Sahle-Work Zewde
Shaxsiy maʼlumotlari | |
---|---|
Tavalludi |
21-fevral 1950-yil Addis Abeba, Efiopiya |
Millati | efiopiyalik |
Siyosiy partiyasi | Independent partiyasi |
Taʼlim | Montpellier universiteti |
Sahle-Work Zewde (1950-yil 21-fevralda tugʻilgan) — efiopiyalik siyosatchi va diplomat, 2018-yildan beri Efiopiya prezidenti lavozimini egallagan birinchi ayol.U 2018-yil 25-oktabrda Federal Parlament Assambleyasi aʼzolari tomonidan bir ovozdan prezident etib saylangan[1].
Amerikaning biznes jurnali Forbes oʻzining "Forbes dunyoning 100 ta eng kuchli ayoli roʻyxati" yillik nashrida Sahle-Workni 96-oʻringa qoʻydi va bu roʻyxatda Sahle-Work eng yuqori oʻrindagi afrikalik ayol hisoblanadi[2].
Yoshligi va dastlabki taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sahle-Work Addis-Abebada tugʻilgan[3].U Addis-Abebadagi Guebre-Mariam litseyida boshlangʻich va oʻrta taʼlimni olgan, soʻngra Fransiyaning Monpelye Universitetida tabiiy fanlarni oʻrgangan[4][5].U amxar,fransuz va ingliz tillarini yaxshi biladi[6].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Diplomatik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sahle-Work Efiopiya tarixida elchi etib tayinlangan ikkinchi ayol edi (elchi Yodit Emiru elchi lavozimini egallagan birinchi ayol edi).U kommunistik Efiopiya Xalq Demokratik Respublikasining ham, fuqarolar urushidan keyingi Efiopiya o‘tish davri hukumatining ham elchisi bo‘lib ishlagan[7][8].Sahle-Work 1989-yildan 1993-yilgacha Mali, Kabo-Verde, Gvineya-Bisau, Gambiya,Gvineya va Senegalda elchi boʻlib ishlagan[9][10].1993-yildan 2002-yilgacha u Jibutidagi elchi va Taraqqiyot boʻyicha hukumatlararo organda (IGAD) doimiy vakil sifatida faoliyat olib borgan[11].Keyinchalik u Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO)da doimiy vakil boʻlib ishlagan[12].Shundan soʻng Sahle-Work boshqa yuqori darajadagi lavozimlarni egallagan, jumladan Efiopiyaning Afrika Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afrika Iqtisodiy Komissiyasi (ECA)dagi doimiy vakili va Efiopiya Tashqi ishlar vazirligida Afrika ishlari boʻyicha Bosh direktori[13].
Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilgacha Sahle-Work Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Munning maxsus vakili va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Afrika Respublikasida tinchlikni oʻrnatish boʻyicha integratsiyalashgan idorasi (BINUCA) rahbari lavozimlarida ishlagan[14].
2011-yilda Pan Gi Mun Sahle-Workni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nayrobidagi bo‘limi (UNON) bosh direktori etib tayinladi[15].2018-yil iyun oyida BMT Bosh kotib Antoniu Guterrish Sahle-Workni Afrika Ittifoqidagi maxsus vakili va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afrika Ittifoqidagi (UNOAU) boʻlimi rahbari etib tayinladi[16].U bu lavozimni egallagan birinchi ayol edi[17].
Efiopiya Prezidenti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sahle-Work 2018-yil 25-oktabrda Efiopiya prezidenti etib tayinlandi[18].U noaniq sharoitlarda isteʼfoga chiqqan Mulatu Teshome oʻrnini egalladi.Sahle-Workning saylanishi uni Efiopiyaning imperator Zevditudan keyingi birinchi ayol davlat rahbariga aylantirdi. 2021-yil holatiga koʻra, u Tanzaniya Davlat rahbari Samiya Suluxu bilan birga[19] Afrikada xizmat qilayotgan ikki ayol davlat rahbarlaridan biridir.
2020-yil 25-mart kuni Sahle-Work Twitter ijtimoiy sahifasida Efiopiyada COVID-19 pandemiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida 4000 dan ortiq mahbuslarni afv etganini eʼlon qildi[20].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Saylangan va tayinlangan ayol davlat va hukumat rahbarlari roʻyxati
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ethiopia gets first female president“. BBC (2018-yil 25-oktyabr). 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-oktyabr.
- ↑ „The World's 100 Most Powerful Women“. Forbes. Qaraldi: 2020-yil 24-dekabr.
- ↑ Gebreselassie. „Who is Sahle-Work Zewde, Ethiopia's first female president?“. Al Jazeera (2018-yil 27-oktyabr). 2018-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Sahle-Work Zewde poised to be Ethiopia's first female president“. borkena.com (2018-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Ethiopia appoints career diplomat Sahle-Work Zewde as Africa's only female president“. The Daily Telegraph. 2020-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Sahle-Work Zewde named Ethiopia's first woman president“. Al Jazeera (2018-yil 25-oktyabr). 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Celebrating Ethiopian Women: Ambassador Sahle-work Zewde“. Ministry of Foreign Affairs (Ethiopia) (2018-yil 22-mart). 2018-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-oktyabr.
- ↑ Haslach, Patricia. „Remarks by U.S. Ambassador to Ethiopia Patricia M. Haslach at the Opening of the Second Annual Career Day on Women in Diplomacy“. Embassy of the United States in Ethiopia (2015-yil 18-mart). 2018-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-oktyabr.
- ↑ Schemm, Paul. „Ethiopia appoints first female president in its modern history in latest reform“. The Washington Post (2018-yil 25-oktyabr). 2018-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Celebrating Ethiopian Women: Ambassador Sahle-work Zewde“. Ministry of Foreign Affairs (Ethiopia) (2018-yil 22-mart). 2018-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-oktyabr.„Celebrating Ethiopian Women: Ambassador Sahle-work Zewde“. Ministry of Foreign Affairs (Ethiopia). 22 March 2018. Archived from the original on 26 October 2018. Retrieved 29 October 2018.
- ↑ „News Alert: Ambassador Sahlework Zewde to become Ethiopia's president“. Addis Standard (2018-yil 24-oktyabr). 2018-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Ms. Sahle-Work Zewde of Ethiopia – Special Representative to the African Union and Head of the United Nations Office to the African Union (UNOAU)“. United Nations (2018-yil 27-iyun). 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Ms. Sahle-Work Zewde of Ethiopia – Special Representative to the African Union and Head of the United Nations Office to the African Union (UNOAU)“. United Nations (2018-yil 27-iyun). 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.„Ms. Sahle-Work Zewde of Ethiopia — Special Representative to the African Union and Head of the United Nations Office to the African Union (UNOAU)“. United Nations. 27 June 2018. Archived from the original on 25 October 2018. Retrieved 26 October 2018.
- ↑ Tchounand, Ristel. „Sahle-Work Zewde devient la première femme chef d'Etat de l'Ethiopie“ (fr-FR). La Tribune (2018-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.
- ↑ Dahir. „Ethiopia elects female president Sahle-Work Zewde“. Quartz (2018-yil 25-oktyabr). 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Ms. Sahle-Work Zewde of Ethiopia – Special Representative to the African Union and Head of the United Nations Office to the African Union (UNOAU)“. United Nations (2018-yil 27-iyun). 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.„Ms. Sahle-Work Zewde of Ethiopia — Special Representative to the African Union and Head of the United Nations Office to the African Union (UNOAU)“. United Nations. 27 June 2018. Archived from the original on 25 October 2018. Retrieved 26 October 2018.
- ↑ Dahir. „Ethiopia elects female president Sahle-Work Zewde“. Quartz (2018-yil 25-oktyabr). 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.Dahir, Abdi Latif (25 October 2018). „Ethiopia elects female president Sahle-Work Zewde“. Quartz. Archived from the original on 25 October 2018. Retrieved 26 October 2018.
- ↑ „Sahle-Work Zewde Becomes First Ethiopian Woman President“. Al Bawaba (2018-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 27-mart.
- ↑ „Sahle-Work Zewde named Ethiopia's first woman president“. Al Jazeera (2018-yil 25-oktyabr). 2018-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.„Sahle-Work Zewde named Ethiopiaʼs first woman president“. Al Jazeera. 25 October 2018. Archived from the original on 25 October 2018. Retrieved 26 October 2018.
- ↑ Adebayo. „Ethiopia pardons more than 4,000 prisoners to help prevent coronavirus spread“. CNN (2020-yil 26-mart). Qaraldi: 2020-yil 6-may.