Salohiddin Muhiddinov
Salohiddin Muhiddinov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1936 yil |
Vafoti | 2002 yil 6 dekabr |
Dini | islom |
Millati | o'zbek |
Tavallud shahri | O’zbekiston tumani, Farg’ona vil. |
Hudud | O'zSSR - O'zbekiston |
Kasbi | mudarris, imom-xatib va tarjimon |
SALOHIDDIN MUHIDDINOV (1936 – yil Oʻzbekiston tumani, Fargʻona vil., 2003 – yil 6 – dekabr Toshkent)- mudarris, imom-xatib va tarjimon.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salohiddin Muhiddinov (Salohiddin qori) 1936 yili Fargona viloyati Oʻzbekiston tumaniga qarashli Islom qishlogʻida tavallud topgan.[1]
Salohiddin qori 1973 yilda muftiy Ziyovuddin ibn Eshon Boboxon boshchiligidagi guruh bilan ilk bor muborak haj safariga boradi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Diniy nazorat yoʻllanmasi bilan 1974-1978 yillarda Liviyada oʻqib qaytadi. Shundan keyin 1978 yildan boshlab, umrining oxirigacha TIIda fiqh, islom tarixi, mazhablar tarixi, tafsir va hadis fanlaridan dars bergan.
Salohiddin Muhiddinov 1990-1994 yillarda Movarounnahr musulmonlari idorasida masjidlar boʻlimini boshqargan, 1994-2000 yillari Xalqaro Islom tadqiqot markazida boʻlim mudiri vazifasida ishlagan. 1989-1999 yillarda Chilonzor tumanidagi Katta Qozirobod masjidida, soʻngra 2002 yilgacha Olmazor tumanidagi At-Termiziy masjidida imom-xatiblik qilgan. Salohiddin qori, shuningdek, turli mahalliy va xorijiy ilmiy-amaliy anjumanlarda, jumladan, 1991 yilda Marokashda Muhammad alayhissalomning mavludlariga bagʻishlab oʻtkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etgan.[2]
U bir qancha diniy-maʼrifiy maqolalar, „Islomda oʻlim va janoza namozi“ masalalari kitobchasi muallifi.
Tarjima ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shuningdek, Abdulvahob Hallofning ikki jildlik „Usul ul-fiqh“ kitobi tarjimonidir. U yana Burxoniddin Margʻinoniy qalamiga mansub „Al-Hidoya“ asarining ikki jildini nashrga tayyorlashda tarjimonlar guruhiga rahbarlik qilgan. Undagi „Taloq kitobi“, „Nikoh kitobi“ hamda „Bay’ kitobi“ qismlarini oʻzbekchaga oʻgirgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salohiddin Muhiddinov 2002 yil 6 dekabrda vafot etgan. Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn qilingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ O’zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari, Toshkent viloyati va Toshkent shahri. Toshkent, “Turon Zamin-Ziyo”, 2015 — 356-bet. ISBN 978-9943-335-74-5.
- ↑ «O‘zbekiston ulamolari» (16 Muqovasi_ Qattiq_), Mas’ul muharrirlar: Usmonxon ALIMOV va Baxtiyor BOBOJONOV, «Movarounnahr», 2015 — 496-bet. ISBN 978-9943-12-324-3.