Seul koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Chilonzor |
Uzunligi | 3.1 km |
Avvalgi nomlari |
Yettiterak koʻchasi Baynalmilal koʻchasi |
Kim sharafiga nomlangan | Seul shahar |
Koʻchada joylashgan binolar |
Oliy harbiy bojxona instituti Xlebushkina nomidagi 22-mehribonlik uyi Toshkent avtomobil va yoʻllar kolleji |
Seul koʻchasi (2018-yilga qadar Baynalmilal koʻchasi deb nomlangan[1]) — Chilonzor tumanida, Bobur koʻchasi va Oqtepa maydoni oraligʻida, Oqtepa kanali sohilida joylashgan. 1945-yilda Yettiterak koʻchasi oʻrniga qoʻyilgan. Ikkinchi Jahon urushida fashistlar Gresiyani bosib olgandan soʻng ularga internatsional yordam koʻrsatilib, muayyan grek aholisi Toshkentga koʻchirilgan va hozirgi „Charxkamolon-2“ mahallasida maxsus uylar qurib joylashtirilgan. Ular yashaydigan joy norasmiy „Greklar shaharchasi“ deb atalgan (1970-yilarda ular oʻz vatanlariga qaytishgan). Ushbu koʻcha Internatsional (baynalmilal) sharafiga shunday atalgan. Koʻchaning bosh qismi ilgari kushxona, koʻn z-di bilan hozirgi Oʻzbekiston milliy bogʻi oʻrtasidan oʻtib, Olmazor koʻchasiga chiqqan. 2018-yil mayda koʻchaga Seul shahar nomi qoʻyilgan[2].
Mustaqillik davrida milliy bogʻ hududi kengaytirilib Boʻzsuvga tutashdi. Seul koʻchasi bosh qismi ham oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, Boʻzsuvning oʻng sohili boʻylab ketdi. Koʻchaning bu qismi 2005-yilgacha rekonstruksiya qilindi. Koʻchaning uzunligi 3,1 km. Seul koʻchasining Oqtepa kanalidan oʻtgan qismida koʻprik, aynan shu joyda Bunyodkor shohkoʻchasi boʻylab yoʻloʻtkazgich qurilgan. Seul koʻchasi endi koʻprikdan boshlanib Oqtepa kanalining chap sohili boʻylab boradi. Koʻchasining chap tarafida „Charxkamolon-2“ va „Charxkamolon-3“ mahallalari aholisining shaxsiy uylari qurilgan. Kanal sohili obod va salqin boʻlganligi uchun oʻziga xos sayilgohga aylangan. Kanalning oʻng sohili (Qozirabot 2-tor koʻchasi)da Oliy harbiy bojxona instituti binosi qurilishi munosabati bilan 2002-yil may oyida Seul koʻchasidan unga oʻtadigan koʻprik qurildi[3].
Koʻcha yoʻnalishida Oʻzbekiston milliy bogʻi, Xlebushkina nomidagi 22-mehribonlik uyi, maktab, Toshkent avtomobil va yoʻllar kolleji joylashgan. Koʻcha yaqinida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, "Milliy bogʻ" metro bekati bor.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Улицу Байналмилал в Ташкенте переименуют в честь Сеула“ (ruscha). Gazeta (5-aprel 2018-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Переименование названий улиц в Ташкенте“. www.goldenpages.uz.
- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.