Kontent qismiga oʻtish

Skandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Scdan yoʻnaltirildi)
Skandiy / Scandium (Sc)
Atom raqami 21
Koʻrinishi Oqish-kumush rangli yumshoq metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
44,95591 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 162 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
630,8 (6,54) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Ar] 3d1 4s2
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 144 pm
Ion radiusi (+3e) 72,3 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1,36
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 3
Termodinamik xossalari
Zichlik 2,99 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,556 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 15,8 Vt/(m·K)
Erish harorati 1 814 K
Erish issiqligi 15,8 kJ/mol
Qaynash harorati 3 104 K
Qaynash issiqligi 332,7 kJ/mol
Molyar hajm 15,0 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi geksagonal
Panjara davri 3,310 Å
Panjara/atom nisbati 1,594
Debye harorati n/a K
21
Skandiy
Sc
44,9559
3d14s2

Skandiy (lotincha Scandium), Sc — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element; at. rakami 21, atom massasi 44,9559. Tabiatda Skandiyning fakat bir izotop i 45 Sc borligi maʼlum. Skandiyning 10 ta sunʼiy radioaktiv izotoplari ichida (5nurlanuvchi izotop 46Sc (T1/2=83,9 kun)ning ahamiyati muhim. U radioaktiv indikator sifatida va tibbiyotda ishlatiladi. Skandiy kamyob yer elementlar guruhiga kiradi. Skandiyni 1879-yilda shved olimi Skandiy Nilson Skandinaviyada (lotincha scandia, elementning nomi ham shundan) gadolinit mineralidan olgan. Yer poʻstining massa jihatdan 6*10"4% ini tashkil qiladi.

Skandiyning asosiy minerallari tortveytit Sc2SiO7 vasterrettit — Sc(PO4)2H2O nihoyatda kam uchraydi. Ulardan Skandiy olinmaydi.

Skandiy och sariq tusda tovlanib turadigan yengil, yumshoq, bolgʻalanuvchan metall. Zichligi 3,020 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 1539±5°, qaynash temperaturasi 2700°C atrofida.

Skandiy kimyoviy xossalari jihatidan faol metallar jumlasiga kiradi. Havoda oksidlanishi tufayli xiralashadi. Xlorid va sulfat kislota eritmalarida yaxshi eriydi, oʻz birikmalarida, asosan, 3 valentli, ammo alohida sharoitlarda Skandiyning 2 valentli birikmalarini ham olish mumkin. Skandiy 450° C da vodorod bilan gidrid (ScH2), 400—600° C da galogen l ar bilan galogenidlar (maye., ScCl3) hosil qiladi. Azot bilan 600° C dan yuqori trada reaksiyaga kirishadi. 800° da portlash natijasida Skandiy nitrid ScN vujudga keladi. Oltingugurt, selen va tellur bilan faqat yuqori trada reaksiyaga kirishadi. Skandiy tarqoq xrlda nodirer minerallaridan berill, volframitda va boshqa minerallarda ham uchraydi. Shuninguchun Skandiy volfram, qalay, uran va choʻyan i.ch. korxonalarining chiqindilarini qayta ishlash yoʻli bilan olinadi. Sof Skandiy metali olish uchun ScCl3 yoki ScF, ni kalsiy bilan qaytariladi; bu jarayon natijasida hosil boʻlgan mahsulot 1600— 1700° C da vakuumda haydaladi. Skandiyli ferritlar EHM uchun xotira elementlar tayyorlashda ishlatiladi. Skandiyning zichligi kichik, suyuqlanish temperaturasi yuqori boʻlgani sababli undan raketa va samolyot yasash materiali sifatida foydalanish mumkin. Skandiy va uning birikmalari radiotexnika va radioelektronikada, termoelektr generator, oksid katod va boshqa tayyorlashda, yadro texnikasida, metallurgiyada, shisha, keramika, kimyo sanoatida, tibbiyotda qoʻllanadi.

Skandiy - unsurlar davriy jadvalining 21 unsuri, metall.