Kontent qismiga oʻtish

Sevginator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sevginator

Film posteri
Rejissyor(lar) Abduvohid Gʻaniyev
Prodyuser(lar) Rustam Saʼdiyev
Ssenariynavis(lar) Shoira Gʻiyosova
Rollarda Manzura Yoʻldosheva
Ulugʻbek Qodirov
Murod Rajabov
Shafoat Rahmatullayeva
Botir Muhammadxoʻjayev
Yulduz Hamidova
Aziz Rametov
Qahramon Abdurahimov
Bosit Rahmatov
Dildora Hoshimova
Farruh Komilov
Lola Ergasheva
Ahmad Berdimurodov
Farruh Soipov
Shuhrat Yulliyev
Bastakor(lar) Doniyor Aʼzamov
Kinematografiya Oʻzbekkino
Studiya(lar) „Davr“
Chiqarilgan sanasi 2007-yil
Davomiyligi 103 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Sevginator — 2007-yilda rejissyor Abduvohid Gʻaniyev tomonidan suratga olingan komediya va fantastika janridagi oʻzbek filmi. Shoira Gʻiyosova ssenariysi asosida suratga olingan filmda bosh rollarni Manzura Yoʻldosheva, Ulugʻbek Qodirov, Murod Rajabov, Shafoat Rahmatullayeva, Aziz Rametov kabi aktyorlar ijro etgan[1].

Akmal ismli aspirant robot qiz yaratadi. Ammo boshqa odamlar va ijrachi xolaning qiziqishini uyg‘otmaslik uchun uni „Malomat“ deb tanishtiradi. Akmal robotning yuzini oʻzi sevib qolgan Maftuna ismli oʻqituvchiga oʻxshatib yasaydi va uni qobiliyatlarini sinab koʻrish uchun sportchilar bilan jang uyushtirdi. Robot esa ularni yer tishlatadi. Bundan soʻng esa oʻzi va Maftunani yomgʻirda konalizatsiyaga tashlagan, institutdagi hamma oʻqituvchilarni qiyratgan, ularga laqab qoʻyib mazaxlagan institutning eng yomon guruhiga „Malohat“ni dars oʻtib, oʻqituvchilik qilishga joʻnatadi. U esa institutdagi eng yomon guruhni tartibga solib qoʻyadi. Bundan institut dekani Hoshim Soqiyevich ham, Akmal ham, Maftuna ham va yana institutdagi barcha oʻqituvchilar xursand boʻlishadi.

Bu orada „Malomat“ Akmalni sevib qoladi, lekin Akmal u odam emas, robot ekanligini aytib, uni ranjitadi. „Malomat“ esa oʻziga Akmalga quyib qoʻygandek oʻxshash robot yasab oladi va buni Akmal koʻrib, xushidan ketib qoladi. Film esa 2 robotning quyidagi jumlalari bilan tugaydi:

— Malomat, men sizni sevaman!
— Men ham sizni sevaman...

Bosh rollarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suratga olish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manzura filmda suratga tushishni istamagan va rejissyor unga „Sizdek sovuq yuz boshqa yoʻq-da“ deb aytgan[6].

Film musiqasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmdagi musiqalarni kompozitor Doniyor Aʼzamov yozgan[1].