Sallama ummu Abdulloh
Sallama سلمة | |
---|---|
Ummu Abdulloh أم عبدالله | |
Tavalludi | |
Vafoti | Humayma |
Turmush oʻrtogʻi | Muhammad ibn Ali |
Bolalari | Abu Jaʼfar Abdulloh |
Qarindoshlari |
Abul Abbos Abdulloh (oʻgay oʻgʻli) Jaʼfar (nabirasi) Al-Mahdiy (nabirasi) |
Sallama Ummu Abdulloh (arabcha: سلمة أم عبد الله) Abbosiylar sulolasining asosiy ajdodi. Muhammad al-Imomning rafiqasi hamda Abbosiylar davlatiga Mansur nomi bilan xalifa boʻlgan Abdullohning onasi.
Sallama Muhammad ibn Alining xotini edi. Magʻriblik. Muhammadga 713/14-yilda turmushga chiqqan. Abbosiylarning ajdodi. Barcha Abbosiy xalifalar Sallamaning avlodlari, faqatgina as-Saffoh oʻgay oʻgʻli boʻlgan. Muhammadning qonuniy xotinimi yoki oddiy kanizagimi, bu bahsli masala. As-Suyutiyning Xalifalar tarixi kitobiga koʻra, Mansur hijriy 95—158-yillarda (milodiy 714—775-yil 6-oktyabr) yashagan[1]. Abdulloh 714-yilda (hijriy 95) Hijozdan hijrat qilingandan keyin Humaymadagi (hozirgi Iordaniya) Abbosiylar xonadonida dunyoga kelgan[2]. Mansurning onasi berber qul ekani haqida maʼlumotlar mavjud[3]. Sallama, ehtimol Umaviylarning Magʻribni zabt etishi paytida asirga olinib, keyinchalik Muhammad egalik qilgan boʻlishi mumkin.
Eri, Muhammad ibn Ali ibn Abdulloh[4] Ali ibn Abdulloh ibn Abbosning oʻgʻli, Abbos ibn Abdulmuttalibning katta nabirasi va Islom payg‘ambari Muhammadning amakisi edi. U Iordaniyadagi Humayma hududida tugʻilgan[5]. Dastlabki ikki Abbosiy xalifa: as-Saffoh va Mansurlarning otasi boʻlib, Abbosiylar sulolasining bevosita ajdodi edi[6][7][8].
Sallam 740-yillarda, erining vafotidan qisqa vaqt oʻtib, vafot etgan.
Avlodlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Al-Souyouti, Tarikh Al-Kholafa'a (The History of Caliphs)
- ↑ Hawting, G.R. „Al Mansur: Abbasid Caliph“. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 2018-yil 16-yanvar.
- ↑ Najībābādī, Akbar Shāh K̲h̲ān. History of Islam (Vol 2). Darussalam, 2001 — 287-bet. ISBN 9789960892887.
- ↑ Khallikân (Ibn), II, 593, quotes Al-Tabari, "Tarikh".
- ↑ „Humayma - Discover Islamic Art - Virtual Museum“.
- ↑ Hitti, "History of the Arabs", p.289.
- ↑ Khallikan (Ibn), "Wafayât al A'yân wa-Anbâ' Abnâ' al-Zamân", II, 592-4.
- ↑ Nadim (al-), ed, Dodge, B., "Al-Fihrist," pp. 222, 378, 1051.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Masʼudiy. The Meadows of Gold, The Abbasids. transl. Paul Lunde and Caroline Stone, Kegan Paul, London and New York, 1989.
- Suyutiy. History of the Caliphs.