Kontent qismiga oʻtish

Sandeep Unnikrishnan

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Sandeep Unnikrishnan (1977-yil 15-mart – 2008-yil 28-noyabr) Hindiston armiyasi ofitseri, Milliy xavfsizlik gvardiyasining 51-maxsus guruhida xizmat qilgan. U 2008-yil noyabrida Mumbaydagi hujumlar paytida halok boʻlgan[1]. Mayor Sandeep Unnikrishnan koʻrsatgan jasorati uchun 2009-yil 26-yanvarda – Ashoka Chakra mukofoti bilan taqdirlangan[2].

Sandeep Unnikrishnan Bangalorda malayali oilasida dunyoga kelgan. Ular Kerala shtatining Kojikode shahridan koʻchib kelgan[3][4]. U isteʼfodagi zobit K. Unnikrishnan[5][6] va Dhanalakshmi Unnikrishnanning yolgʻiz farzandi edi[7][8].

Sandeep Bangalorda Frank Antoni jamoat maktabida tahsil olgan[9], 1995-yilda ISC Science fakultetini tamomlagan[10] U bolaligidanoq qurolli kuchlar qoʻshinida hizmat qilishni orzu qilgan[11]. Turmush oʻrtogʻining ismi Nexa boʻlgan[12].

Harbiy unvoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yil 12-iyunda u IMA akademiyasini tugatdi va Hindiston armiyasi Bihar polkining 7-batalyonida leytenant lavozimiga tayinlandi[13].

Qora Tornado operatsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil 26-noyabrga oʻtar kechasi Janubiy Mumbaydagi bir nechta binolarga hujum uyushtirildi[14]. Garovga olinganlar saqlanadigan binolardan biri 100 yillik tarixga ega Toj Mahal mehmonxonasi edi. Mayor Sandeep Unnikrishnan garovga olinganlarni qutqarish uchun mehmonxonaga joylashtirilgan 51-maxsus guruhining qoʻmondoni edi. U 10 nafar askarlari bilan mehmonxonaga kirib, zinapoya orqali oltinchi qavatga yetib keladi va oltinchi va beshinchi qavatlardagi garovga olinganlar evakuatsiya qilinadi[15][16]. Unnikrishnan va uning jamoasi taxminan 15 soat davomida mehmonxonadan garovga olinganlarni evakuatsiya qilishni davom ettirdi. 27-noyabr kuni yarim tunda Mayor Sandeep Unnikrishnan va uning jamoasi mehmonxonaning markaziy zinapoyasi orqali yuqoriga koʻtarilishga qaror qilishdi, chunki bu ularning garovga olinganlar va terrorchilarga olib boradigan yagona yoʻli edi. U keyingi qavatga qochishga urinayotgan terrorchilarni yolgʻiz oʻzi yengishga qaror qildi. Keyingi toʻqnashuvda u toʻrt nafar terrorchini Toj Mahal mehmonxonasining shimoliy chekkasidagi Ball zalida otib tashlaydi, lekin bu yoʻlda oʻz hayotini qurbon qildi[17][18].

Sandeepning onasi 2009-yil 26-yanvarda Prezident Pratibha Patildan Ashoka Chakra mukofotini qabul qilmoqda.
  1. „2 NSG men martyred, six others injured in Mumbai gunbattles“. The Economic times. PTI (2008-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2008-yil 28-noyabr.
  2. „11 security personnel to get Ashok Chakra“. 2009-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-yanvar.
  3. „Biopic of Major Sandeep Unnikrishnan is all set to release this year, know all about the braveheart of India“.
  4. „Army Major from Kerala dies in Mumbai encounter“. WebIndia 123 (2008-yil 28-noyabr). 2012-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-noyabr.
  5. „Kerala aid for Maj Sandeep's family“.
  6. „'He asked me to watch the operation on TV'“.
  7. „Boy who had a crew cut in school“. The Telegraph (2008-yil 29-noyabr). 2008-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Major Sandeep Unnikrishnan AC“.
  9. „Bangalore boy's supreme sacrifice“. Bangalore Mirror, India Times. Qaraldi: 2008-yil 29-noyabr.
  10. „Maj Sandeep UnniKrishnan - A school remembers“. Times of India. Qaraldi: 2008-yil 29-noyabr.
  11. „A school remembers“. The Times of India. Times of India (2008-yil 29-noyabr). 2012-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 29-noyabr.
  12. Lulla, Anil Budur. „Thousands take first & last look at martyr“. Telegraph India. The Telegraph (India) (2008-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-iyul.
  13. „Part I-Section 4: Ministry of Defence (Army Branch)“. The Gazette of India (2000-yil 13-may), s. 625.
  14. Levy, Adrian. The Siege : The Attack on the Taj (English). New Delhi, India: Penguin Books, 2013 — clxxxviii-bet. ISBN 978-0-14-342010-1. 
  15. „A buddy called Major Unnikrishnan“. Sify. 2009-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-dekabr.
  16. „sify.com“. Sify. 2009-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-dekabr.
  17. „Sandeep Unnikrishnan waged a valiant battle against terrorists“. The Hindu (2008-yil 29-noyabr). 2008-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 29-noyabr.
  18. Nation bids adieu to ATS chief, NSG commando – India News – IBNLive