Salmonellyozlar
Solmonella bakteriyalari | |
---|---|
Salmonella typhimurium | |
ichak bakteriyalari | |
KXK-10 | A02.0 |
MedlinePlus | 000294 |
Salmonellyoz — zooantroponoz, yaʼni ham hayvonlardan, ham odamlardan yuqadigan va koʻpincha gastroenterit simptomlari bilan, baʼzi hollarda esa tarqoq infeksiya belgilari bilan taʼriflanadigan oʻtkir yuqumli ichak kasalligidir.
Etiologiyasi[1]
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salmonellyozni qoʻzgʻatuvchi mikroblar salmonellalar avlodi va ichak bakteriyalari guruhiga mansubdir. Koʻrinishi tayoqchaga
oʻhshaydi. Xivchinlari bor, spora va kapsula hosil qilmaydi. Hamma ozuqa muhitlarida koʻpayaveradi. Salmonellalar fakultativ anaerobdir, ular parchalanganda endotoksin ajralib chiqadi. Endotoksinning termostabil O-antigeni, termolabil H-antigeni va kapsulasiga mansub yuza joylashgan H-antigeni bor. Salmonellalar O-antigenining xiliga qarab bir necha serologik O guruhiga boʻlinadi. Har bir O guruhida H antigenining ichki tuzilishiga qarab bir-biridan farq qiladigan bir necha serovarlar mavjud. Salmonellalarning 2000 ga yaqin serologik xillari maʼlum boiib, ulardan 700 tadan ko‘prog‘i odamlarda uchraydi. Ularning quyidagilari tez-tez uchrab turadi: S. heidelberg, S. typhimurium, S. enteritidis, S. rapata, S. infantis, S. newport, S. agona, S. derby, S. london. Salmonellalar tashqi muhitda ancha chidamlidir: suvda 120 kun, go‘sht, kolbasa va shular kabi oziqalarda 2-4 oygacha, sutda 10 kungacha, saryog‘da 4 oygacha, pishloqda 1-yilgacha, tuproqda 18 oygacha tirik saqlana oladi. Ba’zi mahsulotlarda, masalan, go‘shtda ular tirik saqlanibgina qolm ay, balki k o‘payadi ham , bunda
mahsulotlarning tashqi koʻrinishi va mazasi oʻzgarmaydi. Tuzlash va dudlash ularga kam taʼsir qiladi.
Epidemiologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Infeksiyaning asosiy manbai — uy hayvonlari (qoramol, choʻchqa, ot, eshak, mushuk, it), parrandalari (tovuq, oʻrdak, g‘oz, kaptar), yowoyi hayvonlar (kemiruvchilar, tulkilar), baliqlar va boshqa hayvonlardir. Salmonellalar shu hayvonlarning suti, siydigi, axlati, soiagi bilan tashqariga chiqib, tuproq, yaylov yerlar, suv havzalari, o‘t-xashakka tushadi va bularni yuqumli qilib qoʻyadi. Salmonellalar bilan ifloslangan goʻsht va sut mahsulotlarini, baliq, tuxum va boshqa mahsulotlami isteʼmol qilish oqibatida kasallik odamlarga yuqadi. Salmonellyoz bilan ogʻrigan bemor va bakteriya tashib yuruvchi odam ham infeksiya manbai boʻlib hisoblanadi. Bunday kishilarning oziq-ovqatga aloqador joyda, shuningdek bolalar muassasalarida ishlashi juda havflidir. Salmonellyoz muloqot yoʻli bilan ham yuqishi mumkin. Bunda u salmonellalar bilan ifloslangan idish tovoqlar, oʻynchoqlar va boshqa buyumlar orqali yuqadi. Va nihoyat, salmonella havo-chang orqali yuqishi ham mumkin, chunki salmonellalar 20—25 darajali haroratda 80 kunga qadar tirik saqlana oladi. Yoz va kuz oylarida salmonellalar bilan ifloslangan biror ovqatni birdaniga ko‘p odam isteʼmol qilishi natijasida (masalan, to‘y-hashamda) Salmonellyoz baʼzan epidemiya koʻrinishida uchraydi. Oʻsha ovqatdan isteʼmol qilganlarning deyarli hammasi bir-ikki kun ichida kasallanadi.
Patogenezi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salmonellalar ovqat orqali meʼda-ichak yoʻliga tushadi. Meʼdada xlorid kislota taʼsirida salmonellalarning koʻpchiligi halok boʻladi. Oziqa moddalari ichida oʻralib qolganlari bu noqulay sharoitni yengib oʻtib, ingichka ichakka tushadi, soʻngra ichak shilliq pardasidagi retikuloendotelial toʻqimaga kiradi va shu yerda koʻpaya boshlaydi. Salmonellalar limfa tomirlari boʻylab mezenterial tugunlar - charvi limfa tugunlariga oʻtadi va shu joyda baʼzan hammasi halok boʻlib ketadi, unda limfotsitlar va makrofaklar katta rol oʻynaydi. Baʼzi hollarda charvi limfa tugunlaridagi fagotsitlarda salmonellalar uzoq vaqt halok boʻlmay tirik saqlanishi mumkin. Ana shu salmonellalar qaytadan limfa tomirlari orqali ichakka tushadi. Bunda kasallik simptomlari boʻlmaydi va odam bakteriya tashuvchi boʻlib qoladi. Koʻpincha mezenterial limfa tugunlarida (charvi bezlarida) salmonellalar koʻrinishida davom etadi. Ularning bir qismi parchalanib endotoksin ajralib chiqadi. Endotoksin har xil aʼzo va tizimlarga taʼsir qiladi va buning natijasida adenilatsiklaza faollashadi, hujayralarda biologik faol moddalar miqdori koʻpayadi. Natijada enterit boshlanadi. M eʼda-ichak yoʻli faoliyati buziladi. Endotoksin taʼsirida vazomotor falaj kuzatilib, qon bosimi pasayib ketadi. Bosh miya faoliyati ham toksin taʼsirida buziladi va tif holati paydo boʻladi. Toksinning miyaga taʼsiri natijasida gipotermiya boshlanadi, nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlar faoliyati izdan chiqadi. Toksin taʼsirida suv-tuzlar almashinuvi buzilib, organizmni suvsizlanish (degidratatsiya) holatiga keltirib qoʻyadi. Salmonellalar zoʻr berib koʻpayshi va koʻplab parchalanishi natijasida ajralgan endotoksin shok holatiga sabab boʻlishi mumkin. Endotoksik shok yuz berganda qonning ivish tizimi zararlanadi. mikrosirkulyatsiya izdan chiqadi va toʻqimalarda kislorod etishmaydi (gipoksiya), bu esa oʻz navbatida moddalar almashinuvining buzilishi, asidoz boshlanishi, qonda mochevina va qoldiq azotning koʻpayshiga, har xil aʼzolar hujayralarining distrofiya va nekrozga uchrashiga sababchi boʻladi. Shunday qilib, Salmonellyoz patogenezi m ohiyat-eʼtibori bilan
toksinemiya va bakteremiyaga bogʻliq. Keyinchalik organizmning himoya mexanizmlari kuchayib, qondagi salmonellalarni retikuloendotelial sistema va parenximatoz aʼzolar qamrab oladi va asta-sekin parchalaydi, buning natijasida organizm salmonellalardan xalos boiadi. Bemor organizmining himoya quwati etarli boim agan hollarda u bakteriya tashuvchi boiib qoladi. Bakteremiya qisqa muddat davom etgan hollarda Salmonellyozning gastrointestinal shakli shakllanadi. Organizm kuch-quwati kam boʻlganda (bolalar va qarilarda) bakteremiya uzoq choʻziladi va Salmonellyoz tarqoq shaklga aylanib ketadi. [2]
Patologik anatomiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mashhur olim I.V. Davidovskiy Salmonellyozning ikki shakllanishini ajratadi: 1. Toksik shakli — bu shaklida m e’da-ichak yo'li shilliq pardasi shishgan va unga qon quyilgan bo'ladi.
2. Septik-piyemik shakli. Bunda ichak shilliq pardasida oʻzgarishlar juda kam boʻladi. Ammo ichki organlar, ayniqsa oʻpkada juda koʻp metastatik yiringli oʻchoqlar topiladi.
Klinikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yashirin davri 6—8 soatdan 2—3 kungacha choʻziladi. Koʻpincha 12—24 soat davom etadi. Salmonellyozning quyidagi klinik shakllari uchraydi (1-jadval):
1-jadval | |
Klinik shakllari | Qanchalik k o‘p
uchraydi |
1. Gastrointestinal shakli (toksikoinfeksiya)
Gastrit |
75-90% |
Gastroenteret | 5-10% |
Gastroenterokolit | 70-80% |
2.Tarqoq shakli | 3-9 0 % |
Tifga oʻxshash shakli | |
Septik shakli | |
3.Subklinik shakli. Bakteriyat ashuvchilik |
Gastrointestinal shakli. Kasallikning bu xili toʻsatdan boshlanadi va dispeptik alomatlar bilan taʼriflanadi. Odatda bemor aʼzoyi badani titrab, harorati koʻtariladi va gastrit, gastroenterit simptomlari yaqqol koʻrinadi. Harorat 3—4 kundan soʻng pasayadi. Kasallikning bu xili oʻtkir gastrit, gastroenterit, gastroenterokolit koʻrinishida oʻtadi.
0‘tkir gastrit. Bemor darmoni qurib, ko‘ngil ayniydi, ishtahasi boʻgʻiladi. Boshi, qorni ogʻriydi, badani qaqshaydi, harorati sal koʻtariladi (subfebril darajagacha). Koʻpincha bemor bir yoki bir necha marta qayd qiladi. Baʼzan umuman qusmaydi. Bemorning rangi oqargan, tili karash bilan qoplangan boʻlib, pulsi tez uradi, qorni ogʻriydi, 1—2 kun ichida sogʻayib ketadi.
Oʻtkir gastroenterit. Salmonellyozning bu koʻrinishi koʻp uchraydi. Toʻsatdan boshlanadi. Bemor eti uvishib, qaltiraydi, harorati koʻtarilib, 2 -4 kun yuqori darajada turadi. Koʻngli aynab, ketma-ket qusadi, soʻngra shir-shir ichi keta boshlaydi. Bir kecha kunduzda bemorning 15 marta ichi ketadi. Bemor axlati suyuq, yashil rangda va juda sassiq
boiadi. Bemorning ahvoli anchagina ogʻir boʻladi, darmoni quriydi, aʼzoyi badani sirqillab, bezovta qiladi, ishtahasi yoʻqoladi. Koʻpchilik bemorlarning rangi odatda oqarib turadi, lekin baʼzan bir oz qizarishi ham mumkin, labiga uchuq toshadi. Tomiri tez uradi, qon bosimi pasayadi. Tili qalin oq yoki kulrang karash bilan qoplanadi. Baʼzan kollaps boshlanishi mumkin.
Qon tekshirilganda gemoglobin va leykotsitlarning soni ozgina koʻpaygani, ECHT m eʼyorda ekani aniqlanadi. Salmonellyozning bu koʻrinishi 1—4 kun davom etadi, baʼzan uzoqroq choʻziladi. Oʻtkir gastroenterit yengil, oʻrta ogʻir va ogʻir oʻtishi mumkin. Salmonellyozga aloqador oʻta oʻtkir gastroenterit awalo kuchli intoksikatsiya bilan taʼriflanadi. Bemorning toʻsatdan eti uvishib, qaltiraydi va harorati koʻtariladi, boshi aylanib, qattiq ogʻriydi. Kasallik boshlanishidayoq kollaps boʻlishi mumkin. Bem or ketm a-ket qusaveradi, betoʻxtov shir-shir ichi ketadi. Bemor axlati xuddi vabo kasalligidek yovgʻon xoʻrdaga oʻxshaydi. Koʻp oʻtmay organizmda suvsizlanish holati boshlanadi. Bemor birinchi kunidanoq ozib ketadi,
koʻzlari ichiga tushib, yuzi chakak boʻlib qoladi, umuman rangi soiib, koʻkimtir tus oladi. Qon bosimi pasayadi, oliguriya yoki anuriya boʻladi. Bemorning ovozi chiqmaydi, oyoq-qoi muskullari tortishib ogʻriydi. Koʻpincha pnevmoniya, nefrozonefrit alomatlari aniqlanadi. Oʻz vaqtida tegishli davo choralari amalga oshirilmasa bemor nobud boiishi mumkin.
Salm onellezning gastroenterokolitik xilida yuqorida aytilgan simptomlardan tashqari kolit sindromi aniqlanadi. Kamdan-kam hollarda bemorda faqat kolit sindromi boiadi, xolos. Bunda yoʻgʻon ichakning hammasi zararlanadi. Rektoskop bilan tekshirilganda kataral, kataral-gemorragik proktosigmoidit holati koʻriladi. [1]
Tarqoq shakli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu shakldagi kasallikning asosiy simptomi haroratning yuqori ko‘tarilishidir. Kasallik baʼzan harorat koʻtarilishidan tashqari gastroenterit alomatlari bilan boshlanadi. Boshqa hollarda faqat harorat koʻtariladi va intoksikatsiya alomatlari boiadi. Bemorning boshi, muskullari ogʻriydi, uyqusi buziladi. Koʻzi va shilliq pardaliri sal sargʻish tusga kiradi. Koʻkrak va qorin terisida toshma koʻrinadi. Koʻpincha uchuq toshadi, puls soni kamayadi (nisbiy bradikardiya), yurak tonlari boʻgʻiqlashishi, tilni karash bosadi, qorni dam boʻlib, jigar va taloq
kattalashadi. Bemor darmoni qurib, boʻshashgan holda jim yotadi. Baʼzan meningoensefalit belgilari aniqlanadi. Boshqa hollarda oʻtkir glomerulonefrit, nefrozonefrit, nekrotik nefroz va piyelit hamda sistit alomatlari koʻriladi.
Salmonellyozning septik shakli — uzoq davom etadigan harorat, qayta-qayta et uvishib badan qaltirashi va turli septik asoratlar bilan taʼriflanadi. Bemor baʼzan xuddi qorin tifidagiga oʻxshab boʻshashgan holda karaxt boʻlib yotadi. Salmonellyozning tifga oʻxshash shakli deb shunga aytiladi. Qon tekshirilganda baʼzan leykopeniya, nisbiy limfotsitoz aniqlanidi. Boshqa hollarda xuddi sepsisdagiga oʻxshash gipoxrom anemiya, leykotsitoz, ECHT tezlashgan boiadi. Salmonellyozning tarqoq shakli 6—10 kun, baʼzan 3—5 haftagacha choʻziladi.
Bakteriya tashuvchilik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻpincha bakteriya tashuvchilik hodisasi aksari Salmonellyoz kasalligidan sogʻaygan kishilarning baʼzilarida aniqlandi. Juda kamdan-kam hollarda kasal boimagan shaxslarda ham
uchraydi. Bakteriya tashuvchilik qisqa muddatli va uzoq choʻziladigan boiishi mumkin. Salmonellalar odam organizmida saprofitlar tariqasida uzoq yashashi mumkin. Turli sabablar taʼsirida organizmning himoya kuchlari susaysa, boyagi saprofit salmonellalar faollashib, koʻpaya boshlaydi va kasallikga sabab boiadi.
Laborator tashxisoti.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bakteriologik va serologik usullar qoʻllanadi. Bakteriologik usulda bemorning qoni, axlati, qusuq massasi, siydigi, meʼda yuvindisi, oʻn ikki barmoq ichagidan zond yordamida olingan
shilimshiqlar tegishli oziqa muhitiga ekiladi. Serologik usul yordamida bemor qonida antitanachalar bor-yoʻqligi aniqlanadi. Antitanachalar qonda kasallikning 5—7 kunlaridan boshlab paydo boiib, keyingi titri ortib boradi. Koʻpincha agglyutinatsiya reaksiyasi qoʻyiladi. Egri agglyutinatsiya reaksiyasi va komplementni bogiash reaksiyasi %sezuvchandir. Salmonellalarni aniqlash maqsadida immunoflyuoressent usulidan ham foydalaniladi.
Qiyosiy tashxisoti.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salmonellyozni ichburugʻ, vabo, zaharli kimyoviy moddalar bilan zaharlanish va miokard infarktidan farqlash zarur. Ichburug‘da bemor qornining chap tom oni burab ogʻriydi,
kuchaniq bezovta qiladi, axlati qon aralash shilimshiqdan iborat boiib, oz-ozdan keladi, hidi boimaydi. Rektoskopiyada yoʻgʻon ichak shilliq pardasining qizarib yalligʻ-
langanligi, eroziya va yaralar borligi koʻrinadi. Laboratoriya usuli bilan tekshirilganda tegishli ijobiy natijalar olinadi. Vaboda harorat koʻtanimaydi, qorin ogʻrimaydi, koʻngil aynimaydi,
kasallik ich ketishdan boshlanadi, axlati hidsiz, xuddi yovgʻon xoʻrdaga oʻxshash boiadi. Organizmda suvsizlanish belgilari paydo boiadi, oyoq-qoi muskullari, ayniqsa boldir muskullari tortishib ogʻriydi. Vabo tashxisi toʻgʻrisidagi masala bakteriologik usul bilan tekshirilganda axlatda yoki qusuqda vibrion topilgach, uzul-kesil hal boiadi. Kimyoviy moddalar bilan zaharlanish (xlororganik va fosfororganik moddalar bilan) yuz berganida odamni hiqichoq tutadi, koʻkragi qisib, tili, tomogʻi, koʻzi achishaveradi, qulogʻi shangʻillaydi. Koʻzdan yosh
oqib, qoʻllar qaltiraydi, oyoq-qoi muskullari boʻshashadi. Miokard infarkti koʻpincha keksayib qolgan kishilarda uchraydi. Miokard infarktidan oldin odatda koʻkrakning chap tomonida vaqtivaqti bilan stenokardiya xuruj qilib turadi, yaʼni bemorni yurak sohasidagi ogʻriq bezovta qilib turadi. Infarkt kuchli ogʻriqdan boshlanadi. Infarktning gastritik shaklida
(asosan oshqozon sohasida, yaʼni kindikdan yuqorida kuchli ogʻriq bezovta qiladi) ogʻriq toʻsh suyagi, kurak va qoiga oʻtadi (irradiatsiya). Bundan tashqari miokard infarktida yurak chap qorinchasi faoliyatining sustligiga xos simptomlar masalani hal qiluvchi rol oʻynaydi.
Davosi.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salmonellyozning gastrointestinal shaklida asosan patogenetik davolash usullari amalga oshiriladi. Ular quyidagilar:
1. Dezintoksikatsionterapiya.
2. Suv-elektrolit almashinuvini m eʼyorlashtirish.
3. Gipoksemiya va metobolik asidozga qarshi choralar.
4. Gemodinamikani meʼyorda saqlab turish.
Salmonellyozning gastrointestinal shaklida awalo bemor meʼdasi yaxshilab qayta-qayta yuviladi. Kasallik yengil oʻtganda bemorga 4-parxezda koʻzda tutilgan ovqatlar va koʻp miqdorda suyuqlik berish — glyukoza-elektrolit eritmasi (regidron, glyukosan) tayinlanadi (peroral regidratatsiya). Bemor qancha suyuqlik yoʻqotgan boʻlsa, shuncha suyuqlik ozgina-ozgina ichirladi. Kasallik oʻrtacha og‘irlikda oʻtgan hollarda, gemodinamika izdan chiqmagan boʻlsa va bemorning qusishi kam kuzatilganda ham peroral regidratatsiya bilan kifoyalaniladi. Gemodinamika izdan chiqqanda va bemor tez-tez qusib turgan hollarda poliionli-tuzli eritmalar (kvartasol, asesol, xlasol, trisol) bemor venasiga yuboriladi. Suvsizlanishning darajasiga qarab bir kechakunduzda 500 ml dan 2—3 / gacha va bundan ham koʻproq suyuqlik yuboriladi. Poliglyukin, reopoliglyukin, gem odez, qon oʻrnini bosadigan va intoksikatsiya alomatlarini kamaytiradigan boshqa dorilar 200-400-600 ml miqdorda tomchilab venaga yuboriladi. Yurak-tomir tizimi faoliyatini jonlashtirish uchun kordiamin, efedrin, mezaton, noradrenalin, strofantin «К» ishlatiladi. Intoksikatsiya alomatlari kuchli boʻlgan hollarda qisqa kurslar holida kortikosteroidlar qoʻllanadi. 1 -3 kun davomida bir kecha-kunduzda 90—180 mg dan prednizolon venaga yuboriladi. Bemor organizmida sensibilizatsiya holatini kamaytirish uchun dimedrol, suprastin, pipolfen, diazolin, fenkarol tayinlanadi. Bemorga yetarli miqdorda oson hazm boʻladigan, muloyim ovqatlar beriladi. Suyuqlikni koʻp ichish foydalidir. Salmonellyozning gastroenterit shaklida patogenetik davo choralarining oʻzi kifoya, antibiotiklarga ehtiyoj boʻlmaydi. Tarqoq shakllarida taʼsir doirasi keng antibiotiklar (levomisetin, ampitsillin, gentamisin, tetrasiklin, kanamisin) ishlatiladi. Antibiotiklarni furazolidon bilan birga ishlatish davo nafini ancha oshiradi. Bu dorilar bilan bir vaqtda bemor organizmi himoya kuchlarini oshiradigan metilurasil, prodigiozan kabi preparatlarni buyurish maqsadga muvofiqdir. Salmonellyozning gastrointestinal shakli ogʻir intoksikatsiya bilan oʻtayotgan holda ham antibiotiklar ishlatiladi. Bunda antibiotiklar 5—6 kun davomida berib boriladi. Tarqoq shakllarida ular 10-12 kun ishlatiladi. Bemorlarga albatta vitaminlar (C, B guruh, nikotin kislota, rutin) beriladi. Bemorlar obdon sogʻaygandan soʻng uyiga joʻnatiladi. Uyga joʻnatishdan oldin, antibiotik bilan davolash tugaganidan keyin oradan 2 - 3 kun oʻtkazib axlati va siydigi tekshiriladi. Tekshirish natijasi salbiy boʻlsa, yaʼni salmonellalar topilmasa, bemorlar kasalxonadan chiqariladi
Oldini olish.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salmonellyozning oldi olinishi asosan veterinariya xizmatiga yuklatiladi. Aholi orasida keng miqyosda tushuntirish ishlari olib boriladi. Oziq-ovqat tayyorlanadigan, saqlanadigan va sotiladigan joylar qattiq tibbiy nazorat asosida boʻlishi zarur. Salmonellyoz bilan ogʻrigan bemorlar albatta kasalxonaga yotqiziladi. Bemorlarning uyidagi kishilar bir hafta davomida shifokor nazoratida boʻladi. Mabodo ular orasida oziq-ovqatlarga aloqador joylarda ishlaydigan kishilar, shuningdek, yasli va bogʻchaga boradigan bolalar boʻlsa, ular bir marta bakteriologik tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salmonellyoz - sabablari, alomatlari, davolash, parhеz.