Shimosuva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shimosuwa

下諏訪町
Shaharcha
Skyline of Shimosuwa
Shimosuwa
Bayroq
Shimosuwa
Gerb
36°4′10.4″N 138°4′48.7″E / 36.069556°N 138.080194°E / 36.069556; 138.080194 G OKoordinatalari: 36°4′10.4″N 138°4′48.7″E / 36.069556°N 138.080194°E / 36.069556; 138.080194 G O
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Chubu viloyati
Asos solingan 1889-yil 1-aprel
Maydon 66.87 km2 (25.82 mi²)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (April 2019)
20 055
Zichligi 300 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0266-27-1111
Shimosuwa xaritada
Shimosuwa
Shimosuwa
Shimosuva shahridan Suva koʻli

Shimosuva (yaponcha: 下諏訪町 Shimosuva-machi?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharchada 8864 xonadonda 20055 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 300 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 66,87 kvadrat kilometr (25,82 mi²) ga teng.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimosuva Nagano prefekturasining markazida, prefektura poytaxti Nagano shahridan taxminan 50 kilometr va Tokiodan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan. Shahar janubdan Suva koʻli bilan chegaralangan. Shahar markazi dengiz sathidan 760 metr balandlikda barpo etilgan va hududining 82 % oʻrmonlardan iborat.

Atrofdagi munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflangan nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfb). Shimosuvada oʻrtacha yillik harorat 7,3 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1540 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 20,2 °C, eng past harorati esa yanvarda, −5,1 °C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Shimosuva aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida oz, ammo tez sur’atlar bilan kamayib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
194017,619—    
195018,798+6.7%
196022,602+20.2%
197026,932+19.2%
198026,574−1.3%
199025,519−4.0%
200023,93−6.2%
201021,504−10.1%
202019,155−10.9%

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi Shimosuva hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlib, Tokugava syogunati ostidagi Suva domeni boʻlagi sifatida boshqarilgan. Edo davrida Shimosuva-shuku Edoni Kioto bilan bogʻlaydigan 59 stansiyali Nakasendo avtomagistralidagi 29-bekati va Koshu Kaidodagi post stansiyasi sifatida rivojlangan.

Shimosuva qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan va 1893-yil 30-iyunda shaharcha maqomiga koʻtarilgan.

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimosuvada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat boshlangʻich maktabi va ikkita davlat oʻrta maktabi mavjud hamda Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta yuqori maktab faoliyat yuritadi.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Magistral yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Milliy yoʻnalish 20
  • Milliy yoʻnalish 142

Xalqaro munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimosuva — mashhur Suva-taisha yoki Buyuk Suva ibodatxonasini tashkil etuvchi ikkita ziyoratgohning joylashuv maskanidir. Harumiya va Akimiya ziyoratgohlari har olti yilda Onbashira festivalida ramziy ravishda yangilanadi. Shinto marosimida ulkan daraxtlar kesiladi, keyin togʻlardan ziyoratgohlarga qadar xodalar terib chiqiladi.

Shimosuva, shuningdek, bir nechta onsen yoki tabiiy issiq buloq kurortlarining asosiy manzilgohi hamdir.

Hoshigato obsidian koni maydoni, Jomon davriga oid boʻlin, Milliy tarixiy manzilgoh hisoblanadi. U Shimosuvada joylashgan, ammo jamoat joylari qurilmagan va u yerga kirish imkoniyati mavjud emas.

Shimosuvalik taniqli odamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimosuva shaharchasi manzaralari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shimosuwa Town official statistics(yaponcha)
  2. Shimosuwa climate data
  3. Shimosuwa population statistics
  4. „International Exchange“ (inglizcha). List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). 2017-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2015-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]