Shamsulaimma Zarangariy
Muhaddis | |
---|---|
Ism |
Shamsulaimma Zarangariy |
Tavalludi |
|
Vafoti |
1119-yil |
Falsafa maktabi |
|
Shamsulaimma Zarangariy — (?—1119) — buxorolik alloma va muhaddis. Hazrat Shamsulaimma Zarangariyning toʻliq ismi Abul Fazl ibn Muhammad az-Zarangariydir. U Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanidagi Zarangari qishlog‘ida tavallud topgan. Hazrat Zarangariy toʻgʻrisida juda ko‘p manbalarda, jumladan, As Samʼoniyning „Al Ansob“ („Nasabnoma“), Nosiriddin To‘raning „Tuhfat az-zoirin“, Abdulhakim Sharʼiy Juzjoniyning „Islom huquqshunosligi“ asarlarida maʼlumotlar berilgan[1]. U buyuk faqih, muhaddis, valiyulloh, ulug‘ tarbiyachi bo‘lgan. Hazrat Shamsulaimma Zarangariy ustozlari quyidagilardir: Shamsulaimma Abdulaziz ibn Muhammad al Halvoiy al Buxoriy, Abu Sahl Ahmad ibn Ali ad Abivardiy, Abu Hafs Umar ibn Mansur al Hofiz, Ahmad ibn Muhammad al Bujaliy al Hofiz, Maymun ibn Ali al Maymaniy, Muhammad ibn Sulaymon al Qoxushtuvoniy, Ahmad ibn Abdulloh al Xayroxayriy. Shamsulaimma Zarangariyning shogirdlari quyidagilardir: Abdulkarim as Samʼoniy, Abu Hafs Umar ibn Muhammad al Fargoniy, Abu Jaʼfar Ahmad ibn Muhammad al Halimiy, Abul Fazl Muhammad ibn Ali al Zamiy, Abu Muhammad Abdulhalim ibn Muhammad al Barroniy. Zarangariyni „Shamsulaimma“, yaʼni imomlar quyoshi deb atagan. Bu ham ulug‘ unvon hisoblanadi. Chunki tarixida barmoq bilan sanarli allomalarga bunday unvon nasib etgan. Hazrat Shamsulaimma Zarangariy Samarqand, Balx, Koson va boshqa shaharlarda bo‘lib, u yerdagilarga ilm o‘rgatgan. U 1119-yil Buxoroda vafot etgan. Qabri Buxoro shahridagi Gulobod qabristonidadir. Ushbu kishi toʻgʻrisida maʼlumotlar Atoqli oʻzbek adibi Sadriddin Salim Buxoriy kitoblarida mavjud[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Насир ад-Дин ал-Ханафи ал-Хасани ал-Бухари. Тухфат аз-заирин («Подарок паломникам») Автор перевода с таджикско-персидского, предисловия и комментариев: Халим Тураев. Toshkent: Splendid Idea, 2021 — 204-bet.
- ↑ Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet.