. Ular shartli ravishda „Zavoyid“ nomi bilan atalgan. „Sab’at abhur“ oʻz ichiga 8609 lugʻat maqolani kiritgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Hasanov B. Alisher Navoiyning „Sab’at abhur“ lugʻati. — T.: Fan, 1981-yil.
  • Yusupova D. „Oʻzbek mumtoz va milliy uygʻonish adabiyoti“ (Alisher Navoiy davri). „TAMADDUN“ — T.: 2016-yil.