Kontent qismiga oʻtish

Sarah Margru Kinson

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sarah Margru Kinson
Tavalludi
Margru or Mar'gru

1832-yil
Vafoti 1854-yil
Fuqaroligi Syerra Leone
Kasbi Oʻqituvchi
Turmush oʻrtogʻi Edward Henry Green

Sarah Margru Kinson (1832-yil – 1854-yil) – G'arbiy Afrikalik oʻqituvchi edi. La Amistaddagi toʻrtta farzandlaridan biri boʻlgan. U Oberlin kollejida tahsil olgan va oʻqituvchi boʻlish uchun G'arbiy Afrikaga qaytgan. U Afrikada tugʻilib, Amerika kollejida tahsil olgan birinchi ayol hisoblanadi[1][2].

Sarah Margru Kinson 1832-yilda Gʻarbiy Afrikada joylashgan hozirgi Syerra-Leone davlatida yashovchi Mende etnik guruhlariga tegishli oilada tugʻilgan. U kichkina qizchaligi vaqtida qul savdogarlarga sotib yuborilgan va Portugaliyaning Tecora qul kemasida Kubaga joʻnatilgan. 1839-yilda u Afrikaga qochib ketish maqsadida yoʻlga chiqqan toʻrt boladan biri edi. Ular Mendian Jozef Sinke tomonidan boshqarilgan La Amistad kemasida qochib ketadi. Ammo La Amistad kemasi Amerika Qo'shma Shtatlari qirgʻoq qoʻriqlash xizmati tomonidan Konnektikut yaqinidagi New-Londonda qoʻlga tushib qirgʻoqqa olib kelindi. Margru va bortdagi boshqalar New-Havendagi qamoqxonada ushlab turilgan. Bir muddat koʻrgazmaga ham qoʻyilgan va oʻrganilgan. Bugungi kunga qadar ushbu jarayon va ularning huquqiy maqomi boʻyicha sudlar boʻlib oʻtgan. Abolisionist Lewis Tappan Margru va boshqa bolalarni qamoqxonadan uning uy xizmatkori boʻlgan rafiqasi qarorgohiga koʻchirishni tashkil qiladi[3][4].

1841-yilda Amistad yoʻlovchilari oʻz ishini va erkinligini qoʻlga kiritganlarida, u Konnektikut shtatining Farmington shahrida qolishni istaganlar bilan qoldi. U yerda unga inglizcha „Sara Kinson“ nomi berildi. Guruh hali ham jamoatchilikni qiziqtirayotgan edi va Amerikaning turli shaharlarida oʻz tajribalari haqida taqdimotlar oʻtkazdi. Ular bir necha amerikalik missionerlar bilan birga 1842-yilning yanvarida Fritaun yaqiniga yetib, Gʻarbiy Afrikaga qaytib kelishdi[3].

1842-yilda Amistad kontingenti G'arbiy Afrikaga kelganida Kinson hali yosh bola edi. U Kav Mendida (Komende) yashagan, oʻqish va yozishni oʻrgangan, xristian dinini qabul qilgan va amerikalik missionerlar uchun ishlagan[5]. Lewis Tappanning yordami bilan 1846-yilda Qoʻshma Shtatlariga qaytib keldi va dastlab Oberlindagi Little Red Schoolhouse maktabida, soʻngra Ogayo shtatidagi Oberlin Collegiate institutida oʻqidi[6]. Margru Oberlinda afro-amerikalik qiz Lucy Stanton bilantanishdi va akademik oʻqishi bilan bir qatorda Lucyning kurslarida akkordeon chalishni ham oʻrgandi[7][3]. Amerika Qo'shma Shtatlarida yashagan ushbu davrida Kinson Nyu-York shahridagi frenolog Orson Squire Fowler tomonidan imtihondan oʻtkazildi[8][9].

Kinson 1849-yilda G'arbiy Afrikaga qaytib keldi. Bu safar u Sherbro orolida yangi qizlar maktabining bosh oʻqituvchisi boʻldi[10]. U gʻarb uslubidagi kiyimlar ishlab chiqarish uchun mahalliy ayollardan iborat boʻlgan tikuvchilik jamiyatini tuzdi[1]. Kinson 1852-yilda afrikalik missionerlik oʻqituvchisi Edward Henry Greenga turmushga chiqdi. Ular 1855-yilda oʻzlarining missiya stantsiyalarini ochish uchun mamlakat ichkarisiga koʻchib oʻtishdi, lekin koʻp oʻtmay uning eri missionerlik ishdan boʻshatildi. Bu vaqtdan keyin uning hayoti missiya hisobotlarida yoki yozishmalarida qayd etilmagan[3].

Kinsonning Ogayo shtatida oʻqigan maktabi hali ham Oberlin Heritage Center tashkiloti nzaoratida va ekskursiyalar uchun ochiq holda turadi[11]. 1997-yilda „Amistad“ filmi namoyish etilganidan soʻng tarixchilar va boshqa olimlar soʻnggi yillarda Kinsonning hayotini koʻproq oʻrgana boshlashdi[12][1]. Kimberly Jones 1997-yilda Anthony Davis va Thulani Davisning „Amistad“ operasining Margru partiyasini Chicagodagi lirik operada kuyladi[13]. 2004-yilda rassom Carolyn Evans Nyu-Yorkning White Plains shahridagi kutubxonada Margruning suratini chizgan[14]. Monica Edingerning 2013-yilda chop etilgan „Africa is My Home: A Child of the Amistad“ nomli bolalar kitobida bosh qahramon uchun „Magulu“ ismidan foydalangan. Bu ism „Margru“ ismining oʻzgartirilgan versiyasi sifatida koʻpchilik manbalarda eslab oʻtilgan[15].

  1. 1,0 1,1 1,2 Royster, Jacqueline Jones. „Sarah’s Story: Making a Place for Historical Ethnography in Rhetorical Studies“ in C. Jan Swearingen, David S. Kaufer, eds., Rhetoric, the Polis, and the Global Village: Selected Papers from the 1998 Thirtieth Anniversary Rhetorical Society of America Conference (Routledge 1999): 39-51. ISBN 9781135667894
  2. Lamphier, Peg A.; Welch, Rosanne. Women in American History [4 volumes: A Social, Political, and Cultural Encyclopedia and Document Collection [4 volumes]] (en). Bloomsbury Publishing USA, 2017-01-23 — 102-bet. ISBN 978-1-61069-603-6. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Merrill, Marlene D. „Sarah Margru Kinson: The Two Worlds of an Amistad Captive“ (a 2003 booklet made for the Oberlin Historical and Improvement Organization).
  4. „Sarah Margru Kinson, Child of the Amistad“. Ohio Memory (July 6, 2018). Qaraldi: 2023-yil 1-oktyabr.
  5. „Appeal for Funds for the Mendi Mission“. New-York Tribune (1843-yil 31-yanvar), s. 3. Qaraldi: 2023-yil 2-oktyabr.
  6. Lubet, Steven. The 'Colored Hero' of Harper's Ferry: John Anthony Copeland and the War against Slavery (en). Cambridge University Press, 2015-08-27 — 49–50-bet. ISBN 978-1-316-35220-5. 
  7. Evans, Stephanie Y.. Black Women in the Ivory Tower, 1850-1954: An Intellectual History (en). University Press of Florida, 2016-12-01. ISBN 978-0-8130-6305-8. 
  8. Branson, Susan. Scientific Americans: Invention, Technology, and National Identity (en). Cornell University Press, 2022-01-15 — 157-bet. ISBN 978-1-5017-6092-1. 
  9. "Miscellany". The American Phrenological Journal and Miscellany 12 (6): 230–231. June 1850. https://books.google.com/books?id=YKsoAAAAYAAJ&dq=Sarah+Kinson&pg=PA231. 
  10. Browne-Marshall, Gloria J.. She Took Justice: The Black Woman, Law, and Power – 1619 to 1969 (en). Routledge, 2021-01-01. ISBN 978-1-000-28355-6. 
  11. „House of History“. Pulse Lorain Magazine. Qaraldi: 2023-yil 1-oktyabr.
  12. Lawson, Ellen NicKenzie; Merrill, Marlene. The Three Sarahs: Documents of Antebellum Black College Women (en). E. Mellen Press, 1984. ISBN 978-0-88946-536-7. 
  13. Page, Tim. „'Amistad' Misses the Boat“ (en-US) (1997-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 2-oktyabr.
  14. Crowe, Alice. „Slave Girl's Story; Artist Portrays Margru, a Child Prisoner on Amistad“. The Journal News (2004-yil 9-fevral), s. 9. Qaraldi: 2023-yil 2-oktyabr.
  15. Edinger, Monica. Africa Is My Home: A Child of the Amistad (en). Candlewick Press, 2013. ISBN 978-0-7636-5038-4.