Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati-2008
2008-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati 2008-yil 28-avgustdan 18-sentyabrgacha Rossiyaning Nalchik shahrida boʻlib oʻtadi. Finalda Aleksandra Kostenyuk Xou Yifanni 2½: 1½ hisobida magʻlub etib, gʻalaba qozonadi.
Bu chempionat beshinchi marta 64 nafar oʻyinchi ishtirokidagi turnir koʻrinishida boʻlib oʻtadi.
Ishtirokchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻyinchilarning Elo reytingiga koʻra (2008-yil iyul oyidagi roʻyxat)[1] ketma-ketligi. Ketma-ketlikda amaldagi chempion Syu Yuxua birinchi oʻrinda edi.
- Syu Yuxua (Xitoy), 2483, GM (WC)
- Humpy Koneru (Hindiston), 2622, GM ®
- Hou Yifan (Xitoy), 2557, WGM ®
- Antoaneta Stefanova (BUL), 2550, GM ®
- Pia Cramling (SWE), 2544, GM ®
- Marie Sebag (Fransiya), 2529, GM (E06)
- Zhao Xue (Xitoy), 2522, GM (Z3.5)
- Tatiana Kosintseva (Rossiya), 2511, IM (E06)
- Alexandra Kosteniuk (Rossiya), 2510, GM ®
- Viktorija Čmilytė (LTU), 2508, IM (WC)
- Anna Muzychuk (SLO), 2504, IM (E06)
- Ruan Lufei (Xitoy), 2499, WGM (AS)
- Natalia Zhukova (Ukraina), 2489, WGM (E06)
- Maia Chiburdanidze (GEO), 2489, GM ®
- Hoang Thanh Trang (HUN), 2487, GM (E07)
- Elisabeth Pähtz (Germaniya), 2481, IM (E06)
- Anna Ushenina (Ukraina), 2476, IM (E06)
- Monika Soćko (POL), 2473, IM (E07)
- Irina Krush (USA), 2470, IM (Z2.1)
- Inna Gaponenko (Ukraina), 2468, IM (E06)
- Lela Javakhishvili (GEO), 2461, IM (E07)
- Dronavalli Harika (Hindiston), 2461, IM (Z3.2)
- Nadezhda Kosintseva (Rossiya), 2460, IM (E07)
- Ekaterina Korbut (Rossiya), 2459, IM (E07)
- Anna Zatonskih (USA), 2446, IM (Z2.1)
- Shen Yang (Xitoy), 2445, WGM (J06)
- Lilit Mkrtchian (Armaniston), 2436, IM (E06)
- Tania Sachdev (Hindiston), 2432, IM (AS)
- Natasa Bojkovic (SRB), 2423, IM (E07)
- Iweta Rajlich (POL), 2417, IM (E07)
- Maia Lomineishvili (GEO), 2414, IM (E07)
- Nino Khurtsidze (GEO), 2413, IM (E07)
- Svetlana Matveeva (Rossiya), 2412, IM (WC)
- Sopiko Khukhashvili (GEO), 2408, IM (E07)
- Batkhuyag Munguntuul (MGL), 2406, WGM (PN)
- Ju Wenjun (Xitoy), 2389 (Z3.5)
- Tan Zhongyi (Xitoy), 2387 (Z3.5)
- Eva Moser (AUT), 2383, IM (E07)
- Ketino Kachiani-Gersinska (Germaniya), 2374, IM (E07)
- Tea Bosboom-Lanchava (NED), 2358, IM (E06)
- Sopio Gvetadze (GEO), 2355, IM (E06)
- Nisha Mohota (Hindiston), 2354, WGM (AS)
- Vera Nebolsina (Rossiya), 2350, WGM (J07)
- Claudia Amura (Argentina), 2345, WGM (AM)
- Zhang Jilin (Xitoy), 2344, WGM (Z3.5)
- Elena Sedina (Italiya), 2344, IM (E06)
- Sabina-Francesca Foisor (ROM), 2337, WGM (E07)
- Le Thanh Tu (VIE), 2325, WGM (Z3.3)
- Ilaha Kadimova (AZE), 2324, WGM (E06)
- Maritza Arribas Robaina (CUB), 2323, WGM (Z2.3)
- Nguyen Thi Thanh An (VIE), 2323, WGM (AS)
- Katerina Rohonyan (USA), 2321, WGM (Z2.1)
- Irina Zakurdjaeva (Rossiya), 2308, WGM (E07)
- Maria Velcheva (BUL), 2281, WGM (E06)
- Valentina Golubenko (CRO), 2271, WGM (E07)
- Atousa Pourkashiyan (IRI), 2269, WIM (Z3.1)
- Nafisa Mo‘minova (Oʻzbekiston), 2242 (Z3.4)
- Marisa Zuriel (Argentina), 2231, WIM (Z2.5)
- Anna Gasik (Polsha), 2211, WFM (PN)
- Sarai Sanchez Castillo (VEN), 2202, WGM (AM)
- Karen Zapata (PER), 2180, WIM (Z2.4)
- Mona Khaled (Misr), 2007, WGM (AF)
- Yorsa Alaa El Din (Misr), 1959, WIM (AF)
- Anzel Solomons (RSA), 1895, WIM (AF)
Kvalifikatsion darajalar[2]
[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
|
Kelmaganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayollar dunyosida 1-raqamli shaxmatchi (umumiy hisobda 22-o‘rin) Judit Polgar hech qachon ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashmagan va bu safar ham ishtirok etmaydi. Sobiq chempion Xie Jun soʻnggi yillarda shaxmat turnirlarida kam qatnashayotgan edi (2005-yildan beri toʻrtta reytingli oʻyin)[3] va bu safar ham kelmaydi. 2006-yilgi jahon chempionatida ikkinchi oʻrin sohibi Alisa Galliamova ham maʼlum sabablarga koʻra ishtirok etmaydi. Chempionatga kelmagan, kuchli 20 talikka kirga shaxmatchilardan Katerina Lahno (12-oʻrin), sobiq chempion Chju Chen (15-oʻrin) va Elina Danielian (16-oʻrin) ham bor edi.
Ayrim shaxmatchilar Nalchikka borishdan bosh tortishadi. Kanadalik Natalya Xoudgarian[4] va amerikalik Irina Krush[5] FIDEga yoʻllagan maktublarida Shimoliy Kavkaz mintaqasidagi umumiy xavfsizlik taʼminlanmaganligi sababli borishmaganini taʼkidlaganlar.
2008-yilda Janubiy Osetiya urushi boshlanganidan keyin koʻp oʻyinchilar norozilik bildirishdi. 2008-yil 12-avgustda oltita gruziyalik oʻyinchi chempionatni xavfsizroq joyga koʻchirishni soʻrab ochiq xat eʼlon qilishadi va buni boshqa bir qancha oʻyinchilar (Monika Soćko, Irina Krush, Iweta Rajlich, Ketino Kachiani-Gersinska, Tea Bosboom-Lanchava, Klau, Amura va Mari Sebag) maʼqullaydi[6][7]. 15-avgust kuni esa Gruziya shaxmat federatsiyasi ochiq xat eʼlon qiladi. Unda gruziyalik shaxmatchilar chempionat boshqa davlatga koʻchirilmagunicha, unda ishtirok etmasliklarini bildirishadi[6]. Birinchi bosqichdagi raqibi gruziyalik Lela Javaxishvili boʻlgan argentinalik Klaudiya Amura ham FIDEga chempionatni boshqa davlatda oʻtkazilishini soʻrab xat yozadi[8].
FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinov 13-avgust[9] va 19-avgust kunlari ikkita javob xatini chop etadi[10]. U o‘z maktublarida chempionat Nalchikda o‘tkazilishini, siyosat va sportni aralashtirmaslikni va tashkilotchilar barcha zarur xavfsizlikni taʼminlaganini taʼkidlagan. Buni Yevropa shaxmat ittifoqi prezidenti Boris Kutin[9] va Kabardino-Balkariya prezidenti, tashkiliy qo‘mita raisi Arsen Kanokov qo‘llab -quvvatlagan edi[11]. 21-avgust kuni Ilyumjinov Gruziya prezidenti Mixail Saakashviliga gruziyalik shaxmatchilarni ishtirok etishini so‘rab maktub yo‘llaydi[12].
Chempionatga jami 11 nafar shaxmatchi kelmaydi. Olti nafar gruziyalik shaxmatchilardan tashqari (Maya Chiburdanidze, Lela Javaxishvili, Maya Lomineishvili, Nino Xurtsidze, Sopiko Xuxashvili va Sopio Gvetadze) Mari Sebag (Fransiya), Irina Krush (AQSh), Yekaterina Korbuts (R.), Bouss Lanchava (Niderlandiya) va Karen Zapata (Peru) lar ham kelishmaydi[13].
Turnir formati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Har bir juftlik bahslari ikki kun davomida oʻynaladigan ikkita oʻyindan iborat edi. Klassik oʻyinlarda 40 ta harakat uchun 90 daqiqa va 41-harakatdan boshlab 30 daqiqa qoʻshib hisoblanar edi. Agar durang qayd etilsa, ertasi kuni tay-brek oʻynaladi. Tay-breyklarning formati quyidagicha edi[14]:
- Ikkita tezkor oʻyin (25 daqiqa va 10 soniya oraligʻi) oʻtkaziladi.
- Agar hisob yana teng boʻlsa, ikkita tezkor oʻyin (10 daqiqa va 10 soniya oraligʻi) oʻtkaziladi.
- Agar ushbu ikki oʻyindan keyin ham durang qayd etilsa, raqiblar ikkita blits oʻyinini oʻtkazishadi (5 daqiqa va 3 soniya oraligʻi).
- Agar juft blits oʻyinlaridan keyin ham hisob teng boʻlsa, bitta Armageddon oʻyini (oq gʻalaba qozonishi kerak, qora faqat durang oʻynashi kerak) oʻynaladi. Oqda 5 daqiqa, qorada 4 daqiqa va ikkala oʻyinchida ham 61-harakatdan boshlab uch soniyalik interval boʻladi.
Finalda ikkita emas toʻrtta klassik oʻyin oʻtkazildi va tay-brekning birinchi (tezkor) bosqichi ham toʻrtta oʻyindan iborat boʻladi[15].
Chempionat oʻtkazilish sanalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1-tur: 29-avgust va 30-avgust, tay-breyk 31-avgust
- 2-tur: 1-sentyabr va 2-sentyabr, tay-breyklar 3-sentyabrda
- 3-tur: 4-sentyabr va 5-sentyabr, tay-breyk 6-sentyabrda
- Chorak final: 7-sentyabr va 8-sentyabr, tay-breyk 9-sentyabrda
- Yarim final: 10-sentyabr va 11-sentyabr, tay-breyk 12-sentyabr
- Final: 14-sentyabrdan 17-sentyabrgacha, tay-brek 18-sentyabrda
Natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Final oʻyini
[tahrir | manbasini tahrirlash]1 | 2 | 3 | 4 | Jami | |
---|---|---|---|---|---|
Alexandra Kosteniuk (Rossiya) | 1 | ½ | ½ | ½ | 2½ |
Hou Yifan (Xitoy) | 0 | ½ | ½ | ½ | 1½ |
Turnir jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ FIDE July 2008 Top 100 Women
- ↑ „Participants and qualification criteria at the official website“. 2019-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Individual Calculations for Xie Jun“. FIDE. Qaraldi: 2008-yil 7-sentyabr.
- ↑ „Ilyumzhinov: Do not mix politics and sport“. ChessBase (2008-yil 14-avgust). Qaraldi: 2008-yil 28-avgust.
- ↑ „Women's World Championship: Georgian players withdraw“. ChessBase (2008-yil 17-avgust). Qaraldi: 2008-yil 28-avgust.
- ↑ 6,0 6,1 „Women's World Championship: Georgian players withdraw“. ChessBase (2008-yil 17-avgust). Qaraldi: 2008-yil 28-avgust.
- ↑ „Appeal to FIDE: move the Women's World Championship“. ChessBase (2008-yil 12-avgust). Qaraldi: 2008-yil 28-avgust.
- ↑ „Ilyumzhinov: Do not mix politics and sport“. ChessBase (2008-yil 14-avgust). Qaraldi: 2008-yil 28-avgust.
- ↑ 9,0 9,1 „Ilyumzhinov: Do not mix politics and sport“. ChessBase (2008-yil 14-avgust). Qaraldi: 2008-yil 28-avgust.
- ↑ „Ilyumzhinov reiterates: we should not mix sport and politics“. ChessBase (2008-yil 20-avgust). Qaraldi: 2008-yil 28-avgust.
- ↑ „Women's World Championship: Georgian players withdraw“. ChessBase (2008-yil 17-avgust). Qaraldi: 2008-yil 28-avgust.
- ↑ „Ilyumzhinov to Saakashvili: let your players participate“. ChessBase (2008-yil 22-avgust). Qaraldi: 2008-yil 28-avgust.
- ↑ „LIVE updates from Nalchik“. Chessdom (2008-yil 29-avgust). 2013-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 29-avgust.
- ↑ „Women's World Chess Championship regulations“. FIDE. Qaraldi: 2011-yil 25-noyabr.
- ↑ „Regulations for the Women's World Chess Championship Cycle“. Official website of the Championship. 2008-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 7-sentyabr.