Kontent qismiga oʻtish

Mushuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mushuk
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonot
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Carnivora
Oila: Felidae
Urugʻ: Felis
Tur: F. silvestris
Trinomial nomi
Felis silvestris catus
Schreber, 1775

Mushuklar yoki uy mushuklari (Felis Silvestris Catus) — mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchilar urugʻi. Oldin uy mushugini alohida tur sifatida ham qarashgan. Boʻyi dumgʻaza qismida yagʻriniga nisbatan baland. Tirnoqlari toʻliq tortiladi. Yevrosiyo, Afrika, Shim. va Jan. Amerikada tarqalgan; 30 turi, jumladan, Oʻzbekistonda 6 turi (silovsin, qoraquloq, toʻqay mushugi, manul, qum mushugi, yovvoyi mushuk) bor. Kuyikish davrida erkaklari baland ovoz bilan miyovlaydi va bir-biri bilan urishadi. Yiliga 2 marta 1—7 tadan bolalaydi. Yangi tugʻilgan bolasining koʻzi yumuq boʻladi. Mushuk bolasini 2-2,5 oygacha sut bilan boqadi. Keyin turli oʻljalar keltirib bera boshlaydi. Mushuklarning koʻpchilik turlari mayda sut emizuvchilar (kemiruvchilar) va qushlar bilan, Sumatra Mushugi oʻsimliklar mevasi, baliqchi Mushuk, asosan, baliq bilan oziqlanadi. Ayrim turlarining (mas, silovsin) moʻynasi qimmatbaho. Liviya Mushugi kenja turi barcha xonaki Mushuklarning nasl boshi hisoblanadi. 10 000 yil ichida mushuklar kemiruvchilarga ov qilganligi sababli odam tomonidan qadrlangan. 7 turi va 4 ta kenja turi Xalqaro Qizil kitobga, Oʻzbekistonda uchraydigan barcha turlari ham Qizil kitobga kiritilgan (yana qarang Xonaki mushuklar).[1] 1958-yil „Tabiat sistemasi“ asarida Karl Linney tomonidan uy mushugiga Felis catus nomi berilgan. Logan Xristian fon Friber 1775-yilda yovvoyi mushukka Felis silvestris nomini berdi. Uy mushugiga Felis silvestris catus nomini biriktirish 2003-yilning mart oyida Zoologik nomenklatura boʻyicha xalqaro komissiya tomonidan qabul qilingan. Mushuklarni xonakilashtirish taxminan 9500 yil oldin Yaqin Sharqda eng qadimgi insoniyat tsivilizatsiyalari paydo bo'lgan va rivojlangan Hosildor yarim oy mintaqasida sodir bo'lgan. Odamning o'troq turmush tarziga o'tishi davrida, qishloq xo'jaligining rivojlanishi bilan, ortiqcha oziq-ovqat paydo bo'lganda va uni saqlash va kemiruvchilardan himoya qilish zarurati paydo bo'lganda. Barcha uy mushuklari cho'l mushuklari kenja turining (Felis silvestris) kamida besh vakilining ona tomonidan taxminan 13 ming yil oldin kelib chiqqan. Evropa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan 209 ta ko'milgan mushuklarning DNKsining genetik tahlili shuni ko'rsatdiki, uy mushuklari butun dunyo bo'ylab ikkita katta to'lqinda tarqalgan. Birinchi to'lqin 12- ming yil oldin qishloq xo'jaligining paydo bo'lishi bilan bogliq bolgan - uy mushuklari butun Yaqin Sharqdagi dehqonlar bilan birga poliz maxsulotlarini kemiruvchilardan qoriqlash maqsadida yashab kelganlar. Bir necha ming yil o'tgach, Misrdan chiqqan ikkinchi to'lqin deyarli butun Evropa va Shimoliy Afrikani qamrab olgan.Mushuklarni xonakilashtirishning eng qadimgi arxeologik dalillari Kiprda topilgan, u erda arxeologik qazilmalar natijasida miloddan avvalgi 7500-yillarga to'g'ri keladigan odam va mushukning birgalikda dafn etilganligi aniqlangan.Yaqinda olimlar tomonidan uy mushugi Qadimgi Misrga, shuningdek, Kiprga Anatoliya hududlari orqali kirib kelganligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda mushuk eng mashhur uy hayvonlaridan biridir.

1. Rivojlanish nuqtai nazaridan mushuk hayotining birinchi yili inson hayotining dastlabki 15 yiliga toʻgʻri keladi. 2. Mushuklar quloqlarini 180 darajaga aylantirishi mumkin. 3. Oʻrtacha mushukning eshitish darajasi insonlarnikiga qaraganda kamida besh baravar yuqori. 4. Zotdor mushuklar orasida erkak mushuklarning oʻrtacha vazni 20 funtni tashkil qiladi. 5. Uy mushuklari kunning 70 foizini uxlash bilan oʻtkazishadi. 6. Mushuk toʻgʻridan-toʻgʻri burnining ostini koʻrolmaydi. 7. Koʻpchilik mushuklarning kipriklari yoʻq. 8. Baʼzilar oq rangdagi mushuk omad olib kelishiga ishonishadi. 9. Mushuklarning miyovlashi bu ularning tili emas — ular bu ovozni odamlar bilan aloqa qilish uchun chiqaradilar. 10. Ginnes rekordlar kitobiga koʻra eng uzoq umr koʻrgan mushuk Texasning Ostin shtatida yashagan marhum Creme Puffga tegishli boʻlib, u 38 yil-u 3 kun umr koʻrgan.

11. Oʻrtacha mushuk bitta oyoq bilan 8 fut uzunlikka sakrashi mumkin — bu tanasining uzunligidan qariyb olti marta koʻp. 12. Mushuklar yaxshi hid bilish qobiliyatiga ega boʻlib, ular odamlarni va narsalarni aniqlash uchun undan foydalanadilar, hayratlanarlisi, ularning bu qobiliyati odamnikidan 14 baravar yaxshiroq. 13. Mushuklarning 3 ta qovogʻi bor.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Sofi laqabli Scotish fold zotiga mansub mushuk

. Xalqaro mushuklar ittifoqining rasmiy veb-sayti, ICU