Kontent qismiga oʻtish

Sanjar Tursunov (bokschi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sanjar Shakirdjanovich Tursunov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 18-avgust 1998-yil (1998-08-18) (26 yosh)
Denov, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Boks
Klubi „Uzbek Tigers“
Sport mukofotlari
Jahon chempionati
Bronza Gamburg 2017 91kg gacha
Osio chempionati
Kumush Bangkok 2019 91kg gacha
Bronza Dubay 2021 91kg gacha

Sanjar Shakirdjanovich Tursunov (1998-yil 18-avgust, Denov, Oʻzbekiston) — birinchi og‘ir vazn toifasida (91 kg gacha) o‘zbek professional bokschisi, 2020-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi, havaskorlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bronza medali (2017), Osiyo chempionatining kumush va bronza medallari (2019, 2021) sovrindori sanaladi. U „Uzbek Tigers“ (O‘zbek yo‘lbarslari) yarim professional boks klubi tarkibidagi World Series Boxing turnirlarida ringga ko‘tariladi.

Havaskorlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanjar Tursunov 2017-yil sentyabr oyida Gamburgda o‘tkazilgan jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘ladi[1].

U 2019-yil aprel oyida Bangkokdagi Osiyo chempionatining kumush medali sovrindoriga aylanadi[2].

Sanjar „Uzbek Tigers“ (O‘zbek yo‘lbarslari) yarim professional boks klubi tarkibidagi World Series Boxing turnirlarida ham ishtirok etadi.

2020-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2020-yil martida 4-o‘rinni egalladi va Ammanda (Iordaniya) o‘tkaziladigan 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlari uchun Osiyo/Okeaniya saralash turniridan o‘tadi. Tursunov 2021-yilning iyulida Tokiodagi Yozgi Olimpiada o‘yinlarida ringga ko‘tariladi, biroq musobaqaning 1/16 finalida jazoirlik bokschi Abdulhafid Benshablaga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ladi[3].

Professionallik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 8-noyabr sanasida Sanjar AQSHda meksikalik tajribali bokschi Migel Kubosni (11-19) 2-raundda texnik nokaut bilan yutib, professional ringdagi debyutini muvaffaqiyatli o‘tkazadi[4].