BYD Shark
BYD Shark | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Kompaniya | BYD |
Chiqarilgan yil | 2024 |
Tasnifi | |
Sinfi | Oʻrta oʻlchamli pikap |
Platformasi | DMO Super Hybrid |
Quvvat koʻrsatkichi | |
Motorlarlar soni | 2 |
Tezlanishi | 5,7 s |
Oʻlchamlari | |
Gʻildirak bazasi | 3260 |
Gʻildirakformulasi | 4x4 |
Uzunligi | 5457 |
Kengligi | 1971 |
Balandligi | 1925 |
Yukxonahajmi | 1450 litr |
Yuk tortishi | 835 kg |
Eksteryer | |
Kuzov turi | Pikap |
Eksteryer dizayneri | Volfgan Egger |
Eshiklar soni | 4 |
Interyer | |
Interyer dizayneri | Mishel Yauh Paganetti |
Boshqa maʼlumotlar | |
Oʻxshash modellar | Ford F-150, Chevrolet Kolorado, Ford Ranger |
BYD Shark Vikiomborda |
BYD Shark — Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlmish BYD kompnaiyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi ramali pikap. Avtomobil ilk bor 2024-yil Meksikada taqdim etilgan[1][2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu model BYD kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ilk ramali pikap hisoblanadi[3]. Avtomobil nomi akula degan ma'noni bildiradi.
Texnik koʻrsatkichlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pikap BYD DMO (Dual Mode Off-Road) super gibrid yoʻltanlamas platformasida qurilgan[3] hamda bu kabi modellar ichida eng katta kuzov oʻlchamga ega. Uning uzunligi 5457 mm, kengligi 1971 mm va balandligi 1925 mm ga teng. Gʻildiraklar bazasi 3260 mmni tashkil qiladi[4] Qiyoslash uchun, model Chevrolet Kolorado va Ford Rangerdan biroz uzunroq qilib ishlangan[1]. Pikap mustaqil old va orqa podveskalarga ega.
Quvvati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avtomobil 1,5 litrli ichki yonuv dvigateliga asoslangan gibrid tizimga ega. BYD Shark oldida 231 ot kuchi va 170 nm hamda orqada 204 ot kuchi va 340 nmlik ikkita elektr motorda harakatlanadi. Pikap dvigatel qurilmasining maksimal quvvati 435 ot kuchiga teng[2]. Avtomobil Blade seriyali litiy-temir-fosfat batareyasi bilan jihozlangan va uning sigʻimi 29,6 kVt*soatni tashkil qiladi. Gibrid 0 dan 100 km/soatgacha tezlikka 5,7 soniyada chiqa oladi. Avtomobil faqat elektr energiyasining oʻzida 100 km masofani bosib oʻtishi mumkin va 20 daqiqada 30% dan 80% gacha quvvat olishi mumkin[1]. Pikap toʻliq quvvat bilan NEDS tizimi boʻyicha 840 km masofa bosib oʻtadi[4]. Gibrid 100 km masofaga 7,5 litr yoqilgʻi sarflaydi[2]
Pikapning yukxona boʻlinmasining hajmi 1450 l, yuk koʻtarish quvvati 835 kgga teng. Avtomobil 2500 kg gacha boʻlgan treylerni tortib yurish imkoniga ega[4]. Shuningdek eshikni qulflashdan tortib iqlim nazoratigacha boʻlgan barcha qulayliklar masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi mobil ilovaga ham ega[1].
Eksteryer
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avtomobil dizayni Ford uslubida ishlab chiqilgan. Katta qilib ishlangan radiator panjarasida yirik shaklda „BYD“ yozuvli brend nomi mavjud. Mashina faralari LED hoshiyali chiroqlar bilan aylantirib ishlangan. Katta bamper F-150 Raptorning ekstremal versiyasiga oʻxshab ishlangan. Pikapning, orqa fara chiroqlari bort boʻylab oʻzaro bogʻlanib ketgan[4].
Interyer
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pikapning Salonda uchta displey mavjud: 10,25 dyuymli asboblar paneli, 12,8 dyuymli multimediya va old oynada prayeksion ekran mavjud[4]. Avtomobilda Android Auto, Apple CarPlay va ovozni aniqlash texnologiyasini qoʻllab-quvvatlash tizimlari mavjud. Shuningdek raqamli kalit texnologiyasi va 50 Vt lik simsiz smartfon zaryadlovchi tizim ham mavjud. Uskunada 12 dyuymli bosh ekran va avtomobil yon atrofini koʻrish imkonini beruvchi panoramali koʻrish tizimi mavjud[1].
Narxi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avtomobilning boshlangʻich narxi 53 000 $ ni tashkil qiladi[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ford F-150
- Silverado
- Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari
- Shanxay Avtomobillar muzeyi
- Xitoy avtomobil sanoati
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Дизайн в стиле Ford F-150 Lightning, 430 л.с., 100 км без бензина, независимая подвеска и функция караоке. Таким получился BYD Shark“. ixbt.com (5-dekabr). Qaraldi: 5-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Бессонов, Владимир „Рамный пикап BYD Shark: с прицелом на экспорт“. autoreview.ru (2024-yil 14-may). Qaraldi: 5-dekabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Китайский бренд создал свой первый рамный пикап — новинка может появиться в РФ“ (ru). zr.ru (2024-yil 15-may). Qaraldi: 2024-yil 16-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Костин, Евгений „Представлен новый пикап BYD Shark - конкурент Ford Ranger с внешностью F-150“ (ru). rg.ru (2024-yil 15-may). Qaraldi: 5-dekabr.