Sayid Abdi ibn Ya’qub
Sayid Abdi ibn Ya’qub | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | qozi |
Sayid Abdi ibn Yaʼqub (arabcha: سيد عبدي بن يعقوب — Sayid Abdi ibn Yaʼqub — Toʻliq ismi:Sayid Abdi ibn Yaʼqub ibn Saʼid ibn Usmon ibn Affon (IX asrda yashagan)) — qozi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdi Berun arablarning „Abdi“ qabilasidan boʻlib, Muhammad (s.a.v.)ning (qizlari Ruqiya tomondan) avlodi boʻlgan. Abdi Berunning bobosi (Saʼid ibn Usmon) Movarounnahrga arablar bilan birga kirib kelgan. Abdi Berun Samarqand qozisi boʻlgan. Qabri shahar tashqarisida boʻlganligi uchun vafotidan keyin u dafn etilgan joy shunday atalgan. Samarqand qal’a devorining janubi (berun — tashqari)da joylashgan meʼmoriy majmua. Koʻhna qabr yoniga toq-ravoqli xonaqoh — masjid (XV asr), oʻrtasiga jamoatxona, atrof burchaklarga hujra va zinalar qurilgan. Qoʻsh qavat sirkor gumbaz, poygumbaz va devorlar sirkor gʻishtlar va koshinkor naqshlar bilan bezatilgan. Jamoatxonaning uch tomonidan eshik ochilgan. Mehrob esa oddiy, xonaqoh xushbichim, sodda va fayzli ziyoratgoh, uning shimol yonboshida avliyoning qabri bor. Katta hovli sahnida sufa, hovuz va darvozaxona koʻzga tashlanadi. Abdi Berun 247/861-yil may oyida vafot etgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 14.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |