Kontent qismiga oʻtish

Sakae (Nagano)

Koordinatalari: 36°59′15.0″N 138°34′37.4″E / 36.987500°N 138.577056°E / 36.987500; 138.577056
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sakae

栄村
Qishloq
Skyline of Sakae
Sakae
Bayroq
Sakae
Gerb
36°59′15.0″N 138°34′37.4″E / 36.987500°N 138.577056°E / 36.987500; 138.577056
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Chubu viloyati
Asos solingan 1-aprel 1889-yil
Maydon 271.66 km2 (104.89 kv mi)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil aprel)
1 828
Zichligi 6.7 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0269-87-3111
Sakae xaritada
Sakae
Sakae
Sakae shahridagi Akiyama qishlogʻi

Sakae (yaponcha: 栄村 Sakae-mura?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra qishloqda 817 ta xonadonda 1828 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 6,7 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 271,66 kvadrat kilometr (104,89 mi²) ni tashkil etadi.

Sakae uzoq shimoli-sharqiy Nagano prefekturasining togʻli qismida joylashgan boʻlib, sharqda Gunma prefekturasi va shimolda Niigata prefekturasi bilan chegaradosh. Qishloq qishi qattiq boʻlgan, qor juda kuchli yogʻadigan hududda joylashgan. Chikuma daryosi qishloqning shimoliy qismidan gʻarbdan sharqqa tomon oqib oʻtadi. Naeba togʻi (2145 metr) qishloqning Niigata prefekturasi bilan chegarasida oʻrnashgan.

Qishloqning shimoliy qismi orqali JR Iiyama liniyasi Chikuma daryosi vodiysi boʻylab oʻtadi. Qishloqning janubiy qismi tarkibiga chekka Akiyama-go hududi kiradi.

Atrofdagi munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq nam kontinental iqlimga ega boʻlib, yozi issiq va nam, qishi esa juda kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi (Köppen iqlim tasnifi Dfb). Sakae shahrida oʻrtacha yillik harorat 8,2 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1579 mm boʻlib, eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 21,6 °C, eng past harorati esa yanvarda, −4,1 °C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Sakae aholisi soni soʻnggi 80 yil ichida 80 foizdan koʻproqqa kamaygan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19408,374—    
19507,067−15.6%
19606,361−10.0%
19704,449−30.1%
19803,502−21.3%
19903,053−12.8%
20002,638−13.6%
20102,215−16.0%
20201,66−25.1%

Hozirgi Sakae hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Shimominochi tumanidagi Minochi qishlogʻi va Shimotakai tumanidagi Sakai 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. Ikki qishloq 1956-yil 30-sentabrda birlashib, Sakae shaharchasini tashkil etgan.

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sakae qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi hamdaa bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.

Koinotga aloqadorligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kichik sayyora qishloq nomi bilan atalgan — 22885 Sakaemura

Magistral yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Milliy yoʻnalish 117
  • Milliy yoʻnalish 405
Sakae-mura — Sakae qishlogʻining tabiat manzaralari