Kontent qismiga oʻtish

Sergey Bodrov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
kichik-Sergey Bodrov
Tavalludi
Sergey Sergeyevich Bodrov

27-dekabr 1971
Vafoti 20-sentyabr 2002
Karmadon darasi, Shimoliy Osetiya, Rossiya
Fuqaroligi  SSSR Rossiya
Kasbi kinorejissor, ssenarist, teleboshlovchi, aktyor
Faoliyat yillari 1986-2002
Otasi Sergei Bodrov

Sergey Sergeyevich Bodrov (1971-yil 27-dekabr, Moskva, RSFSR, SSSR — 2002-yil-20-sentabr, Karmadon darasi, Shimoliy Osetiya, Rossiya), kichik Sergey Bodrov nomi bilan ham tanilgan, — sovet va rus kino aktyori, kinorejissor, ssenarist va teleboshlovchi, sanʼat fanlari nomzodi; Rossiya Federatsiyasi Davlat mukofoti laureati (1997).

„ Kavkazskiy plennik“ (1996), „Brat“ (1997), „Stringer“ (1998), „Vostok-Zapad“ (1999), „Brat 2“ (2000) va „Medvejiy potseluy“ (2002) filmlarida bosh rollarni ijro etgan. „Marafon-15“, „Vzglyad“ telekoʻrsatuvlari va „Posledniy geroy“ loyihasining birinchi mavsumi boshlovchisi; „Syostri“ (2001) va „Svyaznoy“ (tugallanmagan, 2002) filmlarining rejissori va ssenariy muallifi; „Morfiy“ filmining ssenariy muallifi (2008-yilda chiqgan).

2002-yil 20-sentyabrdan beri Bodrov Shimoliy Osetiyaning Karmadon darasida Kolka muzligiga safar paytida suratga olish guruhi bilan birga rasman bedarak yoʻqolgan hisoblanadi, u yerda „Svyaznoy“ filmi suratga olinayotgan edi. Umumiy hisobda, muzlik 120 dan ortiq odam va ikkita lagerni oʻz ostida yashiringan.

Sergey Bodrov bolalik va yoshlik haqida aytgan mashhur gaplar:

Bolalik — bu inson hayotidagi eng muhim va eng gʻaroyib davr[1]

.

Sen kim boʻlishing hayotning birinchi oʻn olti yilida maʼlum boʻladi[2]

.

1971-yil 27-dekabrda Moskvada tugʻilgan. Bolaligida Sergey Bodrov yolgʻiz qolishni yaxshi koʻrardi va oʻzi bilan yaxshi „kelishardi“"[1]. Turli nashrlar Sergey axlat tashuvchi mashina haydovchisi boʻlishni va toʻq sariq rangli mashinani haydashni xohlaganligini yozadi[2].

Sergey Bodrovning avtografi.

Dunyoqarashiga taʼsir qilgan hayotiy vaziyatlar va yoshlik yillari haqida Sergey „Mavzu boʻyicha insho: menga taʼsir oʻtkazgan sakkizta voqea yoki men qanday qilib yaxshi inson boʻlib ulgʻaydim“ deb yozgan.

Tashqi tasvir
Onasi
Xotini va bolalari
Singlisi va otasi
  • Otasi — Sergey Vladimirovich Bodrov (1948-yil 28-iyunda tugʻilgan), rejissor.
  • Onasi — Valentina Nikolaevna Bodrova, sanʼatshunos, Moskva davlat universitetining tarix fakulteti oʻqituvchisi. Ular 1976-yildan beri katta-Bodrov bilan ajrashgan[3].
    • Opasi — Asiya Sergeevna (Asya) Bodrova-Bekkulova[4]. Katta-Sergey Bodrovning va qozogʻistonlik rassom va galereya egasi Ayjan Bekkulovaning qizi.
  • Ona tomondan buvisi — Lidiya Grigoryevna, pediatr.
    • Xotini — Svetlana Bodrova (Sitina, Mixaylova), Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti bitiruvchisi. 2000-yildan 2014-yilgacha u „Jdi menya“ dasturida rejissor boʻlib ishladi[5], keyin „Neputyovie zametki“ dasturiga oʻtdi[6].
      • Qizi — Olga Sergeyevna Bodrova (1998-yil 24-iyulda tugʻilgan).
      • Oʻgʻli — Aleksandr Sergeevich Bodrov (2002-yil 27-avgustda tugʻilgan).

1997-yilda Sergey boʻlajak rafiqasi Svetlana bilan tanishdi („TV-6“ kanalida „Akuli pera“ (Qalam akulalari) va „Kanon“ teledasturlarining muallifi)[5]. Hammasi Kubada boshlandi, u yerga Svetlana, Sergey va boshqa koʻplab telejurnalistlar yoshlar va talabalar festivalini yoritish uchun borishgan. Ular 1998-yilda turmush qurishdi va keyingi hayotlari hech qachon jamoatchilik eʼtiboriga tushmadi. Tez orada Bodrovlar oilasida qiz farzand — Olya paydo boʻldi, Sergeyning yoʻqolishidan bir oy oldin esa ularning oʻgʻli Aleksandr tugʻilgandi.

Men har doim, bolaligimdan xotinimni qanday koʻrnishga ega boʻlishini bilganman. Koʻrinishidan, bu haqida koʻp oʻylaganman. Uni uchratganimda esa, tabiiyki, darrov tanidim va uylandim. Faqat, men shaxsiy hayotim haqida gapirishni yaxshi koʻrmayman. Oila, yaqin insonlar — erkinlik darajasi ekanini aytaman, xolos. Erkinlik esa insondan bor boʻlgan eng muhim narsadir.

— Sergey Bodrov

Sergey 1265-sonli fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan maktabda oʻqigan. Oʻqituvchilarning aytishicha, u oʻrtacha darajada harakatchan va injiq edi, lekin u hech qachon jahldor yoki tarbiyasiz boʻlmagan[7].

Maktab Sergeyga bayroqdorlik vazifasini ishonib topshirdi. Har chorshanbada S. Bodrov sinfi darsdan keyin „Udarnitsa“ zavodiga shirinliklarni qadoqlash uchun borardi. Toʻrt soat davomida maktab oʻquvchilari shirinliklarni qutilarga solib, keyin bogʻlashardi. Ular ishlab topgan pullari maktabga berilardi va ular ekskursiyalar uyushtirishga sarflanardi.

2012-yil dekabr oyida maktabda Sergey Bodrov xotirasiga yodgorlik lavhasi oʻrnatildi.

Bodrov VGIKga kirishni xohladi, lekin otasi unga kino ehtiros ekanligini va agar u yoʻq boʻlsa, uni yoki kutish yoki abadiy unutish kerakligini tushuntirdi[2]. Oʻzida bunday ehtirosni his qilmagan Sergey oʻz rejasidan voz kechishga majbur boʻldi[2].

1989—1994-yillarda M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tarix fakultetining sanʼat tarixi va nazariyasi boʻlimida Venetsiya Uygʻonish davri rassomchiligi boʻyicha tahsil olgan. Sergey universitetni qizil diplom bilan tugatdi va aspiranturada qoldi, lekin u na muzeyda, na kutubxonada ishlamasligiga ishonchi komil edi[2]. Universitetda Sergey, uning soʻzlariga koʻra, goʻzallikni uni oʻrab turgan oddiy narsalarda koʻrishni oʻrgangan[2]. Va allaqachon taniqli aktyor va teleboshlovchiga aylangan S. Bodrov 1998-yilda Moskva davlat universitetida sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor V. N. Grashchenkovning ilmiy rahbarligida „Venetsiya Uygʻonish davri rassomchiligida arxitektura“ (Mutaxassislik 07.00.12 — Sanʼat tarixi) mavzusida sanʼatshunoslik fanlari nomzodi ilmiy darajasiga nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Rasmiy opponentlar — sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor M. I. Svederskaya, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi, dotsent E. M. Kukina. Yetakchi tashkilot — Moskva davlat pedagogika universiteti.

1991-yilda Sergey Italiyada sanʼat sohasida tahsil oldi. U mahalliy kurort shaharchasidagi plyajda qutqaruvchi sifatida ishga joylashdi va mamlakat boʻylab sayohat qilish uchun pul topishga muvaffaq boʻldi. Keyingi uch yoz davomida Bodrov shu ish uchun bu yerga kelardi va kursdoshlari orasida omadli hisoblanardi[8].

Intervyularning birida Sergeydan, olgan taʼlimi hayotda qoʻl keldimi yoki yoqligini haqida soʻrashganda, u shunday javob bergan:

Albatta. Mana qandaydir shaharga bording. Bu shahar haqida odatda nima bilasan? U yerda markaziy maydon, qandaydir doʻkonlar bor… Men esa u yerdagi muzeyda, unga termulib butun kunni oʻktazish mumkin boʻlgan bir kartina borligini bilaman. Va bu bir kun sening hayotingni boyitadi.

Ilk syomkalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kichik Bodrovning kinodagi birinchi tajribalari otasining „Ya tebya nenaviju“ (1986) va „Svoboda — eto ray“ (1989) kabi filmlarida kichik epizod rollari boʻlgan. Ikkinchi filmda Sergey bir lahza ekranda paydo boʻlgan, egnida yorliqli kulrang xalat bilan oʻsmir huquqbuzar obrazida, qoʻlga olingan bosh qahramonning yonida oʻz taqdirini kutgan holda oʻtiradi. Sergey Bodrov universitetda oʻqib yurganida otasining 1992-yilda suratga olingan „Beliy korol, krasnaya koroleva“ filmida mehmonxonada pochta tarqatuvchi shveytsar sifatida epizod rolini oʻynagan.

= "Kavkazskiy plennik"

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995-yilda Sergeyning otasi „Kavkazskiy plennik“ filmini suratga olish uchun oʻz guruhi bilan Dogʻistonga joʻnaydi. Sergey ham birga borishni soʻradi va istalgan ishni qilishga rozi edi, ammo tasodifan bosh rollardan birining (oddiy askar Ivan Jilin) ijrochisiga aylandi. Filmda shartnoma asosida xizmat qilayotgan Aleksandr Ryapolov rolini ijro etgan Oleg Menshikovning sherigiga aylandi. Film Kann kinofestivalida FIPRESSI yutugʻini, Sochi festivali gran-prisini, Karlovy Vary festivalida „Kristall globus“ gran-prisi va hakamlarning ekumenik sov’gasini, eng yaxshi ssenariy uchun „Feliks“ mukofotini, Rossiya kino-pressasining „Yilning eng yaxshi filmi“ yutugʻini, Moskvadagi „Stalker“ kino-festivalining „Stalker“ Gran-prisini Sidney festivalida „tomoshabinlar qiziqishi“ yutugʻini qoʻlga kiritdi. Sochi kino-festivalida Kichik S. Bodrov Menshikov bilan birgalikda „hamkorlikdagi eng yaxshi rol“ yutugʻini qoʻlga kiritdi, Abdraimov bilan birga kino-pressaning „hamkorlikdagi eng yaxshi rol“ yutugʻini, „Boltiq marvaridi“ festivalida „eng yaxshi aktyorlik debyuti“ yutuqlarini oldi. 1997-yilda otasini bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasi Davlat mukofoti laureati boʻldi. Sergey esa oʻzini sanʼatkor deb hisoblamasdi:

"Men doim va hamma yerda aytaman:

„Men sanʼatkor emasman, men sanʼatkor emasman, — men sanʼatkor emasman!“ Menga esa: „Yoʻq, sen sanʼatkorsan!“ Men esa: „Sanʼatkor — bu umuman boshqa narsa. Ular boshqa odamlar, ularda boshqa konstitutsiya. Rol — men uchun kasb emas. Bu bajariladigan ish-harakat“.

= "Vzglyad" teledasturi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-yil oktyabr oyida Sergey „ORT“ telekanalida „Vzglyad“ dasturining boshlovchisi boʻldi. Bu yerda u 1999-yilning avgustigacha ishladi.

S. Bodrovning bu davrdagi xotiralaridan biri qizil sochli bezori bolakay haqida edi. U Qorbobodan katta akasi uchun musiqa asbobini soʻragan, chunki u oʻziniki yoʻqotib qoʻyganidan juda xavotirda edi. Sergey va uning „Vzglyad“dagi hamkasblari „yoʻq qilish“ boʻlimida toʻplangan pochta xatlaridan Qorbobo uchun yozilganlarini olishdi. Bolaning hovlisiga avtobus kelib toʻxtadi, undan orkestr tushib musiqa chala boshladi. Bola tinglash uchun tashqariga chiqdi va S. Bodrov u bilan suhbat davomida maʼlum boʻlishicha, u akasiga yordam berishni judayam xohlaydi…

Sergey loyihani 1999-yilda tark etdi — rasmiy bayonotlarga koʻra, „Brat 2“ filmida suratga tushish uchun. Bundan tashqari, boshlovchi dastur davomida yigʻilgan hissiy bosimni koʻtara olmagan degan qarashlar ham mavjud.

A. Kosulnikov shunday deydi: "Oʻylaymanki, dasturda ishlash davomida Sergey atrofdagi odamlarning hissiyotlari haqida haddan tashqari katta axborot dozasini qabul qilgan. U rejissor otasi, sanʼatshunos onasi bor normal moskvalik yigitcha, aspirant edi. U yopiq Moskva dunyosida yashar edi, mamlakat qanday tashkil topgan, nima bilan yashaydi — u bu haqida koʻp narsani bilmasdi va boshdan kechirmagan edi. Bu yerda esa hammasi birdan sodir boʻldi. Bularni anglash unga kerak emasdi, demayman, kerak edi. Lekin, balki bunday hajmlarda va boʻlaklarda emas.

Sergeyning oʻzi esa dasturdan „yaxshi maktab hissi“ bilan ketganini aytadi:

"Men shuncha odamlar bilan tanishdim, shuncha hikoyalar eshitdim, shunchalik koʻp xatlarni oʻqidimki — boshqa ishda bu shunchaki imkonsiz. Bunda juda toʻgʻri zaryad mavjud. Ikkita-uchta odamlarga yordam ber va shuning oʻzi dastur bekordan bekorga mavjud emasligini koʻrsatadi. Lekin bunga maʼsuliyat bilan yondashish kerak.

1996-yilda Sochi kinofestivalida Sergey rejissor Aleksey Balabanov bilan tanishishi uni STV studiyasiga olib keldi. Aynan shu studiyada premyerasi 1997-yil 12-dekabrda Rossiyada boʻlgan „Brat“ filmi suratga olingan (jahon premyerasi 1997-yil 17-mayda Fransiyada boʻlib oʻtgan).

Sergey filmda Danila Bagrov rolini — bosh rolni oʻynadi.

Tanqidchilar kartinani iliq qabul qilishdi: Danila Bogrovni „xalq qahramoni“, filmning oʻzini esa „eng yangi kinematografiyaning manifesti“ deb atashdi. Biroq, baʼzi ommaviy axborot vositalari filmni irqchilik va rusofobiyada ayblashdi. Bodrovning oʻzi esa qahramonini shunday baholaydi:

Bilaman, Danilani koʻpincha ibtidoiy, oddiy ekanligida ayblashadi… Xoʻsh, men qisman bunga qoʻshilaman. Ammo, mening ongimda unga nisbatan shunday metafora paydo boʻladi: oziqlanish va koʻpayishdan boshqa hali hayot haqida hech nimani tushunmaydigan, gʻor ichidagi gulxan atrofida oʻtirgan ibtidoiy odamlar koʻz oldim keladi. Va tasodifan ularning ichidan bittasi turadi va quyidagi oddiy soʻzlarni aytadi: oʻzinikilarni himoya qilish kerak, ayollarni hurmat qilish kerak, aka-ukani himoya qilish kerak.

Albatta, men Danila Bagrov kabi yoʻl tutolmayman. Nimadir halal beradi. U esa shunday qiladi. Va bu urushda yana kimdir ham shunday qiladi. Demak, biz hech boʻlmasa, qalban ular bilan birga boʻlishimiz kerak, ular qayerdadir biz uchun nimadir qilishayotganini tushunishimiz kerak. Vatanparvarlik haqida gapirar ekanman, men faqat bitta mamlakatda yashayotgan insonlar bilan hamjihatlikni nazarda tutaman.

— „Sergey Bodrov. Bola yuzli qotil“

Shularga qaramay filmning yutuqlari eʼtirof etildi va „Brat“ Sochi festivalida Gran-pri, hakamlar hay’atining maxsus mukofoti va Turindagi xalqaro festivalda FIPRESCI mukofoti, Kottbusda ham xuddi shunday mukofotlar, Triestdagi Gran-prini oldi. Bodrov Sochi va Chikago kinofestivallarida eng yaxshi erkak roli uchun „Zolotoy Oven“ mukofotini oldi. Koʻp sonli tomoshabinlar filmni sevib qolishdi, ularning koʻplari uchun Danila Bagrov qahramon va idealga aylandi. Film uchun musiqa Nautilus Pompiliusning kompozitsiyalari boʻlib, Sergeyning oʻzi ham uni tinglashni yaxshi koʻrardi[9].

1998—1999-yillarda Sergey Bodrov ikkita rol oʻynadi. Birinchisi, P. Pawlikowskining „Stringer“ filmidagi Vadim roli edi.

= "Vostok-Zapad"

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu davrning ikkinchi roli Regis Varnierning „Sharq-Gʻarb“ filmidagi rolidir. Sergey baxtsiz er-xotin (doktor Golovin va uning rafiqasi Mari)ning kommunal kvartiradagi qoʻshnisi Sasha rolini oʻynadi.

  2000-yil 11-mayda Rossiyada „Brat 2“ filmining premyerasi boʻlib oʻtdi. Uning yaratuvchilari „Birodar 2“ gʻoyasi hazildan kelib chiqqanligini aytishadi[2]. Suratga olish ishlari Moskva, Nyu-York, Chikago va Pitsburgda boʻlib oʻtdi. S. Bodrov yana Danila Bagrov rolini oʻynadi.

Kinotanqidchilik tomonidan „Brat 2“ ham birinchi film kabi xayrixohlik bilan kutib olindi, „Afisha“ jurnali retsenziyasida shunday yozilgan edi: „Balabanov qanday kerak boʻlsa, shunday suratga oladi“. Ammo, xuddi oʻtgan safargidek, baʼzi nashrlar filmni irqchilik gʻoyalarini ifodalashda va Ukraina hamda Amerika xalqini haqorat qilishda aybladilar. Sergey Bodrovning oʻzi esa Amerika haqidagi taassuroti savolida shunday javob bergan:

Biz amerikalar yomon ekanligiga emas, balki oʻzimizni ularga xafa qildirib qoʻymasligimizga urgʻu bermoqchi edik. Bu judayam oddiy fikr, uni hamma tushuna olmasligi gʻalati. Filmda esa bu fikrni judayam yorqin koʻrsatib berishga toʻgʻri keldi, sababi bu kino. Kinoda esa hammasi bir qancha mubolagʻaliroq boʻlishi kerak.

Politsiyachi Shvarsnegger mafiyachining yogʻoch oyogʻini sugʻurib oladigan, undan esa narkotiklar sochilib chiqadigan, koʻchalarda esa ayiqlar sayr qilib yuradigan filmlarni amerikaliklar ham rossiyalik haqida suratga olishadi-ku. Xuddiki, biz butunlay tentakdek! Shunday ekan, nima sababdan biz amerikaliklarning ustidan kulish huquqiga ega emasmiz?

— Bodrovning „Aka-ukalar“ va „Opa-singillar“i

2000-yilda „Brat 2 qanday suratga olingan“ filmi ham chiqdi, Russobit-M kompaniyasi „ Brat 2: Obratno v Ameriku“ sarguzasht uslubidagi oʻyinni chiqardi, DANA Music studiyasi „Brat“ filmiga saundtrekni chiqardi va Real Records kompaniyasi ikkinchi qism uchun saundtrek diskini chiqardi. Moskvaning „Olimpiya“ sport majmuasida va Sankt-Peterburgning Muz saroyida kontsertlar boʻlib oʻtdi, ularda „Brat 2“ filmining saundtreklariga aylangan qoʻshiqlar yangradi.

Sergey Bodrov xotirasiga, uning xarakteri haqida, „Brat Danila“ yodgorligini yaratish rejalashtirilgan — „Brat“ va „Brat-2“ filmlari qahramonining yodgorlik haykalini oʻrnatish loyihasi.

2000-yilda kichik Bodrov otasining „Quickie. Davay sdelaem eto po-bistromu“ filmini suratga olishda ishtirok etish uchun Kaliforniyaga boradi. „Quickie“da Sergey Dima rolini oʻynaydi — kelib chiqishi rus boʻlgan boy amerikalik Oleg (Vladimir Mashkov)ning qoʻriqchilari boshligʻi.

"Quickie" filmida suratga olish ishlaridan boʻsh vaqtlarida S. Bodrov oʻzining birinchi „Syostri“ filmi uchun ssenariy yozgan. Film gʻoyasini unga otasi bir necha soʻz bilan aytib bergan[10]. Shundan soʻng, Sergey ikki hafta ichida ssenariyni yozdi va toʻrt kundan keyin filmni suratga olish boshlandi. Filmda dastlab „Doch bandita“, „Tantsovshitsa jivota“ va „Mladshiy“ kabi nomlar boʻlgan.

Syujet bir onaning boshqa-boshqa erkaklardan boʻlgan qizlari, ikki opa-singillar — Sveta (13 yosh) va Dina (8 yosh) yaqinlashishi haqidagi hikoyaga asoslangan. Dinaning otasi va Svetaning oʻgay otasi Alik qamoqdan chiqib, uyiga sevimli xotini va qizining oldiga qaytib keladi, ammo banditlar uni umumiy gʻaznani oʻgʻirlaganlikda asossiz gumon qilishadi. Ular Dinani oʻgʻirlash bilan qoʻrqitib, pulni qaytarib berishni talab qilishadi. Alik oʻgay qizi Svetaga Dinaga gʻamxoʻrlik qilishni buyurib, ularni yashiradi. Biroq, Svetaning beparvoligi (u buvisini chaqiradi) tufayli banditlar Dina yashirilgan kvartirani topadilar. Opa-singillar uchun ov boshlanadi.

Film uchun musiqa sifatida „Kino“ va „Agata Kristi“ guruhlari kompozitsiyalari tanlangan.

Sergeyning oʻzi Danila Bagrovning epizodik rolini oʻynadi, bu rol uning uchun yozilmagan, ammo oʻshanda boshqa aktyor topilmagan[11].

Film premyerasi 2001-yil 10-mayda boʻlib oʻtgan. Sochida boʻlib oʻtgan festivalda film „Eng yaxshi debyut uchun“ Gran-prisiga sazovor boʻldi, bosh rollarni ijro etganlar esa „Eng yaxshi aktyorlik dueti uchun“ mukofoti va hakamlar hay’ati diplomini olishdi.

= "Posledniy geroy" teleloyihasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yilning kuzida Sergey Bodrov „Posledniy geroy“ teleshousining boshlovchisiga aylandi. Oʻn olti kishi Panama qirgʻogʻidagi orollarning birida qoldirilgan va har xil sinovlardan oʻtishgan, oʻyinda qolgan soʻnggi ishtirokchi esa gʻolib deb topilgan hamda asosiy yutuq — uch million rublni qoʻlgan kiritgan. Sergey oʻyinni boshqargan va sharhlab borgan. U teleshou haqida quyidagi gaplarni aytgan:Oʻylaymanki, ochlik va jismoniy mavjudlik masalasi ular uchun juda jiddiy ravishda koʻndalang qoʻyiladi. Ammo menimcha hayot uchun kurash boshqa narsada. Bu insoniy boʻlmagan hayot sharoitlarida oʻz insoniyligingni saqlab qolish uchun sen ruhan qanchalik kuchli ekanligingda va bu menga ham tegishli.

Aleksey Balabanov Sergey Bodrovning nafaqat hamkasbi, balki yaqin doʻsti edi va sodir boʻlgan fojiadan juda qaygʻuga edi, chunki qor koʻchkisi ostida Bodrovdan tashqari uning suratga olish guruhi ham halok boʻldi. Voqeadan keyin, u hayot tugaganini aytdi. Bodrov guruhi qor koʻchkisi ostida qolgan oʻsha fojiali kunda Balabanov suratga olish maydonchasida boʻlishi kerak edi, ammo oxirgi daqiqada nimadir uning ketishiga xalaqit bergan. Balabanov oʻzini Bodrov guruhi bilan birga oʻlganiga ishongan. Ayniqsa, keyingi besh yil uning uchun ogʻir kechdi[12][13].

Tashqi mediafayllar
  • Aleksandr Nevskiy maydonida Sankt-Peterburgdagi Sergey Bodrovning portreti, 1b, yongan. LEKIN. " Lenenergo " OAJ transformator podstansiyasida graffiti HoodGraff badiiy guruhi rassomlari tomonidan yaratilgan. Fuqarolarning fikriga qaramay, 2020-yil 25-avgust Sankt-Peterburg GATI devorni boʻyash va tasvirni uch kun ichida olib tashlashni buyurdi[14]. Bir necha kun ichida graffiti tiklandi, ammo portret boshqa fotosuratdan koʻchirildi.
  • Sergey Bodrovning portreti Voronejdagi „Voronejenergo“ OAJ transformator podstansiyasidagi Marshal Odintsov koʻchasi, 8T[15].

Musiqada:

Roʻyxatda keltirilgan qoʻshiqlarning baʼzilari Bodrov vafotidan keyin xotirasiga yozilgan, baʼzilari esa tirikligida yozilgan, ammo musiqachilar tomonidan uning xotirasiga bagʻishlangan kontsertlarda ijro etiladi. Odatda, chiqishlaridan oldin sahnadagi musiqachilar Sergey Bodrov haqida iliq soʻzlar aytadilar, konsert ekranida uning filmlaridan fotosuratlar va kadrlar namoyish etiladi.

Vyacheslav Butusov „Echolov“[16], „Yirtqich“
Irina Saltikova „Uka“
" B-2 " „Boʻrilar“, " Polkovnikga hech kim yozmaydi "
plastik „Muzliklar“
" Semantik gallyutsinatsiyalar " „Abadiy yosh“, „Yirtqich / 2“
ST „Abadiy yosh“ (Semantik gallyutsinatsiyalar guruhi bilan birga yozilgan)
" Agata Kristi " „Oʻq“, „Hech qachon“
VLNY „Mantra“
Garri Ax Bordyur

Sergey Bodrovga bagʻishlangan kitoblar:

2003-yil Sergey Bodrov. „Oxirgi qahramon“ Muallif: Mixail Trofimenkov. Nashriyotchi: „PBYuL Bystrov, Eksmo“
2004-yil „Venetsiya Uygʻonish davri rasmidagi arxitektura“ Sergey Bodrovning ilmiy dissertatsiyasi asosida yozilgan kitob uning onasi Valentina Nikolaevna Bodrova[17] tomonidan nashr etilgan.
2007-yil Sergey Bodrov „Svyaznoy“ Nashriyotchi: „Seans / Amphora“. Kitobdan Bodrov yozgan stsenariylar, intervyularidan parchalar va u haqidagi xotiralar oʻrin olgan.

Sergey Bodrovga bagʻishlangan telekoʻrsatuvlar va hujjatli filmlar:

2005-yil " DTV " „Qanday qilib butlar ketishdi.“ Sergey Bodrov kichik.
2006-yil " Rossiya „ „Sergey Bodrov. “Kavkaz asiri“ "
2006-yil " TV markazi " „Sergey Bodrov. “Men aktyor boʻlmayman "
2007-yil " Birinchi kanal „ „Sergey Bodrov. “Oxirgi 24 soat“ "
2008-yil " NTV " „Bosh qahramon“. Sergey Bodrov kichik.
2008-yil " TV-3 " „Yashirin belgilar: “ Sergey Bodrov. U shunchaki togʻlarga ketdi "
2010-yil „NTV“ „Birinchi qon. “Soʻnggi qahramon: Sergey Bodrov "
2010-yil " Vaqt „ „Kadrdagi odam. Sergey Bodrov“
2011-yil „Birinchi kanal“ „Sergey Bodrov. “Qaerdasiz, uka? "[18]
2012-yil „Birinchi kanal“ „Karmadon. 10 yildan keyin“[19][20]
2012-yil „NTV“ "Yana bir bor salom! ". Sergey Bodrov
2013-yil „TV markazi“ Sergey Bodrov. Aleksey Pushkov bilan „Postscript“
2013-yil " Beshinchi kanal " „Hayot haqiqati“. Skript boʻyicha oʻlim
2015-yil " REN TV " „Doimiy Yosh“. Sergey Bodrovning ikki hayoti
2016-yil „Birinchi kanal“ Marshrut qurilgan. Chikago
2016-yil „Birinchi kanal“ „Birodar 2. 15 yildan keyin“ konserti
2016-yil " Yulduz „ „Sergey Bodrov. “Oʻtgan kun“[21]
2016-yil „Birinchi kanal“ „Sergey Bodrov. “Kuch nimada, uka? "[22][23]
2017-yil „TV markazi“ „Ayrilish. Sergey Bodrov“[24]
2017-yil " voy " „Sergey Bodrov — asosiy rus super qahramoni“
2020 " Tinchlik " " Sergey Bodrov: hayot jasorat "[25]
2021-yil „TV-3“ „ Bizdan boshqa hech kim boʻlmaydi „

Sovrinlar va mukofotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Sovrin Kino
1996-yil Riga-Yurmaladagi „Baltic Pearl“ IFFda eng yaxshi debyut uchun mukofot „ Kavkaz asiri“
1996-yil Sochidagi „Kinotavr“ ORFFning eng yaxshi erkak roli uchun mukofoti „Kavkaz asiri“
1996-yil Yilning eng yaxshi aktyori uchun Film Press mukofoti „Kavkaz asiri“
1997-yil Eng yaxshi aktyor uchun Nika mukofoti „Kavkaz asiri“
1997-yil Rossiya Federatsiyasi Davlat mukofoti „Kavkaz asiri“
1997-yil Sochidagi " Kinotavr " ORKFning eng yaxshi erkak roli uchun mukofoti " Aka "
1997-yil Yilning eng yaxshi aktyori uchun Oltin Aries mukofoti „Uka“
1997-yil Chikago IFFda eng yaxshi aktyor mukofoti „Uka“
2001-yil Sochidagi " Kinotavr " ORKFning eng yaxshi debyuti uchun Gran-pri " Opa-singillar "
2001-yil Jesolo Biennale mukofoti Cinema d "Venetsiya xalqaro kinofestivalining mualliflik dasturi „Opa-singillar“
2001-yil Eng yaxshi debyut filmi uchun Oltin Aries mukofoti „Opa-singillar“
2002-yil „VideoMagazin“ jurnalining „Yilning mahalliy filmi“ nominatsiyasida mukofoti „Opa-singillar“
2002-yil Karlovi Vari IFFda ijodiy fikr erkinligi uchun maxsus mukofot „Opa-singillar“
2003-yil Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor uchun Nika mukofoti " Urush "
2006-yil „MTV Russia“ kino mukofoti — „Avlod eʼtirofi“ nominatsiyasi (vafotidan keyin)

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Kino sifatida ishtirok etdi
Ishlab chiqaruvchi Ssenariy muallifi Aktyor Rol
1986-yil Men sendan nafratlanaman (televidenie filmi)
</img>
ot sporti klubidagi bola
1989-yil SIR
</img>
mahbus
1992-yil Oq shoh, qizil malika
</img>
pochtachi
1996-yil Kavkaz asiri
</img>
Oddiy Ivan Jilin
1997-yil Uka
</img>
Danila Bagrov
1998-yil Stringer
</img>
Vadik
1999-yil Sharq-Gʻarbiy
</img>
Sasha Vasilev
2000 Birodar 2
</img>
Danila Bagrov
2001-yil Tezroq qilaylik
</img>
Dima
2001-yil opa-singillar
</img>
</img>
</img>
[26][27]
2002-yil Urush
</img>
Kapitan Medvedev
2002-yil ayiq oʻpish
</img>
Misha
2002-yil Messenger (tugallanmagan)
</img>
</img>
</img>
2008-yil Morfin
</img>
Yil Guruh Ism
1997-yil Nautilus Pompilius Yomgʻir paytida
2000 " B-2 " Polkovnikga hech kim xat yozmaydi
2001-yil „ Agata Kristi „ Bullet, shuningdek, rejissor
Yil Dastur Ishtirok etish
1992-yil " Marafon-15 " yetakchi
1996—1999-yillar " Qarang " yetakchi
2000 „Birodar 2 qanday suratga olingan“ yetakchi
2000 „Birodar 2“. Olimpiadada jonli (kontsert) yetakchi
2000 Chelyabinskdagi 5 yillik yubiley festivali " KVN " „Qor gullari“ hakamlar hay’ati aʼzosi
2001-yil „Soʻnggi qahramon“ 1-mavsum yetakchi
  • Bodrov S. S. Lo spazio cittadino nella pittura veneziana del XV—XVI secc- Annali della Fac. F. M. N. dell’anno 1995, p. 16—39. Universita degli di Roma „La Sapienza“.
  • Bodrov S. S. Izobrajenie arxitekturi v venesianskoy jivopisi epoxi Vozrojdeniya // INION, № 53220 ot 21.01.1998. — 33 s.
  • Bodrov S. S. Arxitektura v venesianskoy jivopisi Vozrojdeniya[sayt ishlamaydi] (nedostupnaya ssilka): avtoreferat dis. kand. iskusstvovedeniya. / 07.00.2012. — M.: MGU, 1998. — 19 s.
  • Бодров С. С.. Архитектура в венецианской живописи Возрождения. СПб.: Подписные издания : Открытая б-ка, 2018. ISBN 978-5-9500970-1-0. 
  1. 1,0 1,1 Сергей Бодров. Связной. СПб: Амфора, 2007. ISBN 978-5-367-00488-5.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Сергей Бодров. Связной2" defined multiple times with different content
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Трофименков М.. Сергей Бодров. Последний герой. М: Эксмо, 2003. ISBN 5-94700-019-9.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Трофименков М." defined multiple times with different content
  3. Mama Sergeya Bodrova regulyarno naveщaet mesto ego gibeli. StarHit.ru.
  4. Gde ti, brat? Sergeya Bodrova jdet v Almati sestra Asya Bodrova-Bekkulova. TsentrAziya.
  5. 5,0 5,1 {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  6. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  7. Самоделова С., Великанова М., Елисов А. Прощай, брат. И если навсегда – то навсегда прощай… // Московский комсомолец. — 2002.
  8. Сапрыкина О. Сергей Бодров променял «Брата-2» на двух сестёр.
  9. Штепина О. Кумир молодого поколения // МК-Бульвар. — 2000.
  10. {{{заглавие}}}.
  11. Сапрыкина О. Сергей Бодров променял «Брата-2» на двух сестёр.
  12. Aleksey Balabanov schital, chto pogib vmeste s gruppoy Sergeya Bodrova (Wayback Machine saytida 2014-10-19 sanasida arxivlangan).
  13. „«После гибели Сережи Балабанов сломался»“ (deadlink). 2014-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-sentabr 2014-yil.
  14. Tvorchestvo i zakon // Telekanal 78, Vipusk novostey
  15. P. Irlik V Voroneje poyavilos graffiti s Sergeem Bodrovim // Моё!
  16. „Vyacheslav Butusov — „Exolov“ (Pesnya, posvyaщyonnaya Sergeyu Bodrovu) — Video — Sergey Bodrov-mladshiy — Posledniy geroy nashey epoxi“. 2011-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-may.
  17. „Ocharovanniy Venesiey.“. 2014-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-may.
  18. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  19. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  20. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  21. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  22. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  23. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  24. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  25. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.
  26. Intervyu Sergeya Bodrova.
  27. Sergey Bodrov-mladshiy v programme Leonida Parfenova „Geroy dnya“ (10.05.2001)
  • „Бодров Сергей Сергеевич“, Российское кино 1986—2006: Биофильмографический справочник: Сценаристы. Режиссёры. Актёры. М.: Материк, 2008 — 308—309-bet. ISBN 978-5-85646-131-1.  (v per.)
  • Сергей Бодров. Связной. СПб: Амфора, 2007. ISBN 978-5-367-00488-5. 
  • Трофименков М.. Сергей Бодров. Последний герой. М: Эксмо, 2003. ISBN 5-94700-019-9.