Sergei Zenjov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sergei Zenjov | ||
Tavallud sanasi | 20-aprel 1989-yil | ||
Tavallud joyi | Pärnu, Estoniya | ||
Boʻyi | 1.83 m (6 ft 0 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Flora | ||
Raqami | 20 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Pärnu | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005 | Pärnu Pataljon | 19 | (27) |
2006 | Vaprus | 17 | (8) |
2006—2007 | TVMK | 34 | (17) |
2008—2014 | Karpati Lviv | 137 | (21) |
2014 | Blackpool | 8 | (0) |
2015 | Torpedo Moskva | 10 | (0) |
2015—2017 | Gabala | 47 | (8) |
2017—2019 | Cracovia | 39 | (4) |
2019—2021 | Shaxter Qaragʻandi | 47 | (11) |
2021— | Flora | 16 | (4) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2005 | Estoniya 17 yoshgacha | 8 | (2) |
2006—2007 | Estoniya 19 yoshgacha | 6 | (0) |
2007—2010 | Estoniya 21 yoshgacha | 3 | (1) |
2008— | Estoniya | 100 | (14) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2019-yil 7-may uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 23-sentyabr uchun) |
Sergei Zenjov (talaffuzi: Sergey Zenyov; 1989-yil 20-aprelda tugʻilgan) — estoniyalik professional futbolchi, Estoniyaning Flora klubi va Estoniya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Zenjov Estoniyadan tashqari Angliya, Ukraina, Rossiya, Polsha, Ozarbayjon va Qozog‘iston klublarida ham to‘p surgan[1].
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pärnu
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zenjov futbol oʻynashni mahalliy Pärnu klubida boshlagan, u yerda unga Yuriy Ivanov murabbiylik qilgan[2]. U oliy ligadagi debyutini 2005-yilda Pärnu Pataljon safida II liigada oʻtkazgan. Zenjov 2006-yilning 8-martida Vaprus safida oʻynab Meistriliigadagi debyutini qildi va TVMKga qarshi safarda 1:3 hisobidagi magʻlubiyat bilan kechgan ushbu oʻyinda jamoasining yagona golini kiritdi[3].
TVMK
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yil iyul oyida Zenjov Meistriliiga klubi TVMK bilan shartnoma imzoladi[4]. U klubdagi debyutini 23-iyul kuni mehmonda Levadiaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va TVMK raqibiga 1:3 hisobida magʻlub boʻldi.
Karpati Lviv
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yil fevral oyida Zenjov Ukraina Premyer-ligasi klubi Karpati Lviv bilan besh yillik shartnoma imzoladi[5][6]. U klubdagi debyutini 2008-yilning 1-martida Ukraina Premyer-ligasi doirasida Xarkivga qarshi 1:0 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan mezbonlik oʻyinida qilgan[7]. 2008-yil 27-iyulda Zenjov Karpati Lviv klubidagi ilk golini Shaxtarga qarshi o‘yinda (1:1) kiritdi.
Zenjov 2010—2011-yilgi UEFA Yevropa ligasi saralashida ikkita gol urdi. U 2010-yilning 16-sentyabrida Borussiya Dortmundga qarshi o‘z uyida 3:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan uchrashuvda Yevropa ligasidagi debyutini qilgan[8].
Blackpool
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilning 3-iyulida Zenjov Chempionat klubi Blackpool bilan bir yillik shartnoma imzoladi[9][10]. U 9-avgust kuni Nottingham Forestga qarshi safar oʻyinida 0:2 hisobida magʻlub boʻlgan holda klubdagi debyutini oʻtkazdi[11]. 2014-yilning 2-dekabrida Zenjov shartnomani bekor qilish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishgach, Blackpoolni tark etdi[12][13].
Torpedo Moskva
[tahrir | manbasini tahrirlash]Blackpooldan ketganidan soʻng, Zenjov 2015-yilning 12-yanvarida Rossiya Premyer-ligasining Torpedo Moskva klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi[14]. U Rossiya Premyer-ligasidagi debyutini 2015-yilning 9-martida Amkar Perm klubiga qarshi safarda 0:0 hisobida kechgan oʻyinda o‘tkazgan[15].
Gabala
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilning 16-iyunida Zenjov ikki yillik shartnoma asosida Ozarbayjon Premyer-ligasining Gabala klubiga oʻtdi[16]. U klubdagi debyutini 2015-yilning 2-iyulida Yevropa ligasi saralashining birinchi o‘yinida Dinamo Tbilisiga qarshi (1:2) o‘tkazdi. 2016-yil 19-mart kuni Zenjov Qarabagʻga qarshi 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan safar oʻyinida Gabalaning 500-golini kiritdi[17].
Cracovia
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilning 27-iyunida Zenjov Ekstraklasa klubi Cracovia bilan bir yillik shartnoma imzoladi[18]. U Ekstraklasadagi debyutini 2017-yil 15-iyulda Cracovianing 2017—2018-yilgi mavsumdagi birinchi o‘yinida o‘tkazgan va Piast Gliwickiga qarshi kechgan ushbu o‘yinda o‘z uyida 1:1 hisobida durang o‘ynagan[19].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zenjov xalqaro miqyosdagi ilk faoliyatini 2005-yilda 17 yoshgacha boʻlganlar darajasidagi Estoniya terma jamoasida boshlagan. U 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlganlar darajasidagi milliy terma jamoalarni ham himoya qilgan.
Zenjov Estoniya terma jamoasi safidagi debyutini 2008-yilning 20-avgustida Malta ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘rtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi. U birinchi xalqaro golini 2008-yil 6-sentyabrda, milliy terma jamoadagi ikkinchi oʻyinida kiritdi va jamoasi bilan 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi doirasidagi Belgiyaga qarshi kechgan safar oʻyinida 2:3 hisobida magʻlub boʻldi[20].
2022-yil 23-sentyabrda Zenjov Millatlar ligasi doirasida Maltaga qarshi kechgan o‘yinda Estoniya terma jamoasi safidagi 100-uchrashuvini o‘tkazdi[21].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Liga kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Pärnu Pataljon | 2005 | II liiga | 19 | 27 | — | — | — | — | 19 | 27 | ||||
Vaprus | 2006 | Meistriliiga | 17 | 8 | 0 | 0 | — | — | — | 17 | 8 | |||
TVMK | 2006 | Meistriliiga | 12 | 3 | 1 | 3 | — | 2 | 0 | 2 | 0 | 17 | 6 | |
2007 | 22 | 14 | 2 | 1 | — | 2 | 0 | 2 | 0 | 28 | 15 | |||
Jami | 34 | 17 | 3 | 4 | — | 4 | 0 | 4 | 0 | 45 | 21 | |||
Karpati Lviv | 2007—2008 | Ukraina Premyer-ligasi | 11 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | 11 | 0 | |||
2008—2009 | Ukraina Premyer-ligasi | 28 | 1 | 1 | 0 | — | — | — | 29 | 1 | ||||
2009—2010 | 25 | 3 | 1 | 0 | — | — | — | 26 | 3 | |||||
2010—2011 | 18 | 4 | 0 | 0 | — | 10 | 2 | — | 28 | 6 | ||||
2011—2012 | 17 | 1 | 2 | 0 | — | 3 | 1 | — | 22 | 2 | ||||
2012—2013 | 10 | 3 | 2 | 2 | — | — | — | 12 | 5 | |||||
2013—2014 | 28 | 9 | 2 | 0 | — | — | — | 30 | 9 | |||||
Jami | 137 | 21 | 8 | 2 | — | 13 | 3 | — | 158 | 26 | ||||
Blackpool | 2014—2015 | Chempionat | 8 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | — | 9 | 0 | ||
Torpedo Moskva | 2014—2015 | Rossiya Premyer-ligasi | 10 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | 10 | 0 | |||
Gabala | 2015—2016 | Ozarbayjon Premyer-ligasi | 26 | 2 | 2 | 0 | — | 14 | 2 | — | 42 | 4 | ||
2016—2017 | 21 | 6 | 4 | 0 | — | 13 | 4 | — | 38 | 10 | ||||
Jami | 47 | 8 | 6 | 0 | — | 27 | 6 | — | 80 | 14 | ||||
Cracovia | 2017—2018 | Ekstraklasa | 27 | 3 | 1 | 0 | — | — | — | 28 | 3 | |||
Faoliyati jami | 299 | 84 | 18 | 6 | 1 | 0 | 44 | 9 | 4 | 0 | 366 | 99 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2017-yil 15-dekabr holatiga koʻra[24]:
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Estoniya | |||
2008-yil | 3 | 1 | |
2009-yil | 8 | 2 | |
2010-yil | 4 | 1 | |
2011-yil | 6 | 1 | |
2013-yil | 11 | 2 | |
2014-yil | 8 | 0 | |
2015-yil | 8 | 2 | |
2016-yil | 6 | 1 | |
2017-yil | 10 | 3 | |
Jami | 64 | 13 |
Xalqaro gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2021-yil 8-oktyabr holatiga koʻra. Estoniya hisobi birinchi boʻlib koʻrsatilgan, hisob ustuni Zenjovning har bir golidan keyingi ochkoni koʻrsatadi[24]:
No. | Sana | Joy | Ishtirok | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2008-yil 6-sentyabr | Stade Maurice Dufrasne, Lyej, Belgiya | 2 | Belgiya | 1-1 | 2-3 | 2010 FIFA Jahon kubogi saralashi |
2 | 2009-yil 28-mart | Respublika stadioni, Yerevan, Armaniston | 5 | Armaniston | 2-1 | 2-2 | 2010 FIFA Jahon kubogi saralashi |
3 | 2009-yil 6-iyun | A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya | 7 | Ekvatorial Gvineya | 3-0 | 3-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
4 | 2010-yil 3-sentyabr | A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya | 12 | Italiya | 1-0 | 1-2 | UEFA Euro 2012 saralashi |
5 | 2011-yil 6-sentyabr | A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya | 20 | Shimoliy Irlandiya | 3-1 | 4-1 | UEFA Euro 2012 saralashi |
6 | 2013-yil 15-noyabr | A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya | 31 | Ozarbayjon | 1-1 | 2-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
7 | 2013-yil 19-noyabr | Rheinpark stadioni, Vaduts, Lixtenshteyn | 32 | Lixtenshteyn | 1-0 | 3-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
8 | 2015-yil 14-iyun | A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya | 44 | San Marino | 1-0 | 2-0 | UEFA Euro 2016 saralashi |
9 | 2-0 | ||||||
10 | 2016-yil 31-avgust | Pärnu Rannastaadion, Pyarnu, Estoniya | 51 | Malta | 1-0 | 1-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
11 | 2017-yil 28-mart | A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya | 56 | Xorvatiya | 3-0 | 3-0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
12 | 2017-yil 12-iyun | Skonto stadioni, Riga, Latviya | 58 | Latviya | 1-1 | 2-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
13 | 2017-yil 7-oktyabr | Estádio Algarve, Faro/Loulé, Portugaliya | 61 | Gibraltar | 3-0 | 6-0 | 2018 FIFA Jahon kubogi saralashi |
14 | 2021-yil 8-oktyabr | A. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya | 90 | Belarus | 2-0 | 2-0 | 2022 FIFA Jahon kubogi saralashi |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Individual
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Estoniyada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2008, 2010
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Estonia - S. Zenjov - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“.
- ↑ „Zenjov, Sergei“ (Estonian). ESBL.
- ↑ „TVMK alistas vutihooaja avalahingus Vapruse“ (Estonian). Delfi Sport (2006-yil 9-mart).
- ↑ „TVMK-l kaks uut mängijat, Trans kutsus Kuliki tagasi“ (Estonian). Delfi Sport (2006-yil 6-iyul).
- ↑ „Eesti noortekoondise ründaja Zenjov siirdus Ukraina kõrgliigasse“ (Estonian). Postimees (2008-yil 27-fevral).
- ↑ „Карпаты подписали эстонца“ (Ukrainian). Football.ua (2008-yil 28-fevral).
- ↑ „Sergei Zenjovi koduklubi alistas Ukrainas FC Harkivi“ (Estonian). Postimees (2008-yil 3-mart).
- ↑ „Dortmund's late rally denies brave Karpaty“. UEFA (2010-yil 16-sentyabr).
- ↑ „Seasiders Sign Sergei Zenjov“. Blackpool F.C. (2014-yil 3-iyul).
- ↑ „Blackpool: Sergei Zenjov becomes Jose Riga's first signing“. BBC Sport (2014-yil 4-iyul).
- ↑ „Nottingham Forest 2–0 Blackpool“. BBC Sport (2014-yil 9-avgust).
- ↑ „Sergei Zenjov Departs“. Blackpool F.C. (2014-yil 2-dekabr).
- ↑ „Blackpool: Sergei Zenjov leaves club by mutual consent“. BBC Sport (2014-yil 2-dekabr).
- ↑ „Sergei Zenjov siirdub Venemaa kõrgliigasse“ (Estonian). ERR Sport (2015-yil 12-yanvar).
- ↑ „Zenjov tegi Torpedo ridades Venemaa kõrgliigas debüüdi“ (Estonian). ERR Sport (2015-yil 9-mart).
- ↑ „Sergei Zenjov siirdub Aserbaidžaani“ (Estonian). ERR Sport (2015-yil 16-iyun).
- ↑ „Gabala hit 500th goal“. Gabala FC (2016-yil 19-mart).
- ↑ „Sergei Zenjov liitus Poola kõrgliigaklubiga“ (Estonian). ERR Sport (2017-yil 27-iyun).
- ↑ „Eestlased välismaal: Zenjov lõi Poola liiga avavoorus värava“ (Estonian). Estonian Football Association (2017-yil 17-iyul).
- ↑ „Belgium 3–2 Estonia“. FIFA (2008-yil 6-sentyabr). 2017-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Gunnar Leheste. „100 mängu klubisse astunud Zenjov: vahel mõtlen, et lõpetaks, aga järgmisel hommikul mõtlen ümber“ (et). Delfi Sport (2022-yil 23-sentyabr).
- ↑ „Sergei Zenjov“ (Estonian). Estonian Football Association.
- ↑ „S. Zenjov“. Soccerway.com.
- ↑ 24,0 24,1 „Sergei Zenjov“ (Estonian). Estonian Football Association.