Kontent qismiga oʻtish

Samsung Galaxy S4

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Samsung Galaxy S4
Ishlab chiqaruvchi Samsung

Samsung Galaxy S4Android 4.2 tizimida ishlaydigan smartfon

Galaxy S IV – Samsung kompaniyasining yangi kashfiyoti omma e’tiboriga taqdim etildi. Ammo bu kutilganidek syurprizga aylanmad. Takrorlaymiz – hech qanday hayratga soladigan syurpriz kuzatilmadi, hamma detallar avvaldan ma’lum edi. Ammo protsessor ustida ancha ter to‘kilgani ko‘rinib turibdi. Sakkiz yadroli protsessorlar faqat AQShdan tashqaridagi modellargagina o‘rnatiladi. Amerikaning o‘zida ishlab chiqarilayotgan modellar uchun esa Qualcomm dan To‘rt yadroli protsessorlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Barchaning qiziqishiga sazovor bo‘lgan korpus esa plastik va polikarbonatdan tayyorlangan. Uning dizayni HTC One ning metall qoplamasi bilan solishtirganda ancha muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, ammo uning vaznini xisobga olganda qarorni oqlash mumkin. Ekran – 5 dyuym, Full HD, pikselning zichligi esa – dyuymiga 441 nuqtani tashkil etadi. Bu jihatdan Galaksi to‘rt HTC va Sonyning yangi flagmanlaridan bir oz ortda qolmoqda. Ammo mikroskop bilan qurollanmay turib bu farqni anglash oson emas. Telefon xotirasi standart bo‘yicha – ikki gigabayt, ammo uning 16, 32 va 64 gigabayt qo‘shimcha xotirali variantlari ham ishlab chiqariladi. Asosiy, orqa kamera 13 megapiksel aniqlikka ega. Videokonferensiya va avtoportret uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha kamera esa 2 megapiksel aniqlik bera oladi. Ammo bu bilan uning foydalanish imkoniyatlari cheklanib qolmaydi. Galaxy S IV da foydalanuvchining ko‘z qarashini nazorat qiluvchi bir necha texnologiyalar birlashtirilgan. Ulardan biri — Smart Scroll – unga ko‘ra siz ekranga qo‘l tekkizmay, уni ko‘z qarashingiz bilan boshqarishingiz mumkin. Ikkinchi mo‘jizaviy texnologiya esa - Smart Pause – bu ko‘rilayotgan videodan nigohingizni olishingiz bilan avtomatik tarzda pauzaning ishlab ketishi. Ammo tekshiruvchilar, bu aqlli pauza har doim ham ish bermasligini ta’kidlashmoqda. Bu yangi apparatning rastalardan joy olishini yana bir oydan ko‘proq vaqt kutishimizga to‘g‘ri keladi. Uning narxi boshqa raqobatchilarning o‘xshash modellari narxiga ko‘ra belgilanadi. Galaxy ning to‘rtinchi avlodini ko‘p bo‘lmasada, bir necha bor ko‘zdan kechirganlarning fikricha, uning yutug‘i avvalgi modelga nisbatan baland bo‘lishi kutilmayapti. Bunga sabab, uning ba’zi qiziqarli fishkalarini hisobga olmasa, ko‘rinishi, o‘lchami va ekranning faoliyati, tuzilishi jixatidan raqobatchi kompaniyalarning smartfonlaridan uncha katta farq qilmaydi. Ammo aynan fishkalar aytish joizki, keragidan ham ortiqroq.[1]

  1. 1234