Kontent qismiga oʻtish

Yoqut tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Saxa Tilidan yoʻnaltirildi)
Yoqut tili
Milliy nomi саха тыла
Mamlakatlar Rossiya Rossiya
Rasmiylik holati  Saxa Respublikasi
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 450 140 (2010)[1]
Turkumlanishi
Til oilasi Oltoy
Alifbosi

kirill

(1929-39 yili) Lotin
Til kodlari
ISO 639-1 -
ISO 639-2 sah
ISO 639-3 sah

Saxa (yoqut) tili (saxa.: саха тыла) — turkiy tillarning sharqiy tarmogʻiga mansub til; Rossiya Federatsiyasining Saxa Respublikasida, qisman Amur, Magadan, Saxalin viloyatlarida, Taymir va Evenk muxtor viloyatlarida tarqalgan. Saxa tilida 430 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi (1993). Markaziy, vilyuy, shimoli-gʻarbiy va taymir sheva guruxlari farqlanadi. Morfologiyasi agglyutinativ harakterda boʻlib, sonlar, olmoshlar hamda kelishiklar boʻyicha boshqa turkiy tillardan bir kadar farqlanadi. Leksikasida oʻz fonetik qiyofasini saqlab qolgan moʻgʻulcha oʻzlashmalar, shuningdek, evenk va rus tilidan kirgan soʻzlar koʻplab uchraydi.

Tarqatish va tashuvchilar soni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻp qismi Saxa Respublikasida, oz qismi esa Krasnodar, Xabarovsk oʻlkalarida, shu bilan birga Amur, Irkutsk, Magadan Chita viloyatlarida istiqomat qiluvchi (umumiy soni 450 140), oʻzlarini saxa deb biluvchi saxa xalqining milliy, adabiy, davlat tili. Bu til boshqa turkiy tillarga qaraganda oʻzgachadir. 1818-20 yili missionerlar saxa tiliga alifbo kiritdi. Biroq saxalar 1929-39 yili Lotin alifbosini, 1939-yildan buyon esa kirill alifbosini foydalanib keladi. Adabiy tilining shakllanishiga Saxalarning markaziy tumanlarining turgʻunlarining ogʻzaki yili asos boʻldi.

Saxa tilining umumxalq yozuvi 1922-yilda S.A.Novgorodov tomonidan yaratilib, 1924-yilda takomillashtirilgan; 1929-yildan lotin grafikasi asosidagi, 1939-yildan esa rus grafikasi asosidagi yozuvga almashtirilgan. Adabiy til Saxa Respublikasining markaziy hududidagi soʻzlashuv tili asosida rivojlangan.[2]

А а Б б В в Г г Ҕ ҕ Д д Дь дь Е е
Ё ё Ж ж З з И и Й й К к Л л М м
Н н Ҥ ҥ Нь нь О о Ө ө П п Р р С с
Һ һ Т т У у Ү ү Ф ф Х х Ц ц Ч ч
Ш ш Щ щ Ъ ъ Ы ы Ь ь Э э Ю ю Я я
Birlikda Koʻplikda
мин биһиги
эн эһиги
кини кинилэр
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
нуул биир икки үс түөрт биэс алта сэттэ аҕыс тоҕус уон
11 20 30 40 50 60 70 80 90 100 1000 10000 1000000
уон биир сүүрбэ отут түөрт уон биэс уон алта уон сэттэ уон аҕыс уон тоҕус уон сүүс тыһыынча (муҥ) уон тыһыынча (үтүмэн) мөлүйүөн
  1. Perepis-2010
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil