Kontent qismiga oʻtish

Sayyid Battol Gʻozi majmuasi

Koordinatalari: 39°26′31″N 30°41′39″E / 39.44194°N 30.69417°E / 39.44194; 30.69417
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sayyid Battol Gʻozi majmuasi (turkcha: Seyyid Battal Gazi Külliyesi) — Turkiyaning Eskishahar viloyati Seyitgazi tumanidagi kulliya, tarixiy diniy ijtimoiy majmua.

Sayyid Battol Gʻozi kulliyasining hovlisi — 2007-yil shimoliy tomonidagi binolar

720-yilda shu hududda Vizantiya qoʻshiniga qarshi jangda halok boʻlgan afsonaviy musulmon xalq qahramoni Sayyid Battol Gʻozi sharafiga masjid va ziyoratgoh 1207–1208-yillarda Eskishaharning janubi-sharqidagi, bugungi kunda Seyitgazi deb nomlanuvchi joyda qurilgan. U Rum saljuqiy sultoni Alouddin Kayqubod I ning onasi Ummuxon Xotun (1188–1237) hamkorlgi ostida barpo etilgan. Usmoniylar imperiyasi davrida masjid atrofiga madrasa, zakotxona va darveshxona kabi ijtimoiy majmua binolari qurilgan. Usmonli sultonlari Mehmed Fotih (1444–1446, 1451–1481), Boyazid II (1481–1512) va Salim I (1512–1520) majmuani qoʻshimcha binolar bilan boyitgan. Sulton Sulaymon (hukmronlik yillari:1520–1566) va uning qoʻshini Bagʻdod yurishi (1534) oldidan bu yerda qarorgoh qurgan. Murod IV (hukmronlik yillari:1623–1640) Yerevan yurishi (1635) vaqtida bu yerda karvonsaroy qurdirgan. Majmua ziyoratchilar uchun toʻxtash joyi sifatida xizmat qilgan. Bu yerdan Istanbul — Bagʻdod — Hijoz Haj yoʻnalishida qatnovchilar toʻxtab xordiq chiqargan.

Madrasa qurilishi bilan majmua islomshunoslik markaziga aylantirilgan. Dastlab Kalenderi darveshlariga mezbonlik qilgan, keyinchalik Bektoshi ordeni darveshlarining markaziga aylantirilgan.

Majmua 1954 va 1957-yillarda restavratsiya qilingan. 2007-yilda boshlangan taʼmirlash ishlari ikki yildan soʻng toʻxtatilgan.

39°26′31″N 30°41′39″E / 39.44194°N 30.69417°E / 39.44194; 30.69417